73
VII BOB. SANOATDAGI EKOLOGIK JARAYONLAR VA
ULARNING ATROF-MUHITGA TA’SIRI
7.1. Ishlab chiqarish texnologiyasini ekologik toza holga keltirish
Odam o‘zi yashagan tabiatga zarar keltirmay yashasa, tabiatdagi
muvozanat uzoq vaqt yaxshi holatda saqlanib qoladi. Afsuski, odamlar
sonining ko‘payib borishi natijasida tabiatga ham ozor yetkazilmoqda.
Odamlar soni ko‘payar ekan, har bir odam uchun oziq-ovqat, kiyim, uy-
joy va boshqalar kerak bo‘ladi. Odam o‘ziga kerakli sharoitni yaratish
uchun ko‘p miqdorda xomashyoni qayta ishlaydi va ko‘plab
yoqilg‘ilarni yoqishga majbur bo‘ladi. Bularni bajarish jarayonida
tabiatga bilgan holda katta zarar yetkaziladi. Ammo inson harakat qilsa,
tabiatga yetkazilayotgan zararni kamaytirishi mumkin. Ular quyidagilar
hisoblanadi:
● ishlab chiqarishdagi zararli tarmoqlarni
ekologik jihatdan
mukammallashtirish;
● kam chiqindi ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish;
● havoga, suvga va tuproqqa tashlanadigan chiqindilarni to‘liq
tozalashga erishish.
Endi bu holatlarni alohida ko‘rib chiqamiz.
Texnologik jarayonlarni takomillashtirish o‘z ichiga bir qancha
hususiyatlarni oladi.
Tabiiy va energetika zahiralaridan to‘liq foydalanish. Ma’lumki,
hali bizda yoqilg‘i-energetika zahiralaridan to‘liq foydalanilmaydi,
ko‘p qismi behudaga, tozalanilmay atmosferaga yoki tuproqqa tushib
ketadi. Masalan, neftni qayta ishlashda uning tarkibida oltingugurt sof
holda bo‘lib, undan zarur sohalarda foydalanish mumkin. Ammo bizda
ko‘p tashkilotlarda bundan qo‘shimcha daromad olishga va ekologik
tozalik jarayonlariga e’tibor berilmas edi. Lekin hozirda bu jarayonlarni
mukammallashtirish natijasida atmosferani ifloslanishining oldini
olishga, shuningdek, atrof-muhitni qisman bo‘lsa ham toza saqlashga
erishildi. Bunda qo‘shimcha issiqlik hosil qilish uchun yana yoqilg‘i
sarflanib,
atmosferaga SO
2
va NO
2
tashlanmaydi. Ikki tomonlama
tejash ishlari boradi.
74
Texnologik jarayonlarning mukammallashuvi bir necha bosqich-
dagi ishlarni bir yoki ikki bosqichda bajarish imkonini beradi, bunda
yoqilg‘i, ishchi kuchi tejalib, atrof-muhitga zararli gazlar kam
tashlanadi. Masalan, benzin olishda bir necha jarayonni bir martada
bajarish natijasida xomashyo tejalib, ekologik holat yaxshilanadi.
Sanoatda po‘lat quyishda ishlarning uzluksiz jarayonini tashkil
qilish natijasida xomashyo va issiqlik 30 % ga tejaladi. Ma’lumki,
pechlarni isitib olish uchun katta miqdorda yoqilg‘i sarf bo‘ladi.
Hozirgi kunda ishlab chiqarish jarayonini kompyuterlashtirish va
avtomatlashtirish natijasida bir qator qayta ishlash jarayoni tezlashdi,
bu narsa, birinchidan, xomashyo va yoqilg‘ini tejash imkonini bersa,
ikkinchidan, ishlab chiqarishni ekologik toza holga olib keldi. Neftni
qo‘lda qayta ishlab bo‘lmaydi, uni faqat
texnologik jarayonda qayta
ishlash mumkin.
Texnologik jarayonlarni jadallashtirish ishlab chiqarishda vaqtni
va energiya zahiralarini tejash imkonini beradi, ammo bu jarayon
olinadigan mahsulotning sifatini pasaytirmasligi kerak.
Har bir sohada, qaysi kimyoviy mahsulot turi ko‘p bo‘lsa, shu
sohani rivojlantirishga erishish zarur.
Bundan tashqari, sanoatda ishlatiladigan barcha apparatlarni
takomillashtirish zarur.
Agar apparatlar takomillashsa, ish jarayoni
tezlashadi, olinadigan mahsulotning tannarxi pastlashadi, atmosferaga
chiqariladigan gazlar miqdori kamayadi. Apparatlarning hajmi
kichraysa, ular egallab turadigan maydon qisqaradi va ularni qurish
xarajatlari kamayadi hamda tannarxi pasayadi.
Foydalaniladigan apparatlarning mahkamligini (avtoklavlar) oshi-
rish zarur. Neftni qayta ishlash sohalarida xomashyoning chiqib ketishi
mutlaqo mumkinmas, toshib ketgan neft xomashyosi atmosferani
ifloslantiradi, tuproq mutlaqo yaroqsiz holga keladi yoki yonib ketsa,
katta yong‘inlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Sanoatda hamma vaqt yangi konstruktiv
xildagi uskunalarni
qo‘llashga harakat qilish zarur, yangi apparatlar uskunalarning xizmat
muddatini uzaytiradi, korroziyani suslashtiradi.
Olinayotgan zahiralarning asoslangan ilmiy-amaliy xususiyat-
larini bilish lozim. Benzin ishlab chiqarishda juda katta miqdorda suv
sarfi kuzatiladi. Benzin olish uchun ichimlik suvi emas, balki texnik
suvdan, avval ishlatilgan suvni to‘plab, qayta ishlatish mumkin.
75
Oldindan xomashyo va yoqilg‘ini tayyorlab qo‘yish natijasida
texnologik jarayon
arzonlashadi, atrof-muhitga zararli moddalar kam
tashlanadi. Masalan, xom neftdan oltingugurt ajratib olinsa, yonish
natijasida atmosferaga tashlanadigan SO
2
chiqindilari kamayadi.
Zaharliligi yuqori materiallarni (simob, qo‘rg‘oshin va kadmiy)
zaharliligi past turli bo‘yoqlar, katalizator, elektrolitlar bilan almash-
tirish zarur.
Shuningdek, chetdan tashib keltiriladigan
xomashyolarni imkon
qadar mahalliy xomashyoga almashtirish lozim.
Tayyor mahsulotni mukammallashtirish ham bir qator ko‘rsat-
kichlarni o‘z ichiga oladi. Bular:
● olingan mahsulotlarni standart me’yorlarga to‘g‘ri kelishi;
● mahsulotlarda foydalanish muddati cho‘zilishi;
● atrof-muhitda ayrim omillarni qayta tiklashga erishish yoki
ayrimlarini yo‘q qilish (utillash).
Ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil qilishni mukammallashtirish
uchun quyidagilarga erishish zarur:
● ishchi kuchidan to‘g‘ri foydalanish, barcha xomashyo va
energetika zahiralaridan tejab foydalanish, ishni to‘g‘ri tashkil qilish va
bekor turib qolishga yo‘l qo‘ymaslik;
● ishlab chiqarishga yangi apparatlarni joriy qilish;
● olinadigan mahsulotning ekologik tozaligini ta’minlash;
● viloyat, tuman va shahar ekologiya tashkilotlari o‘rtasida hi-
sobot berib turish;
● hamma vaqt kutilmagan ekologik vaziyatlarga tayyor bo‘lish.
Dostları ilə paylaş: