O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

«Ozon tuynugi». Atmosferadagi «ozon tuynugi», Rossiya olim-
larining ma’lumotlariga ko‘ra, yildan yilga yiriklashib, maydoni 25 
mln. km
2
ga etdi. Keyingi 20-yilda ozon qatlami juda yupqalashdi. Chet 
ellik ba’zi olimlarning ma’lumotiga qaraganda, «ozon tuynugi» hajmi 
o‘zgarmay turibdi. Xullas, har kimning fikri har xil, ammo azot 
qatlamida uni buzadigan xlor, ftor, uglerod (freon) miqdori ko‘payib 
bormoqda. Freon sovutgichlarda, kondisioner va aerozolli narsalar 


136 
uchun ishlatiladi. 1987-yilgi Monreal shartnomasiga ko‘ra, 2010-yilda 
170 mamlakatda freon ishlatish qonun bilan taqiqlandi.
Ammo bu borada olimlarning fikri bir joydan chiqmaydi. Ayrim 
olimlar «ozon tuynugi» freon ta’sirida desa, ayrimlari bu tuynuk 
vodorod ta’sirida bo‘ladi, deydi. V.L.Sыvorotkina (MGU) er po‘stidan 
sizib turgan vodorod ozon bo‘shlig‘ini keltirib chiqaradi, deb yozadi. 
«Ozon tuynugi»ni texnogen nazariya bilan isbotlagan olimlar 
M.Molina va Sh.Roulendlar 1974-yilda Nobel mukofotini olishdi. 
Dunyoning bir guruh olimlari, xususan, AQSH olimlari freon ozon 
qatlamini buzadi, deyishmoqda, ikkinchi guruhdagi Rossiya olimlari 
esa bu fikrni asossiz deb, vodorod bilan bog‘lashmoqda. O‘zbekiston 
olimlari hali bu borada katta yutuqlarga erishishgani yo‘q. 
Bu o‘rinda insoniyatni bir narsa o‘ylantiradi: «ozon tuynugi» 
Antarktidada kuzatilmoqda. Afsuski, u erda shaharlar yo‘q yoki freon 
deyarli ishlatilmaydi. «Nega «ozon tuynugi» bu erda hosil bo‘ldi?» – 
deydi rossiyalik olim Yu.N.Eldishev. Odamsiz boshqa hududlarda ham 
ozon qatlami yupqalashib ketmoqda, yirik shaharlar tepasidagi 
stratosferada esa buning aksi. Shuning uchun «ozon tuynugi»ni 
texnogenlar bilan bog‘lash ishonchli emas. Atmosfera kimyosida ozon 
uch xil – xlorli, azotli va vodorodli mexanizm yordamida buziladi. 
Birinchi – xlorli freonli buzilish, ikkinchi – ozonli mexanizm hali kam 
o‘rganilgan, uchinchi – vodorodning asosiy zaxirasi yer ostida bo‘ladi. 
Gavaya, Islandiya va Qizil dengiz ustida ozon qatlamining siy-
raklashishi ko‘p uchraydi. Bunga sabab, bu yerlarda yoriq joylar juda 
ko‘p bo‘lib, vodorodning sizib chiqishi sezilarli darajada kechadi. 
Antarktida ustidagi «ozon tuynugi»ga kelsak, bu erda barcha 
zaharli gazlarni zararsizlantiruvchi o‘rta-okean riftalari to‘plangan. Shu 
bois, zaharli gazlar stratosferaga chiqib ketadi va ozon qatlamini 
buzadi. Hali bu borada ko‘p ilmiy ishlar olib borilishi kerak. Lekin 
insoniyat o‘zi yashayotgan ona tabiatning ozon qatlamini himoya 
qilishi o‘zi va kelajak avlodlar uchun zarur. Ozon qatlami katta-katta 
shaharlarda buzilsa, unda odamlar ultrabinafsha nurlar ta’sirida hali 
noma’lum bo‘lgan kasalliklarga uchrashi, tirik organizmlar mutasiyaga 
chalinishi, ayrim turlarning qirilib ketishi ham yuz berishi mumkin. 
O‘zbekistonda bu borada ilmiy, amaliy ishlar olib borilishi kerak, 
chunki hamma shu ona tabiatda yashaydi. Atmosferada gazlarning 
tarqalishi uchun 2000-4000 km oraliq bor, bu masofa katta emas.  


137 
Xulosa. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bugungi kunda biosferada 
eng katta xavf – global isish xavfidir. Global isishga sabab, bu 
antropogen omildir. Yer sharida odamlarning ko‘payib ketishi va 
ularning o‘z ehtiyojlari uchun tabiiy resurslardan noto‘g‘ri foydalanishi 
tufayli atmosferaga tashlanayotgan SO

miqdori oshib ketdi. 
Global isish muammosi yoki parnik effekti insonlarning 
atmosferaga bo‘lgan salbiy munosabatlari oqibatida kelib chiqadi. 
Chuchuk suv tanqisligi vujudga keladi, tuproqlarda sho‘rlanish holati 
yuz berib, o‘simliklarning hosildorligi kamayib ketadi. Tsivilizatsiya 
natijasida sanoat va texnika rivojlandi, avtomobillar soni keskin 
ko‘paydi, o‘rmonlar, o‘tloqlar kamaydi. Sanoat chiqindilari qayta 
ishlanmasligi ham atmosferaga chiqadigan SO

gazining oshib 
ketishiga sabab bo‘lmoqda. Demak, u yoki bu tarzda hosil bo‘lgan 
karbonat angidrid va boshqa zararli gazlar havoga tarqaladi. Global 
isish iqlim o‘zgarishiga olib keladi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin