O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Nazorat savollari 
1. Populyatsiya nima? 
2. Populyatsiya qanday xarakterli? 
3. Populyatsiyaning qanday tiplari bor? 
4. Populyatsiyaning o‘sishi va modeli nima? 
5. Populyatsiyalar nega muhofaza vositasi hisoblanadi? 
6. Turlar migratsiyasi qachon yuz beradi? 
7. Populyatsiya gomeostazi nima? 


51 
V BOB. BIOTSENOZLAR 
 
5.1. Biotsenozlar yoki biotik turkumlar 
Biotsenoz – o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlardan tarkib 
topgan populyatsiyalar majmuasidir. Lotincha “bios” – hayot, “senoz” – 
umumiy, demak, umumiy hayot ma’nosini bildiradi. 
Tabiatda barcha o‘simlik va hayvonlar faqat jamoa tarzida mavjud 
bo‘la oladilar. Chunki har bir tur normal hayot kechirishi uchun yakka 
holda yashay olmaydi, balki tevarak-atrofidagi tirik organizmlar bilan 
birgalikda hayot kechiradi. Bir guruh organizmlarning muayyan 
sharoitda birgalikda yashashi – jamoa deyiladi.
Turkum (biotsenoz)larni o‘rganishdan maqsad – ularning barqaror 
hayoti qanday ta’minlanishini, turkumlarning o‘zgarishiga biotik o‘za-
ro ta’sirlar va yashash muhiti qanday ta’sir ko‘rsatishini oydinlash-
tirishdir. 
Biotsenozning o‘simliklar o‘sadigan tarkibiy qismi – fitotsenoz, 
hayvonlar yashaydigan qismi – zootsenoz va mikroblar yashaydigan 
qismi – mikrobiotsenoz deb ataladi. Biotsenoz va biotopning uzluksiz 
bir-biriga ta’siri natijasi biogeotsenoz yoki ekotizim deyiladi. Eko-
tizimda birga yashovchi turli organizmlar va ularning yashash muhiti 
o‘rtasida qonuniyatli bog‘lanish mavjud. Ekotizimda yashash 
qonuniyatlari populyatsiyaga qaraganda yuqori darajada shakllangan. 
Buloqdan tortib Tinch okeanigacha yoki o‘rmondagi to‘nkadan tortib 
katta o‘rmongacha bo‘lgan turli hajmdagi biotik jamoani ekotizim deb 
ta’riflash mumkin. Ekotizim quyidagilarga bo‘linadi: mikroekotizim 
(lishaynik, moxlar), mezoekotizim (buloq, ko‘l va cho‘l), makroeko-
tizim (qit’alar, okean), biosfera yoki global ekotizimlar.
Tabiiy ekotizimlar ochiq hisoblanadi, ular moddalar va energiyani 
chetdan olib chetga beradi. Masalan, yer biosferasi bir qism moddani 
kosmosga beradi, shu bilan birga, kosmosdan moddalarni oladi. Chet-
dan o‘zlashtiriladigan moddalar zahirasi cheksiz emas, shuning uchun 
bu moddalar organizmlar tomonidan modda aylanish va quyoshdan 
keladigan energiya bo‘lmaganda, yerda hayot bo‘lmagan bo‘lardi. 


52 
Ekotizimlarda murakkab modda aylanishi quyidagi tarkiblarda 
amalga oshadi: 
● modda aylanishida anorganik moddalarning ishtirok etishi; 
● biotik va abiotik qismlarni bog‘lovchi organik birikmalar; 
● abiotik muhit – havo, tuproq, suv va boshqalar; 
● produtsent-avtotrof organizmlar, asosan yashil o‘simliklar; 
konsument-geterotroflar, asosan hayvonlar; 
● redutsent yoki safrofitlar (chirindilar bilan oziqlanuvchilar), 
asosan bakteriya va zamburug‘lar. 
Shunday qilib, ekotizim va biotsenoz atamalari bir-biriga yaqin 
bo‘lib, modda almashinuvi amalga oshib turadigan ekotizimni bildiradi. 
Fotosintezlanuvchi va xemosintezlanuvchi organizmlar bir-yilda 
100 mlrd. tonna miqdorda organik modda to‘playdi. Taxminan shuncha 
miqdordagi modda o‘simliklar nafas olishi natijasida SO
2
va N
2
O ga 
aylanishi lozim. 
Nafas olish – bu geterotrof jarayon bo‘lib, fotosintezda organik 
moddalar hosil bo‘lishida, oksidlanishda kuzatiladi. Nafas olmaslik va 
chirimaslik yoki fotosintezning bormasligi, yerda hayotning bo‘lmas-
ligini ko‘rsatadi. Nafas olish ham ikkiga bo‘linadi.
Aerob nafas olish – bunda gazga o‘xshash kislorodga vodorod 
birikadi; anaerob nafas olish bunda oksidlanuvchi bo‘lib anorganik 
modda xizmat qiladi.
Achish – organik moddalar oksidlanuvchi bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin