67
o‘rab turgan muhit bir-biri bilan uzluksiz bog‘liq ekanligini
ko‘rsatadigan xususiyatdir.
Biosfera tabiatning bir bo‘lagi bo‘lgan insonning turmush
tarzigagina emas, balki uning fikrlashiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Vernadskiy shunday deb yozadi: «Biosfera degan yangi tushun-
chani kiritayapman. Biosfera insoniyatni butun tarixiy jarayon bo‘ylab
olib o‘tadi va bu jarayon tirik moddalar biokimyoviy tarixining davomi
bo‘lib xizmat qiladi».
Odamzod biosferada hech qachon o‘zini-o‘zi yo‘q bo‘lib ketishiga
yo‘l qo‘ymaydi, fan ham hech qachon antinoosfera kuchlarga xizmat
qilmaydi.
Hozirgi fan va texnika taraqqiyoti «Kosmosda hayot bormi?»,
«Boshqa planetalarda hayot bormi?» degan savollarga javob topishni
taqozo etadi. Bular xususida insoniyat hozirgi va kelajak fanini
o‘rganib, aniq bir fikrga keladi va noosferada aql-idrok bilan hayot
kechiradi. Biz megadunyoda yolg‘iz emasmiz.
Dostları ilə paylaş: