93
VIII BOB. CHUCHUK SUVLARNI MUHOFAZA QILISH
MONITORINGI
8.1. Oqar suvni tozalash usullari
Sanoatda suvdan juda ko‘p foydalaniladi, tarmoqlarda zarur
ishlarning borishi uchun u – xomashyo, issiqlik yetkazuvchi, erituvchi,
zarur joyda
kislorod va vodorod manbai, bo‘yovchi, tozalovchi,
tashuvchi hisoblanadi.
Suv o‘z vazifasiga ko‘ra, eng zarur mineral hisoblanadi, biosfe-
rada suv yo‘q joyda hayot yo‘q, suv
bor joyda tuproqda mikro-
organizmlar tirik hayot nishonasini ko‘rsatadi.
Suv shunday zarur mineralki, avvalo insonning hayotiy jarayonida
u eng birinchi zarur narsalar turiga kiradi, uni iste’mol qilishdan
tashqari, o‘ziga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini
ham suv bilan
pishiradi, tozalik-ozodalik ishlarida suv eng birinchi vazifani egallaydi.
Bundan tashqari, suv tiriklik manbai bo‘lgan o‘simliklarni o‘sib
rivojlanishida ham asosiy o‘rinni egallaydi.
Shuningdek, sanoatda ham suv ko‘pgina tarmoqlarda ish jara-
yonining borishi uchun asosiy ahamiyatga egadir. Sanoatda suv sarfi
juda katta bo‘ladi,
shuning uchun uni tozalab, qayta o‘ziga ishlatish
maqsadga muvofiqdir. Suvdan tejab foydalanilmasa, albatta,
olingan
mahsulotlarning tannarxi ortib boradi, shu bilan birga,
suv orqali
atmosferaga tashlangan zaharli moddalar miqdori ham ortadi, ekologik
muvozanat buziladi.
Ichimlik suvining tarkibi mutlaq toza va zararsiz bo‘lishi hamda
davlat nazorati 2874-82 ga to‘g‘ri kelishi kerak. Texnik suvlar ichishga
yaroqsiz, ifloslangan bo‘lgani uchun, toza suvga nisbatan arzon bo‘ladi.
Oqar suvni tozalamasdan ichib bo‘lmaydi, ammo qishloq xo‘jalik
ekinlarini bemalol sug‘orish mumkin.
Energetik suv toza va tarkibida tuz bo‘lmasligi kerak, undan par
hosil bo‘ladi. Markaziy isitish trubalarida suv par va suv holida erkin
aylanishi uchun toza bo‘lishi talab qilinadi. Issiq suv trubalar va
batareyalar orqali harakatda bo‘ladi. Suv tarkibida tuzlar bo‘lsa, truba
devorlariga cho‘kindilar o‘tirib qoladi. Trubalardan suvning oson
94
o‘tishi uchun doimo tozalangan bo‘lishi lozim. Sanoatda aylanma suv
bir necha marta ishlatiladi. Texnologik suvlar ham maxsus talablarga
javob berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: