86
bu inson uchun zararli, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘limga olib keladi. Inson
tanasining vazni ham e’tiborga olinadi, yosh bolalar radioaktiv
nurlardan tez zararlanadi va halok bo‘ladi.
Respublikaning ayrim hududlarida radioaktiv nurlar yuqori, sobiq
sovetlar davrida Samarqand viloyatining Nurobod tumani hududlaridan
uran va volfram qazib olingan. Hozir ushbu konlardan yodgor sifatida
katta ochiq chuqurliklar qarovsiz yotibdi. Aslida bu hududlarga mollar,
qo‘ylar, odamlar kirmasligi kerak.
Bu erlar o‘ralmagani uchun bahorda bolalar mollarini boqib, shu
joylarda o‘ynashadi. Mollar radioaktiv tuproqlarda o‘sgan o‘tlarni
iste’mol qiladi. Radioaktiv fon yuqori bo‘lgan tuproqda uxlagan
bolakay qo‘lini
yaxshi yuvmay ovqatlanadi, kechqurun ustidagi
kiyimlarini yechmasdan uxlab qoladi. Hozir ham bu joylardan volfram
qazib olinadi, bu hududlarda radioaktiv nurlanish yuqori, bu joylarda
yashaydigan insonlar keyingi vaqtlarda bolalar o‘limi va rak kasalliklari
ko‘payib ketganligidan aziyat chekmoqda.
Bu hududlarda ekologiya nihoyatda og‘ir ahvolda.
Suvni eng ko‘p ifloslaydiganlarga quyidagilar kiradi:
• sun’iy yuvuvchi moddalar;
• neft va neft mahsulotlari;
• kislotalar va ishqorlar;
• pestitsidlar va gerbitsidlar;
• atmosferani ifloslantiruvchilar;
• tuproqni ifloslantiruvchilar.
2-jadval
Dostları ilə paylaş: