O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

VI BOB. BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT 
6.1. Biosfera 
 
«Biosfera» yangi atama bo‘lib, fanda XIX asrdan boshlab shakl-
lana boshlandi. 
V.I.Vernadskiyning ta’rificha, biosfera insoniyat yashaydigan 
muhit bo‘lib, uning hayotiy jarayonlari shu muhitda kechadi va 
rivojlanadi. Inson hatti-harakatlari, ayniqsa, nafas olish orqali, qaerda 
yashashidan qat’iy nazar, shahardami yoki olis qishloqdami, shu muhit 
– tabiat bilan doimiy bog‘langan bo‘ladi. 
Biosfera (grekcha bios-hayot, sphaira-shar, qobiq) yerning murak-
kab tashqi qobig‘i bo‘lib, unda barcha tirik organizmlarning yashashi 
uchun qulay sharoit mavjud.
Biosfera – tabiatning tirik organizmlar yashashi uchun qulay muhit 
yaratish imkoniga ega bo‘lgan ulkan inshooti. Barcha tirik organizmlar 
kabi, biz ham bu ulkan inshootda o‘z faoliyatimizni o‘taymiz. 
Biosferada inson uchun zarur narsalarning hammasi mavjud. Ular u 
yoki bu tarzda tabiatda uchraydi. Shu bilan birga, inson tabiatga o‘z 
ta’sirini ijobiy yoki salbiy ravishda bildiradi. 
«Biosfera» atamasi fanga avstriyalik geolog Eduard Zyuss 
tomonidan 1875-yilda kiritilgan. Uning fikricha, biosfera yupqa qobiq 
bo‘lib, erni o‘rab turadi. U davrda fanning bu yo‘nalishi mutlaqo 
shakllanmagan edi. XX asrga kelib, fanda, insonlar hayotida biosfe-
raning ahamiyati shunchalik oshib ketdiki, pirovard natijada tabiatshu-
noslikda yangi ilmiy yo‘nalish – biosfera haqida ta’limot yaratildi va 
juda tezlik bilan rivojlandi. Bu yo‘nalishga buyuk sovet olimi 
V.I.Vernadskiy asos soldi. 
Aslida, bu vaqtgacha «biosfera» ham biosferani anglatadigan 
«hayot maydoni», «tabiatning ko‘rinishi», «yerning tirik qoplami» yoki 
boshqa atamalar bilan izohlangan. Tabiatshunos olimlar «biosfera» 
atamasini uzoq izlashgan. 
Dastlabki paytlarda «biosfera» atamasi orqali planetamizda ya-
shovchi tirik organizmlarning o‘zaro bog‘liqligi va yashashi tushunil-


57 
gan, ayrim vaqtlardagina ularning geografik, geologik va kosmik jara-
yonlar bilan bog‘liqligi haqida fikr yuritilgan. Keyinchalik biz yashab 
turgan tirik tabiatning tabiatdagi anorganik moddalar va ularning ta’sir 
kuchiga bog‘liq ekanligi olimlar tomonidan tan olindi. Hatto «biosfera» 
atamasining asoschisi E.Zyuss ushbu atama muomalaga kiritilganidan 
30-yil o‘tgach yozgan «Yerning yuzi» nomli kitobida (1909-y.) biosfera-
ning qayta ta’sir kuchini sezmagan, uni ma’lum vaqtda, ma’lum sharoit-
da erdagi hayot kechiradigan organizmlarning birligi deb izohlagan. 
Yer va uni o‘rab turgan tashqi muhit Quyosh tizimining bir qonu-
niyat asosida rivojlanishi mahsuli hisoblanadi. Bundan 4,7 mlrd. yillar 
burun Quyosh tizimida gaz moddalaridan Yer planetasi hosil bo‘ldi. 
Yer o‘zining rivojlanishi va hayotiy jarayonlari uchun quyoshdan 
elektromagnit nurlari ko‘rinishida energiya olib turadi. 
Quyoshning harorati erdagi iqlimni hosil qiladi va barcha geologik 
jarayonlarning borishi uchun asos bo‘lib qoladi. Yerning tubidan juda 
katta miqdorda harorat chiqadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yerning massasi 
6·10
21
kg, hajmi 1,083·10
12
km
2
, yuza qismi 5,98·10
24
kg. Plane-
tamizning hajmi nisbatan kichik bo‘lib, undagi tabiiy resurslar miqdori 
cheklangan. 
Planetamizning tuzilishi bir xil emas, u ichki va tashqi qobiqlar 
bilan o‘ralgan, ichki qobig‘i geosfera bo‘lib, u ham o‘z navbatida, 
ikkiga – yadro va mantiyaga bo‘linadi, tashqi qobig‘i esa, litosfera
gidrosfera, atmosfera. Bularning hammasi yerning murakkab, 
birlashgan qobig‘i – biosferani tashkil qiladi. 
Buyuk olim J.B.Lamark (1744–1829) yer po‘stining shakllanishi 
va rivojlanishida tirik organizmlarning o‘rni juda katta ekanligini 
ko‘rsatgan. Olimning ta’rificha, yer yuzasidagi va uning po‘stlog‘ini 
tashkil qiluvchi barcha narsalar tirik organizmlarning uzluksiz harakati 
tufayli hosil bo‘lgan. 
Biosfera haqidagi ma’lumotlar botanika, tuproqshunoslik, o‘sim-
liklar geografiyasi va boshqa biologik hamda geografik fanlarning rivoji 
bilan shakllanib bordi. Biosferani tushunish va uni bilish ekologiya fani 
yuzaga kelishi bilan to‘ldirildi, chunki ekologiya tirik organizmlarning 
tashqi muhit bilan bog‘liqligini o‘rganadigan fan hisoblanadi. Biosfera 
tabiatning aniq tizimi bo‘lib, uning borligi energiya va moddalar aylanishi 
tirik organizmlar ishtirokida kechishini ko‘rsatadi. 


58 
Nemis fiziologi Pfefr (1845-1920) biosferani tushunishning aniq 
yo‘lini uch xil tirik – avtotrof, geterotrof, miksotrof organizmlar bilan 
ko‘rsatadi. Ya’ni:
● avtotrof – bu organizmlar tabiatdagi anorganik moddalarni 
iste’mol qiladi; 
● geterotrof – bu organizmlar past molekulali organik birikmalarni 
iste’mol qilishga moslashgan; 
● miksotrof – bu organizmlar oziqlanishiga ko‘ra, aralash (avtotrof 
va geterotroflar)dir. 
Biosfera yerning o‘ziga xos qobig‘i bo‘lib, barcha tirik orga-
nizmlarni bir-biriga bog‘liq holda saqlaydi va ular planetada moddalar 
bilan uzluksiz modda almashinuvini olib boradi. Biosfera eng katta 
ekosistemaning asosi hisoblanadi, o‘z navbatida, abiotik va biotik 
qismlarga bo‘linadi. 
Biosferaning rivojlanishiga qator olimlar – K.A.Timiryazev, 
V.R.Vilyams, Yu.Odum, B.B.Polonov, N.I.Vavilov, V.N.Sukachev, 
A.I.Oparin, A.P.Vinogradov va ayniqsa, V.I.Vernadskiylar katta hissa 
qo‘shgan. 
Abiotik qism quyidagilardir: 
● tuproq va uning pastki qatlamlaridagi jinslar yoki tirik orga-
nizmlar bo‘lib, ular bu tuproq jinslaridagi fizik muhitda modda 
almashinuviga uzluksiz ega bo‘ladi; 
● atmosfera havosi mavjud bo‘lgan yuqori qatlamlar bu yerda 
hayot borligini anglatadi; 
● okean, dengiz va ko‘llarning suvli muhiti. 
Biotik qism. Bu qism tirik organizmlardan tashkil topib, 
organizmlar o‘zlarining barcha faoliyatlarini shu yerda davom ettira-
dilar, ularsiz hayotning o‘zi bo‘lmaydi: ular hayotning hayotbaxsh 
(biogen) atomlaridir. Tirik organizmlar bu atomlarni o‘zlarining nafas 
olish, oziqlanish, ko‘payish va biosferaning hamma qismlarida modda 
almashinish davrida ishlab chiqaradi. 
Biosferada atomning biogen migrasiyasi asosida ikki biokimyoviy 
prinsip mavjud. Ular quyidagilardir: 
● hayotning hamma joyida hamma vaqt paydo bo‘lish imkoniga 
ega bo‘lish; 
● biogen migratsiya yordamida tirik organizmlarning yashashi 
uchun sharoit yaratib berish. 


59 
Biosfera qobig‘i uch qatlamdan – atmosfera, gidrosfera, lito-
sferadan iborat. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin