O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


 Sanoat korxonalarining tashlanmalari va atrof-muhitni



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

7.3. Sanoat korxonalarining tashlanmalari va atrof-muhitni 
himoya qilish 
Atmosfera havosi ifloslanishining asosiy omili sanoat korxonalari, 
kimyoviy zavod va fabrikalar, avtotransport vositalari, neft, oltingugurt 


77 
va toshko‘mir yonishidan hosil bo‘ladi. Shuningdek, po‘lat erituvchi 
pechlar, domna o‘choqlari, koks-kimyo sohasi, azotli o‘g‘itlar beruvchi 
zavodlar, ko‘mir va rangli metall konlari, temir yo‘l transporti vositalari 
atmosferaga uzluksiz zaharli moddalar tashlaydi.
Hozir konlarni qazib olishda asosan portlatish ishlari amalga oshi-
riladi, portlash natijasida atrof-muhitga katta miqdorda chang tarqaladi. 
Yuqori haroratda domna o‘choqlarida gazlar va chang to‘dasi hosil 
bo‘ladi, bu changlar va gazlar tarkibida 35-50 % temir, 4-14 % is gazi, 8-
13 % kremniy va alyuminiy, magniy, kaliy va boshqa oksidlar bo‘ladi. 
Marten pechlarida yuqori haroratda po‘lat eritiladi, bu vaqtda 
atmosferaga juda katta miqdorda oltingugurt oksidi, azotli birikmalar 
va is gazi tashlanadi. Bir tonna eritilgan po‘lat evaziga 6-10kg chang, 
0,5-2,0kg is gazi, 0,5-1kg sulfat angidridi, 1-2kg azot oksidi hosil 
bo‘ladi. 
Respublikadagi qator GES lar toshko‘mir va mazut evaziga 
ishlaydilar (jumladan, Angren, Ohangaron va Shirin shahrida). 
Chala yongan ko‘mir atmosferani juda ifloslantiruvchi manba 
hisoblanadi. Buni quyidagicha holatdan ko‘rish mumkin. Toshko‘mir 
yonayotgan o‘choqda issiqlik harorati boshdan oxirigacha 600-700 °S da 
saqlanishi lozim. Harorat bundan pasayib ketsa, albatta toshko‘mir chala 
yonadi, natijada havoga ko‘plab SO
2
va suv bug‘lari tashlanadi. 
Shu bilan bir qatorda, o‘choqda etarlicha havo bo‘lmasa ham 
toshko‘mir chala yonib, ko‘plab is gazi, to‘yinmagan uglevodlar, chala 
yongan ko‘mir zarralari va qurumlar uchib chiqadi. 
Toshko‘mir tarkibida tabiiy holda oltingugurt uchraydi (1-6% 
gacha), yoqilg‘i sifatida yondirilganda o‘sha oltingugurtning 10% i 
yonmaydi, yongani ham har xil ko‘rinishlarda havoga chiqib ketadi, 
keyinchalik bu oltingugurtli birikmalar ja’miki tirik organizmlarga 
zarar keltiradi. 
Ko‘mir yonishidan ko‘p miqdorda kul ham paydo bo‘ladi (6-35 % 
gacha), yongan ko‘mirdan 10-30% gachasi mayda zarrachalar holida 
atmosferaga uchadi, agarda ko‘mir mayda kukun holida yoqilg‘i 
sifatida ishlatilsa, uning 60-90 % kul bo‘lib qoladi. 
Bir tonna toshko‘mir yoqilganida 200 kg kul qolsa, taxminan 160 
kg atmosferaga uchib chiqadi. 
Atmosferani ifloslantiradigan sanoat korxonalaridan biri qora va 
rangli metallurgiya sohasi hisoblanadi. Ular juda katta joylarni egal-
lagan korxonalar bo‘lib, ish jarayonida atmosferaga katta miqdorda 


78 
zaharli gazlar, chang, issiq harorat ajralib chiqadi. Turli materiallarni 
eritish, ishlov berish, yasash, qazib olish paytlarida atmosferaga katta 
miqdorda chang tashlanadi. Katta metallurgiya kombinatlarida bir 
kecha-kunduzda ishning hajmiga qarab 350-600 tonnadan 2500 
tonnagacha chang hosil bo‘ladi. 
Havoga zaharli modda chiqaradigan yana bir sanoat sohasi 
alyumin zavodlari va alyumin bilan ishlaydigan tarmoqlar hisoblanadi. 
Alyumin zavodlari biosferadagi barcha tirik organizmlar hayotini izdan 
chiqaradi. Shuning uchun bu korxonalarni odam yashaydigan joylardan 
mutlaqo uzoq joylarga qurish lozimdir. Bunga yaqqol misol: 
Tojikistonning O‘zbekistonga chegaradosh hududiga qurilgan alyumin 
zavodidan uchgan zaharli moddalar ta’siridan mevali daraxtlar hosil 
berishni to‘xtatgan, tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar kamayib keti-
shi natijasida tuproq strukturasi yomonlashgan. Oxir-oqibat madaniy 
o‘simliklar hosildorligi kamayib ketdi. Qoramollarning ko‘payishi va 
semirishi ham eng past darajaga tushib qoldi. O‘rtacha hisobda 100 
sigirdan 55-60 dona buzoq olindi, oldingi ko‘rsatkichda 100 sigirdan 
85-87 dona buzoq olingan edi. Mana endi zararni hisoblab ko‘rish 
mumkin. Agarda sigir buzoq bermasa, u sut ham bermaydi, sut bo‘l-
masa, qatiq va pishloq hamda sariyog‘ bo‘lmaydi. Bir yil buzoqsiz sigi-
rni behudaga boqish nimaga kerak? Qoramollarning og‘zi ochib 
ko‘rilsa, ularning tishi tushib ketgan, qattiq, dag‘al xashaklarni yaxshi 
eyolmaydi. 
Respublika Ekologiya tashkiloti va Surxondaryo viloyati xokim-
ligining bu boradagi harakatlari bekor ketmoqda, alyumin zavodi jadal 
sur’atlarda ishlamoqda, zaharli tutunlarini O‘zbekiston hududi uzra 
yoymoqda. 
Alyumin zavodi atmosferaga ftorli gidrogen, ftoritlarning qattiq 
zarralari, alyuminiy, is gazi, uglevodorodlar, sulfit angidridi va 
boshqalarni tashlaydi. 
Bugungi kunda turmushimizni kimyo sanoatisiz tasavvur qilish 
qiyin, xalq xo‘jaligida kislotalar, tuzlar, ishqorlar, mineral o‘g‘itlar, 
gerbisidlar, pestidlar, polimerlar, sun’iy tolalar, sun’iy plastmassa 
idishlar, linoleum, bo‘yoq, lok va boshqalar kimyo sanoati yutuqlari 
hisoblanadi. Bu soha bir vaqtda ikki xil – mutlaq tugal va oraliq 
mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Atmosferaga eng ko‘p zaharli modda chiqaradigan tarmoq – bu 
mineral o‘g‘it ishlab chiqaruvchi zavodlar hisoblanadi. Mamlakatimiz 


79 
agrar mamlakat bo‘lgani uchun azotli va fosforli o‘g‘itlar katta 
miqdorda ishlab chiqariladi. 
Azotli o‘g‘itlardan biri ammiakli o‘g‘itlar ishlab chiqarish 
jarayonida vodorod va azotni sintez qilish reaksiyasi boradi. Bu 
reaksiya juda yuqori haroratda, yuqori bosim ta’sirida boradi. Ammiak 
ajratib olish jarayonida atmosfera havosi is gazi, ammiak, metan kabi 
gazlar bilan ifloslanadi. 
Bir tonna ammiak olinganda havoga 100 kg ammiak, 45 kg metan, 
100 kg is gazi tashlanadi. 
Ammiakli selitra o‘g‘iti azot kislotasining ammiak bilan o‘zaro 
reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bo‘ladi. Shu tariqa bir qator 
o‘g‘itlar – ammiak, azot kislotasi, ammiakli selitra, mochevina, 
ammoniy sulfat, superfosfat, ammofos, nitroammofos va boshqa 
o‘g‘itlar olinadi. Ammiak selitra o‘g‘itini olish uch bosqichli 
jarayondan iborat: neytrallash, neytral eritmalarni quyultirish, quritish 
va donacha holiga keltirish. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin