Suvning sifatini aniqlash
Zaharli moddalarning ruxsat
etilgan me’yoridan oshgan
martasi
(Z M R E)
Suvning zaharlanish darajasi
1
2.......3
4.......10
100
Ruxsat etiladi.
O‘rtacha mo‘’tadil.
Yuqori.
Juda yuqori.
Mavzu xulosasi. Suvdan foydalanishning yopiq tizimini tashkil
qilish juda qiyin. Suvni har doim tozalab turish kerak, qurilmalarda
korroziyani kamaytirish uchun ham maxsus moddalar solish kerak.
Trubalarda cho‘kmalarning cho‘kib qolishiga imkon bermaslik kerak.
Suvdan yopiq usulda foydalanish xalq xo‘jaligida iqtisodiy samara-
dorlikni oshiradi va atrof-muhitni toza saqlab, ekologik toza mahsu-
lotlar etishtirishga erishiladi.
100
Nazorat savolari
1. Suv foydalanishiga qarab qanday guruhlarga bo‘linadi?
2. Suvning ifloslanishi uning sifatiga qanday ta’sir etadi?
3. Oqar suvning tozalash usullari.
4. Suvdan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlari.
5. Suvdan yopiq tizimda qanday foydalaniladi?
101
IX BOB. OROL DENGIZIDAGI BUGUNGI HOLAT VA
MUAMMOLAR
9.1. Orol dengizi haqida ma’lumotlar
Orol dardi bugun barcha Markaziy Osiyo xalqlarining dardi,
alamidir, chunki shu hududdagi yagona suv havzasi, iqlimining muhim
qo‘rg‘oni bo‘lmish dengiz yo‘q bo‘lib ketmoqda. Bunday katta fojeaga
sabab insoniyatning o‘zidir, to‘xtovsiz ortib borayotgan odamlar soni,
ular o‘zlari uchun yaratayotgan sanoat korxonalari va texnologik
jarayonlar, odamlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun sarflanadigan
suv tufayli, Orol dengizini halokatga qadamma - qadam eltmoqdamiz.
Markaziy Osiyo yagona ekotizim hisoblanadi. Mintaqa mam-
lakatlari o‘rtasida hamkorlikdagi maqsadga yo‘naltirilgan ekologik
siyosat va o‘zaro hamkorlikning yagona ilmiy, huquqiy, moliyaviy va
texnologik bazasini mukammal rivojlantirish evazigagina ushbu
ekotizimni muayyan holda saqlab qolish mumkin.
Mutaxassislarning bashorati bo‘yicha global temperaturaning
oshishi hisobiga Markaziy Osiyodagi mavjud muzliklar zahirasining
40-50 foizga kamayishi kutilmoqda, bu esa suv ta’minotining 20-30
foiz qisqarishiga olib keladi.
1960-1965-yillarga qaraganda, Orol dengizining suv sathi 22
metrga pastlashdi, egallab turgan suv maydoni 3,8 martaga kichraydi.
1960-yillarda Orol dengizidagi suv hajmi 1064 km
3
bo‘lgan bo‘lsa,
hozirgi paytda suv hajmi bor-yo‘g‘i 115 km
3
ga teng. Suvdagi tuz
miqdori ko‘payib, bir metrida 72 grammgacha etdi. Bir paytlar katta
hudud suv bilan to‘la bo‘lganda, g‘arbi-shimoliy tomonlardan
kelayotgan sovuq havoni o‘z maydonida isitib, respublikaga o‘tkazar
edi. Bugun ana shunday shimol maydonidan mahrum bo‘lindi. Qish
paytlari Orol dengizi hududidan chiqadigan bug‘lar shimol va g‘arbdan
keladigan sovuq havo bilan aralashib, haroratni bir necha gradusga
isitar edi. Bugun Orolning 4 mln. gektardan ziyod (bir vaqtlar zilol
suvlar to‘lib turgan) qurigan, suvsiz qolgan tubi maydonidagi qum va
tuzlar qancha joylarga zarar keltirmoqda.
102
Ekologiya va tabiatni qo‘riqlash qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra,
har yili atmosferaga 15-75 mln. tonnagacha chang va tuz uchib chiqib,
dunyo bo‘ylab tarqalib ketmoqda. Yilning hamma faslida bunday
bo‘ronli kunlarni, bir necha hafta mobaynida to‘xtovsiz havoda chang
va qum bo‘ronlari aylanganini ko‘rish mumkin.
Osmonga ko‘tarilayotgan chang va tuzli bo‘ronlar yaqin va
uzoqdagi yerlarga yog‘ilib, ularni ifloslantirmoqda. O‘zbekistonda
o‘simlik o‘stirish mumkin bo‘lgan yer yuzasi juda kam, Qora-
qalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi barcha yerlar
sho‘rlanib bo‘ldi. Orol dengizidan uchgan qum, chang va tuzlar fa-
qatgina atmosfera emas, tuproq suvini ham baravariga ifloslantirib
bormoqda. Bu hududlarda yashayotgan aholi ichimlik suvlarini
faqatgina suv quvurlaridan ichishi lozim, shundagina ular iste’mol
qiladigan suv biroz toza bo‘lishi mumkin. Chunki ochiq havzalardan
suv iste’mol qilinganda, havoga ko‘tarilayotgan chang va tuzlar
to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv ustiga kelib tushadi.
Yer ustida yashab hayot kechirayotgan biologik turlar ham insonlar
ta’siri ostida qurib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, har soatda dunyoda
mavjud biologik turdan bittasi yo‘qolib bormoqda. Tabiatga munosabat
shu tarzda davom etaversa, XXI asrda insoniyatni nimalarga olib
kelishini aytish qiyin.
Sivilizasiya shu holda kechsa, 3000-yilgacha hayot bo‘lishi
dargumon bo‘lib qoladi. Moddiy zahiralarni o‘zlashtirish hozirgidek
ketsa, yana 100-yildan so‘ng barcha yoqilg‘i zahiralari tugaydi,
insoniyat energiyaga beradigan zahiralar va xomashyoning 80% ini o‘z
manfaati yo‘lida o‘zlashtirib oladi.
Bu ishlarni tashkillashtirish va nazorat qilish uchun tartibga rioya
qilish zarur. Kuzatishlar bir tizimda va yaxshi holda bo‘lishi, ularni
o‘tkazishda gidrologik vaziyatlardan kelib chiqib, kuzatish muddatini
belgilash, suvning sifatini belgilangan usul bilan aniqlash lozim.
O‘zbekiston Respublikasining yer osti suvlari umumiy suv re-
surslarining ajralmas qismi bo‘lib, iqtisodiyotning rivojlanishida,
shaharlar va qishloqlar aholisining xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti,
sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning
asosiy suv ta’minoti manbai hisoblanadi.
Respublika hududidagi 6 ta daryoning (Qashqadaryo, Zarafshon,
Chirchiq, Surxondaryo, Qoradaryo va Norin) suvni muhofaza qilish
maydonlari jami 73,12 ming gektarni, qirg‘oq bo‘yi polosalari esa 9,85
103
ming gektarni tashkil etadi. Ushbu 6 ta daryoning suvni muhofaza qilish
mintaqasida joylashgan 126 ta ekologik potensial xavfli obyektlar
mazkur mintaqalardan chiqarildi.
Suv resurslarini chegaralanganligini inobatga olib, suvdan samarali
foydalanish va joylarda tuzilayotgan Suvdan foydalanuvchilar uyushma
(SFU) lari faoliyatini yanada jonlantirish, ulardan unumli foydalanish,
suv o‘ta tanqis bo‘lgan-yillarda sug‘orma suvlarga minerallashgan
zovur suvlarini zarur nisbatda aralashtirgan holda hamda tashlanma
suvlari bilan qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda ishlatiladigan uslub
kelajakda keng qo‘llanilishini hozirda vujudga kelgan vaziyat taqozo
etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining asosiy suv oqimlari manbalari
bo‘lib, Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzalari hisoblanadi, ularning
ko‘p yillik o‘rtacha umumiy oqimi 115,6 km
3
ni tashkil qiladi, shu
jumladan, Amudaryo havzasida, 78,46 km
3
va Sirdaryo havzasida
37,14 km
3
atrofida suv hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |