Mavzu xulosasi. Landshaft qobig‘ining asosiy energiya manbai
quyosh nuri bo‘lib, u fotosintez borishidagi muhim komponentdir.
Shuni aytish kerakki, erga tushadigan quyosh energiyasining bor-yo‘g‘i
2-3% idangina fotosintez jarayonida foydalaniladi. Quyosh nuridan
foydalanishni 5% ga etkazilganda, olinadigan mahsulotlar miqdori ikki
baravarga oshadi. Quyosh nurini qolgan qismi abiotik muhitga tushadi,
44
o‘z-o‘zidan to‘kilish, fizik-kimyoviy chirish jarayonlarida ishtirok
etadi. O‘simlik va hayvonot olami tabiatdagi kuchli birikma bo‘lib, ular
tabiiy muhitga ta’sir qilib, uni o‘zlariga xos holga moslashtiradilar
hamda alohida mikroiqlim paydo qiladilar. Turli ekotizimlarda butun
planeta bo‘ylab mahsuldorlik miqdori turlicha bo‘ladi. Mahsul-
dorlikning o‘zgarishi iqlim, oziqlanish maydoni, tuproq, ekologik
omillar ta’sirida boradi.
Nazorat savollari
1. Yer biotasi nima?
2. Moddalar almashinuviga ta’rif bering.
3. Produsentlar va konsumentlar tushunchasiga ta’rif bering, ular
qanday farqlanadi?
4. Fosfor aylanishi nima?
5. Tabiiy landshaftlar nima?
6. Ekotizimning mahsuldorligi nimalarga bog‘liq?
7. Fotosintezlanuvchi organizmlarni sanang.
8. Tabiatdagi katta aylanishni tushuntirib bering.
9. Kichik modda aylanishi (biogeokimyoviy).
10. Biokimyoviy sikl aylanishlarining vazifasi nimadan iborat?
11. Azotning tabiatdagi aylanishini ta’riflang?
12. Atmosferadagi azot zahirasi qancha?
13. Fosforning tabiatda aylanishi azot aylanishidan nima bilan farq
qiladi?
14. Tabiiy ekotizimning klassifikatsiyalari.
45
IV BOB. POPULYATSIYALAR EKOLOGIYASI
Dostları ilə paylaş: |