O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


 Biosferaning rivojlanish jarayoni



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

 
6.2. Biosferaning rivojlanish jarayoni 
V.I.Vernadskiy ta’limotining muhimligi shundaki, u biosferaning 
paydo bo‘lishi va rivojlanishini asoslab bera oldi. Hozirgi biosfera 
birdan paydo bo‘lmagan, balki u biogeokimyoviy va biologik omillar-
ning uzoq evolyutsiya ta’siridagi o‘zaro bog‘liqligi natijasida paydo 
bo‘lgan. Tirik organizmlar faqatgina biosfera paydo bo‘lishi orqali 
hosil bo‘ldi va o‘zgardi. 
Fotosintezlanuvchi avtotroflarning bakteriyalar va ko‘k yashil suv 
o‘tlari (prokariotlar), keyin haqiqiy suv o‘tlari va ko‘p hujayrali 
o‘simliklar (eukariotlar) biz yashab turgan biosferaning shakllanishida 
katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu organizmlarning biosferadagi hayot 
faoliyati erkin kislorodning hosil bo‘lishi va to‘planishiga olib keldi, 
kislorod mavjudligi evolyutsiyaning asosiy bosqichlaridan biri bo‘ldi. 
Avtotroflar bilan parallel ravishda geterotroflar yoki hayvonlar 
rivojlanib bordi. Ularning shakllanishida eng ulkan yutuq uchlamchi 
davrda quruqlikka joylashib olishi va materikda odamning paydo 
bo‘lishi hisoblanadi. Biosfera evolyutsiyasini quyidagicha ta’riflash 
mumkin: 
1. Dastlab litosfera shakllandi va tashqi muhitning borligi 
aniqlandi, keyin esa quruqlikda hayot boshlandi. 
2. Yerning butun geologik tarixida hayotsiz yashash tarzi kuza-
tilmadi. Hozirgi tirik moddalar qadimgi geologik davrdagi tirik 
moddalar bilan genetik jihatdan bog‘liq. 


64 
3. Yer qobig‘idagi tirik organizmlar kimyoviy elementlar mig-
rasiyasida asosiy ahamiyatga ega bo‘lib, ularning massasi va moddalari 
hayotni aks ettirib turadi. 
4. Geologik samaradorlik faoliyat bilan uning soni juda katta va 
butun amaliy vaqtda uzluksiz harakatda bo‘ladi. 
5. Biosferadagi jarayonlarni asosiy harakatga keltiruvchi kuch tirik 
organizmlarning biokimyoviy energiyasi bo‘lib qoladi. 
Ayrim tirik omillarning o‘zgarishi, biosferaning yangi tabiiy 
jarayonlar tufayli yangi bosqichga o‘zgarishi, yangi holat –noosferaga 
o‘tish va uni o‘rganishni ilmiy izlanishlar natijasi desa bo‘ladi. 
V.I.Vernadskiyning noosfera yoki aql-idrok haqidagi tushunchasi 
biosfera nazariyasining gultoji bo‘lib qoldi. Olimning biosfera haqidagi 
tushunchasi tirik va notirik tabiatdagi o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro 
ta’sirni o‘rgatadi. Bizning davrimizda bu nazariya tabiatdan va bizni 
o‘rab turgan tabiiy muhitdan unumli foydalanish imkonini beradi. 
Noosfera. Vernadskiy «noosfera» atamasini fanga birinchi bo‘lib 
kiritgan olimlardan biridir. U erning geologik tarixini tahlil qilib, 
biosferada sekin-asta yangi davrga o‘tish yangi geologik kuch va yangi 
ilmiy fikrlar natijasida kuzatilishini aytib o‘tdi. Ammo haligacha 
biosferaning noosferaga o‘tishi haqida tugallangan fikr yo‘q. 
Biosferadan noosferaga o‘tish inson aqlining zakovati va kosmosni 
o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Noosferani, filosof olim P.Teyyar de Sharden, Yer shari yoki 
fikrlovchi qatlam deb tushunadi. 
P.Teyyar de Shardenning fikricha, evolyutsiyaning shakllanishi – 
noosferaning hosil bo‘lishidir. Uning ta’rifiga ko‘ra, eng o‘tkir 
izlanuvchi, hozirgi zamon fanimiz eng qimmatbaho, eng faol, eng 
harakatchan, kosmos bilan aloqada bo‘lgan dunyodan chiqib kelgan, u 
hozir noosfera nomli daraxt poyasiga joylashgan. Olim, insonning 
paydo bo‘lishini evolyutsiya bilan bog‘lab, inson tabiatning mutlaq 
yangi va original hosilasi, u borliqning yangi tartibidir, deydi. Inson 
paydo bo‘lishi bilan hayvonot biosferasi yuqoriga ko‘tarildi, keyin 
inson sferasi, refleks sferasi, ongli va erkin ijod qilish yoki aniqrog‘i, 
aql-idrok sferasi yohud noosfera boshlandi. Biosferada olti yuz-yil 
mobaynidagi markazlashgan jarayonlarning to‘planishi kuzatiladi. Bu 
yerdagi asosiy maqsad umumiy yerda aql-idrokning yoppasiga rivojla-
nishi yoki tabiatning asosiy rivojlanish maqsadiga to‘g‘ri keladi. 


65 
Noosferaning paydo bo‘lishi va oyoqqa turishi uchun bir qator 
zarur shart-sharoitlar kerak. Ularni quyida sanab chiqamiz: 
● odamlarning butun planeta bo‘ylab joylashishi; 
● mamlakatlar o‘rtasida aloqa bog‘lash va o‘zaro aloqa alma-
shinuvining keskin o‘zgarishi; 
● barcha mamlakatlar o‘rtasida siyosiy aloqalarning kuchayishi; 
● biosferada boradigan geologik jarayonlar ustidan inson ta’sirida 
bo‘ladigan geologik jarayonlar ustuvorligi; 
● biosferaning chegarasi kengayib, kosmosga chiqish boshlanadi; 
● energiya beruvchi yangi manbalar ochiladi; 
● hamma irq va dinga mansub odamlar teng bo‘ladi; 
● ichki va tashqi siyosatni hal qilishda xalq ommasining roli 
kuchayadi; 
● erkin ilmiy fikrlash, diniy to‘siqlarsiz ilmiy ishlar olib borish, 
falsafiy va siyosiy tuzumlarga asoslangan davlat qurish uchun sharoit 
etilib boradi; 
● xalq ta’limi tizimining qayta ishlangan qulay yo‘nalishi, 
shuningdek, xalq turmush darajasini ko‘taruvchi shart-sharoitlar 
vujudga keladi, aholini qashshoqlikdan, ochlikdan, kasalliklardan 
saqlash uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘ladi; 
● yerdagi birlamchi tabiatni o‘sib borayotgan aholining moddiy, 
ma’naviy, estetik va ruxiy talablari uchun qulay holga keltirish; 
● inson hayotidan «urush» so‘zini o‘chirib tashlash. 
V.M.Vernadskiyning biosfera haqidagi ta’limotidan quyidagi 
xulosaga kelamiz: 
● biosferaning butunligi prinsiplari; 
● biosferada hayot borishi uchun qat’iy belgilangan sharoitlar 
bo‘lishi lozim. Gravitasiya, harorat va boshqa ta’sirlar natijasida 
o‘zgartirish hayotning tugashiga olib keladi. Hayot tashqi muhit bilan 
chambarchas bog‘liq holda boradi; 
● biosfera prinsiplarining mos kelishi va uning tashkillanishi. 
Biosferada hamma narsa hayot borishi uchun moslashgan va hisobga 
olingan. Faqatgina hayot biosferaga moslashmay, balki biosfera ham 
hayotga moslashib boradi; 
● hayotning biosferaga ta’sir qilish prinsiplari. Tirik organizmlar, 
ayniqsa, inson biosferaning holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. 
Odam biosferani o‘zgartira borib, texnosferani hosil qildi va texno-
sfera doimo insonni o‘rab turgan tabiat bilan uyg‘unlashib ketmaydi. 


66 
Texnosfera – insonning texnik qobiliyati natijasida paydo bo‘lgan 
texnik qurilma va tizimning o‘zaro birlashuvi. 
Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: 
● texnogen moddalar; 
● texnik tizimlar; 
● tirik moddalar; 
● yerning ustki qatlami; 
● atmosfera; 
● gidrosfera. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin