6.4. Biosfera va insoniyat
Keyingi paytlarda insoniyatning rivojlanishi juda tezlashdi. Planeta
aholisi tezlik bilan ko‘payib bormoqda. Sivilizatsiya ochko‘zlik bilan
tabiiy zahiralarni yutib yubormoqda va tashqi muhitga sezilarli
o‘zgarishlar olib kelmoqda. Inson ta’siri ostida amalga oshirilayotgan
katta maydonlarning o‘zlashtirilishi, yaylov sifatida tabiiy man-
balarning yo‘qolishi, o‘rmonlarning kesib yuborilishi, katta kanal va
platinalar qurilishi, sug‘orish tizimlari, tog‘larda foydali qazilmalarni
izlash, tuproq eroziyasi, o‘g‘itlar, pestisidlarning qo‘llanilishi, me-
liorativ tadbirlar, tuproq, atmosfera va suvlarning sanoat chiqindilari
bilan ifloslanishi kabi ishlar tabiatga katta salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda,
yer biosferasining hayot tizimini yomon tomonga o‘zgartirmoqda.
Bunday o‘zgarishlar inson hayoti uchun xavf-xatar tug‘dirib, juda
og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, tabiiy zahiralarning
o‘ylanmasdan sarflanishi barcha tirik organizmlarni halokatga eltadi.
Fan yutuqlaridan foydalanib, yerni himoyalash tadbirlarini ishlab
chiqish, uning tabiiy zahiralarini ko‘paytirish yuzasidan keskin choralar
ko‘radigan payt keldi. Tabiatni himoya qilish va zahiralardan foyda-
lanish bilimga asoslangan poydevorga ega bo‘lishi hamda biosferani
mahkam saqlash mexanizmiga asoslanishi kerak. Bu jarayondagi
68
ishlar bir mamlakatning emas, balki umumplaneta yoki umumbiosfera
ishidir.
Insonning dunyo rivojlanishiga ta’sirini vaqtincha va uzluksiz deb
olish mumkin. Odam mehnat quroli sifatida tosh va olovni o‘ylab
topgan davrlarda tabiiy boyliklar o‘ta cheksiz edi. Odam ot-aravadan
foydalanishni o‘rganganda ham tabiiy boyliklar to‘lib-toshib yotardi.
Lekin o‘sha davrlarda ham insoniyat yerga ayovsizlarcha munosabatda
bo‘ldi. Keyinchalik odamning qobiliyati shunchalik rivojlanib ketdiki,
u tabiiy boyliklarni, ulardan foydalanish yo‘llarini to‘xtovsiz izladi va
topdi. Ammo endilikda aql, idrok bilan yashamog‘imiz lozim. Aks
holda o‘zimizga-o‘zimiz ziyon keltiramiz.
Sivilizasiyaning boshlang‘ich davridan boshlab inson tashqi
muhitni o‘zgartirishga harakat qildi va planeta ekotizimining tabiiy
xazinasiga kirib olishga jur’at etdi. Quruq cho‘plar yordamida olov
yoqilgan dastlabki paytlarda tabiiy chirindi o‘rniga anorganik modda –
kul hosil bo‘lgan. Uzoq vaqtlar qobiliyati ancha cheklangan inson,
tabiatga jiddiy zararli ta’sir ko‘rsata olmadi. U o‘ziga ozuqa va olov
topishga uringan neolit davridan boshlab tabiatni o‘zgartira boshladi va
uning biosferaga ta’siri ham aynan shu davrdan boshlandi. To‘g‘ri, bu
davrda inson tabiatga nisbiy ravishda ta’sir ko‘rsatayotgan edi. U
yoqqan olov atrofga tarqalib, yaqin o‘rtadagi o‘t-o‘lanlarni nobud qilar,
bu esa hayvonlarning to‘yib oziqlanishiga dastlabki to‘siq edi. Bora-
bora odamzot hayvonlarni quvib, haydab, o‘ldirib, tabiat yoki tashqi
muhitning o‘zgarishiga ham ta’sir ko‘rsatishga kirishdi.
O‘sha davrlarda odamlar juda kam, dunyo esa juda keng bo‘lib,
hamma istaganicha hayot kechirardi, tabiatni buzgan, kuydirgan odamlar
bundan o‘ta mag‘rurlanib yashardi. Ayrimlar hozir ham qancha tirik
organizmni yo‘q qilganidan maqtanib yurishadi. Sivilizatsiya natijasida
yo‘q qilingan tabiiy boyliklarimiz tovonini to‘laydigan davr keldi.
Tabiat boyliklaridan to‘xtovsiz foydalanilgani va ular uzluksiz
sarflangani uchun biosferaning ayrim joylarida tabiiy tenglik
yo‘qolgan. Uni qayta tiklash imkoni bormi? Balki bugun planetamiz
biosferaga keltirgan ziyonlar uchun tovon to‘layotgandir. Tabiiy
zaxiralarni tiklash yo‘lidagi urinishlarimizdan biron foyda bormi?
Hamma odamlarning kelib chiqishi aslida bir xil. Turli irqlar
rivojlanish tarixida juda ko‘p qiyinchiliklarga duch keldilar. Ular tabiiy
noqulay omillar ta’sirida turar joylarini o‘zgartirganlar va natijada
turmush tarzi mutlaqo o‘zgarib ketgan. Ammo qaysi muhitda
69
yashashmasin, ularning genetik xususiyatlari o‘zgarmasdan, avloddan-
avlodga o‘tdi, yillar, uzoq evolyutsiya tarzi genetik kodga ta’sir ko‘rsata
olmadi. O‘ylab ko‘rsangiz, yana yuz ming yillardan so‘ng ham genetik
evolyutsiya o‘zgarmasdan shu tarzda qoladi. Ammo tabiiy tanlash
bizga ma’lum va noma’lum holatda sezilar-sezilmas darajada davom
etmoqda. Ana shu xususiyatlariga ko‘ra, inson hayoti uzoq vaqtlar tor
doirada fizik, kimyoviy chegara bilan Homa Sapiensning biologik va
fiziologik harakatlarini saqlab qoladi.
Hozirgi odam yashayotgan muhitni uzluksiz o‘zgartirishi natijasida
biosferaga moslashish darajasini oshirayotgandek bo‘lib, o‘zini
evolyutsiya qoldiqlaridan ozod qilib yashaydi. Aslida, bu soxta
ko‘rinish xolos. Inson qaerda bo‘lmasin, qaerda yashamasin, nima ish
qilmasin, o‘ziga kichkina qo‘rg‘oncha hosil qiladi va bu qo‘rg‘onchasi
asli qaerda, qaysi evolyutsiyada shakllangan bo‘lsa, shundayligicha
yashashda davom etadi. U qaerda bo‘lmasin – kosmosdami, yer
ostidami, suvdami, hamma vaqt yer bilan bog‘liq bo‘lib, unga intilib
yashaydi. Inson hayoti davomida ba’zan kimyoviy moddalar bilan
ifloslangan, o‘ta shovqinli muhitda bo‘lganida ham yoki o‘ta his-
hayajonli daqiqalarda ham fizik va aqliy jihatdan sog‘lig‘ini saqlab
qolishga harakat qiladi. Buning uchun u o‘zini, lozim bo‘lsa, zarur
vositalar bilan himoya qilishi mumkin.
Biologik cheklashlarga qaramasdan, tashqi muhitga moslashuv-
chanligi bois, inson tosh davridagi xususiyatlarini yo‘qotgani yo‘q,
quruq erning deyarli hamma qismini egallab bo‘ldi.
Muhitga moslashishning biologik mexanizmi qulay sharoitlarda
insonning biologik tabiatiga hech qanday o‘zgartirishlar kiritmaydi.
Hozirgi kunda odam eng ko‘p yashayotgan, ifloslangan havosi og‘ir
katta shahar aholini uzluksiz o‘ziga tortadi va bunday shaharlar aholisi
tezlik bilan ko‘payib boradi. Bunday shaharlar iqtisodiy jihatdan
baquvvat, odamlar juda asabiylik bilan ishlaydi va yashaydi, bu
yerlarda kuchli shovqin, uzluksiz ishlayotgan motorlar, kompyuterlar
va telefonlar odamni toliqtiradi, kimyoviy modda va tamaki tutunidan
hamma joy sarg‘ayib ketgan.
Inson biosferada o‘zi hosil qilgan bunday og‘ir muhitga tezlik bilan
moslashish qobiliyatiga ega. Bunga sabab, uning hayotni avlod
qoldirish orqali davom ettirish yo‘lidagi harakat hisoblanadi.
Bu yerda «biologik moslashish» iborasini inson yashash uchun
kurashib, ma’lum sharoitga moslashib ketadi, degan ibora bilan
70
chalkashtirib yubormasligimiz lozim. Chunki ijtimoiy-madaniy kuchlar
evolyutsion moslashish mexanizmini buzib yuboradi, moslashish
faqatgina hayvonot dunyosiga xos bo‘lib qoladi.
Biologlar uchun ma’lum bo‘lgan «darvincha moslashmoq» iborasi
orqali ma’lum bir turdagi hayvonning muayyan tashqi muhitga
moslashib, ko‘payishi va yangi hududga tarqalishini tushunamiz. Bu
o‘rinda ham fikrimizni oddiy bir misol orqali izohlashga intilamiz,
kambag‘al va rivojlanmagan mamlakatlarning aholisi ish izlab, sanoati
rivojlangan mamlakatlarga tarqalib ketadi. Bu jabhada xavf yerda
aholining ortib borishi bilan boshlanadi. Demak, odam uchun “darvin-
chasiga moslashish” mumkin emas.
Fiziologik nuqtai nazardan tashqi muhitga moslashish inson miyasi
va tanasidagi asabbuzar voqealarni «bostirishga» qaratilgan. Fiziologik
va psixologik tushuncha bo‘yicha organizmning ma’lum sharoitga
moslashishi keyinchalik zararli bo‘lib chiqishi mumkin. Inson vaqt
o‘tishi bilan o‘zi yashab turgan muhitdagi ifloslanishga, haddan
tashqari asabbuzarlikka va ijtimoiy aloqalarga, tabiiy biologik
jarayondan uzoqlashib, shaharning og‘ir havo va texnika tutuniga
ko‘nikib ketadi. Sivilizasiyaning bunday og‘ir sharoitiga chidash
natijasida o‘rta yoshlilar va keksalarda og‘ir surunkali kasalliklar
kuzatiladi.
Mamlakat iqtisodiy jihatdan baquvvat bo‘lgani bilan, turmush
tabiiylikdan juda uzoq bo‘lgani bois, inson asta-sekin og‘ir havoga,
osmonni qoplagan tutunga va iflos suvga, kimyoviy moddalarga boy
oziq-ovqat mahsulotlariga o‘rganib qoladi. U endilikda biologik marom
(ritm)larning kosmik tartibini bilmasdan yashay oladi. Endilikda u
gullarning hidisiz, qushlarning «vijir-vijir» kuyisiz, tabiiy, toza havosiz
va boshqa biologik jihatlarsiz, ohanglarsiz yashashga o‘rganib qoladi.
Insonni zarur biologik sharoitsiz va ilhomsiz ishlashga majbur qilish,
uning biologik va aqliy qobiliyatiga ta’sir etib, insonni barcha yumush-
larni bajaruvchi robotga aylantiradi. Oqibatda hayot mazmunan
kambag‘allashib, ahamiyatini yo‘qotadi. Bu esa, fikrimizcha, inson
xarakteriga ta’sir qilib, uning fizik va aqliy salomatligining yo‘qo-
lishiga olib keladi.
Havo, suv, tuproq, olov, tabiat maromi va tirik organizmlarning
kuchliligi faqatgina kimyoviy moddalar, fizik kuchlar yoki biologik
ta’sirlarda emas. Ushbu omillar inson hayotiga ta’sir qilish imkonini
71
bilish orqali shakllanadi va ular inson ehtiyoji uchun zarur vositaga
aylanib boradi.
Odamlarning hamma vaqt tabiat qo‘yniga oshiqishi, shahar
uylarida kaminlarni yoqib qo‘yishi, kichik xonalarda ham uy hayvon-
lari bilan birga yashashi, minglab yillar davomidagi evolyutsiya uning
joni va qoniga singib ketganidan darak beradi, inson doimo shu evol-
yutsiya ta’sirida bo‘ladi. Greklar afsonasida aytilganidek, Anteyning
oyoqlari yerdan uzilganda, u o‘z kuchini yo‘qotgani ham bejiz emas.
Tabiat o‘z qonunlari asosida yagona va o‘zaro bog‘liq holda
rivojlanib boradi. Inson tarixidagi obyektiv voqealar dunyo miqyosida
xilma-xil ijtimoiy qatlamga ega mustaqil, siyosiy yetuk mamlakatlar
paydo bo‘lishiga olib keldi.
Bunday katta vazifani hech bir mamlakat yakka o‘zi amalga oshira
olmaydi. U xalqaro tenglik va o‘zaro hamkorlik tufayligina rejali
amalga oshirilishi mumkin. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi aloqa, huquq,
foydalanish imkoniyatlari uzluksiz kengayar ekan, «jamiyat va tabiat»
bir-biriga mos ravishda ish olib borishi lozim.
XX asr oxirlarida insoniyat biosferaning tuzilishiga va vazifasiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilganini ko‘rib turibmiz. Biosferada suv, bio-
logik, mineral va boshqa boyliklar cheksiz, tuganmas ekanligi haqida
afsonalarga ishonch qolmadi. Endilikda hamma joyda – quruqlikda
ham, suvda ham inson ta’sirining salbiy oqibatlarini ko‘rmoqdamiz.
Tabiatdagi «tenglik»ning buzilishi, endi odamlardan tez-tez «biosfera
va inson» mavzusida bosh qotirishni talab etadi. Sanoatning baquvvat
tarmoqlari uzluksiz xomashyo talab qiladi va qayta ishlash jarayonida
tabiatni yanada ifloslantiradi. Inson endilikda ifloslangan biosferaning
zarbasini his qilmoqda. Juda ko‘p organizmlar turi qirilib ketdi va
ketmoqda, chuchuk suvli suv havzalari ifloslanmoqda, havo iflosligi
natijasida smoglar yog‘moqda, sintetik gazlamalar o‘zining pishiqligi
va qulayligi bilan tabiiy gazlamalarni siqib chiqarmoqda, shovqinlar va
har xil nurlanishlar inson psixikasi va sog‘ligiga ta’sir qilmoqda.
Inson kosmosga chiqdi, oyga qadam qo‘ydi. Planetada aholi soni
oshib bormoqda, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash muammo bo‘lib
qolmoqda, tuproqlar sho‘rlanishi ta’sirida o‘simliklar o‘sish imkonidan
mahrum bo‘lmoqda. Kasalliklarning turi ko‘payib, inson sog‘lig‘i xavf
ostida qolmoqda. Iqtisodiy baquvvat mamlakatlarda foyda ketidan
quvish ham biosferani izdan chiqarib yubormoqda.
|