O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

 
4.1. Populyatsiyalar ta’rifi 
Populyatsiya deganda, bir turga kiruvchi, o‘zi ko‘payuvchi, 
ma’lum maydonda tarqalgan va bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan guruh 
tushuniladi. “Populyatsiya” so‘zi lotincha “populyus” so‘zidan olingan 
bo‘lib, “xalq”, “aholi” degan ma’noni anglatadi.
Areal – ma’lum bir populyatsiya va turning butun umri davomida 
yashaydigan joyiga yoki bo‘shliq maydonga aytiladi. Areallar tarqalishi 
va hajmiga qarab, yaxlit va bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lishi mumkin, 
albatta, ma’lum geografik to‘siqlar, bo‘shliqlar ta’sirida ma’lum tur 
rivojlana olmasligi mumkin. 
Tur – bu har xil xususiyatlarga hamda irsiy o‘xshashliklarga ega 
bo‘lgan ma’lum bir guruh bo‘lib, ular urug‘lanish yordamida mah-
suldor avlod beruvchi, ma’lum bir hududda yashashga va tuproq-iqlim 
sharoitlariga moslashgan individlar guruhidir.
4.2. Populyatsiyalar klassifikatsiyasi 
Populyatsiyalar egallagan hududi va ular o‘rtasida aloqaning 
darajasiga qarab, quyidagicha farqlanadi: elementar, (bo‘laklangan), 
ekologik va geografik. 
Elementar populyatsiya – guruhlarning eng kichik bo‘lagi bo‘lib, 
bir-birini to‘ldiradi. Ekologik populyatsiya – aralash elementar 
populyatsiyalarning ma’lum bir muhitda o‘zaro bog‘liqligi. 
Geografik populyatsiya – ma’lum bir joydagi aralash ekologik 
populyasiyalarning o‘zaro bog‘liqligidir. 
Populyatsiyalar ko‘payish usullariga qarab – panliktiv, klonal va 
klonal-panliktiv bo‘ladi. Panliktiv populyatsiyalar jinsiy yo‘l bilan 
ko‘payib, chetdan changlanishga moyil bo‘ladi. Klonal populyatsiyalar 
faqat jinssiz ko‘payishga moyil bo‘ladilar. Klonal-panliktiv 
populyatsiyalar bir marta jinsiy, bir marta jinssiz yo‘l bilan ko‘pa-
yadilar.


46 
4.3. Populyatsiyalarning son jihatdan ta’rifi 
 
Populyatsiya, son jihatdan xarakteristikasiga ko‘ra, statistik va 
dinamik populyatsiyaga bo‘linadi. Populyatsiyaning statik ko‘rsat-
kichlar xarakteristikasi hozirgi vaqtdagi ularning soni, joylashish 
zichligi va struktura tuzilishi xarakteristikasidan iborat. Dinamik 
ko‘rsatkichlar populyatsiyada ma’lum davr oralig‘ida bo‘ladigan tu-
g‘ilish, o‘lish va populyatsiyalarning o‘sishi jarayonlarini o‘z ichiga 
oladi. 
Soni, miqdori – bu alohida populyatsiyalarning soni, masalan, 
o‘simliklar soni. 
Zichligi – ma’lum maydonga yoki hajmga to‘g‘ri keladigan po-
pulyatsiyalarning biomassasi yoki alohida soni bo‘lib, ular vaqtlar 
davomida o‘zgarishi mumkin. 
Struktura ko‘rsatkichlari – jinsiy-turli, hajmiy-turli hajmdagi 
jinslarning miqdori, alohida guruhlar nisbati, yosh jihatdan miqdori. 
Genetik ko‘rsatkichlari – turli genotip va allelga bog‘liq populyatsiyalar 
nisbati. Alohida populyatsiyalardagi genlarning o‘zaro bog‘liqligiga 
genofond deyiladi. Allel chastotasi – ma’lum gendagi allellarning 
o‘zaro bog‘liqligining bir bo‘lagi. Allel chastotasi populyatsiyada 
avloddan-avlodga ma’lum bir yashash sharoitida o‘zgarmasdan o‘tib 
keladi. Ammo shuni aytish kerakki, populyatsiyalarda genetik 
barqarorlikka tashqi muhit ta’sir ko‘rsatadi va natijada uzoq muddatda 
populyatsiyalarning o‘zgarib borishi kuzatiladi va bu elementar yoki 
oddiy evolyutsion hodisa deb tushuniladi. 
Populyatsiya genofondida o‘zgarish doimo bo‘ladi, busiz evolyu-
tsion jarayon bormaydi. Populyatsiyaning genetik strukturasi o‘zgarishi 
omillariga mutatsiya, guruhlarning notinch hayoti, to‘satdan chati-
shishi, migratsiya va boshqalar kiradi. 
Tabiiy muhitdan foydalanishiga qarab, hayvonlar turg‘un va 
ko‘chib yuruvchiga bo‘linadi. Yashash tarziga qarab, ular yolg‘iz, oila, 
koloniya, to‘p va to‘da bo‘lib yashovchilarga ajratiladi.
Tug‘ilish (tug‘ilish tezligi) – bu ma’lum vaqt birligida po-
pulyasiyada tug‘iladigan alohida songa aytiladi. Tug‘ilish, o‘z nav-
batida, eng yuqori darajadagi tug‘ilishga, ya’ni tashqi muhitning 
chegaralovchi omillari bo‘lmagan holatda tug‘ilishning o‘sib borishi va 
haqiqiy tug‘ilishning ma’lum sharoitda tug‘ilish imkoniyatlariga 
bo‘linadi. 


47 
O‘lish (o‘lish tezligi) – bu populyatsiyada ma’lum vaqt birligida 
nobud bo‘ladigan alohida son miqdoriga aytiladi. Populyatsiyada 
organizmlarning kamayishi va ko‘payishi faqat tug‘ilish va o‘limga 
emas, balki ularning migratsiyasiga (ko‘chib ketish), emigratsiyasiga 
(ko‘chirib yuborilishiga), shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida kelib 
qo‘shilishiga va yo‘qolishiga ham bog‘liq. O‘lim maksimal va haqiqiy 
bo‘lishi mumkin. 
Hayotning davomiyligi – alohida guruhning yashash muddati 
bo‘lib, bu holat ko‘pincha tashqi muhit va hayotiy omillarga bog‘liqdir. 
Yashash muddati fiziologik va maksimalga bo‘linadi. Fiziologik 
yashash muddati organizmning fiziologik imkoniyati bilan chegara-
lanadi, organizmning yashashi davomida unga chegaralovchi kuchlar 
ta’sir ko‘rsatmagan holda ularning yashay olishidir. Maksimal yashash 
muddati ma’lum bir alohida kichik guruhning qulay sharoitda uzoq 
yashashidir. Bunga misol tariqasida bakteriyalar bir necha daqiqa, 
ayrim daraxtlarning bir necha ming yillar (zaytun, sekvoyya va bosh-
qalar) umr kechirishini keltirishimiz mumkin. Organizmlar qancha 
katta bo‘lsa, ular shuncha uzoq umr ko‘radi. Populyatsiyalarning o‘r-
tacha yashash muddati o‘rta arifmetik davomiylik orqali hisoblanadi. 
Umr ko‘rish, yashash jarayoni organizmlarda doimo tashqi muhitga 
bog‘liq bo‘ladi. 
O‘sish tezligi – vaqt davomida o‘zgaradigan turli yoshdagi individ 
(organizm)lar nisbati bilan xarakterlanadi. Barqaror populyatsiyada 
tug‘ilish taxminan o‘lishga teng, populyatsiya soni bir xil darajada, turli 
yoshli guruhlarning nisbati taxminan bir xil bo‘ladi. O‘sib boruvchi 
populyatsiyada tug‘ilish o‘lishdan ko‘p bo‘ladi va soni (miqdor) ortadi. 
Demak, populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta tiklanishning jadalligi, 
nobud bo‘lish darajasi va nasllarning bir joyga to‘planish tezligi kabi 
muhim jarayonlarni ifodalaydi. 
Populyatsiyaning evolyutsiyasi uchun jins va yosh nisbatining 
ahamiyati kattadir, guruh va yosh urg‘ochi organizmlar qancha ko‘p 
bo‘lsa, ularning o‘sishi shuncha ko‘p bo‘ladi, ammo ko‘payish 
reproduktiv yoshdagi individlar evaziga boradi. 
Populyatsiya sonini bir chegarada ushlab turish, ulardan foyda-
lanish monitoringi va muhofaza vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Aslida 
tabiatdagi populyatsiyalar (o‘simlik va hayvonlar) tabiat tomonidan 
chegaralanadi, turli sabablarga ko‘ra, ular kamayadi va yana tiklanadi. 
Turlar sonini boshqarishni monitoring vositasi orqali o‘rganiladi. 


48 
Muhofaza qilish orqali o‘simlik yoki hayvon turlari populyatsiyasini 
ko‘paytirish mumkin. Daryo va ko‘llardan to‘xtovsiz baliq ovlanganda, 
baliqlarni uvuldiriq qo‘yish paytida ovlash to‘xtatilmasa yoki suvlarga 
kimyoviy moddalar tashlanganda baliqlar va boshqalar turi kamayib 
ketadi. Yaylovlarda, gullash, urug‘lash davriga rioya qilmay 
foydalanilganda o‘simlik turi yo‘qolib ketishiga sharoit vujudga keladi. 
Umuman olganda, populyasiyalar soni doimo o‘zgarishda bo‘ladi. 
Populyatsiyalar vaqt va zamonga qarab o‘zgarib boradi. Keyingi vaqtda 
populyatsiyalar ekologiyasida individlarning yoshi, jinsi, o‘sish tezligi 
va soni monitoring matematik modullar orqali o‘rganilmoqda.
Saqlanish asosan populyatsiya zichligi va sonining tartib-
lashtirilishi bilan bog‘liqdir. Populyatsiya tuzilmasi organizmlarning 
harakatlanishi, ma’lum hududga bog‘liqlik darajasi, tabiiy to‘siqlarni 
yengib o‘tish kabi biologik xususiyatlarni belgilaydi. Tashqi muhit 
o‘zgarishi populyatsiya ichida o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Populyatsiyaning muhim xususiyati o‘z-o‘zidan ko‘payishidir. Po-
pulyasiyalar garchand fazoviy ajralgan bo‘lishsa-da, ma’lum yashash 
joyida uzoq muddat hayot kechirish qobiliyatiga ega. Populyatsiyaning 
asosiy xususiyatlaridan biri uning irsiy jihatdan birligidir. Ular bir tur 
individlari guruhi tarzida fazo va vaqtda barqaror hisoblanadi.
Populyatsiyalar alohida ajralgan holda yashamaydilar. Bir tur 
populyatsiyalari boshqalari bilan o‘zaro ta’sirlashadi, ya’ni ular bilan 
biotik turkumlar – yaxlit tizimlarni hosil qiladi. Har bir turkumda 
qandaydir populyatsiya muhim rol o‘ynaydi. U ma’lum ekologik 
nishani tashkil etadi va boshqa turlarning populyatsiyalari bilan 
hamkorlikda uning barqaror hayotiy faoliyatini ta’minlaydi. 
Populyatsiyani tashkil etgan organizmlar o‘zlarining munosabatlari 
tufayli bir-birlari bilan bog‘langan. Ular ko‘payishda hamkorlikda 
ishtirok etishi, resurslarning u yoki bu turlari uchun bir-birlari bilan 
raqobatda bo‘lishi yoki birgalikda yirtqichlardan himoyalanishi mum-
kin. Populyatsiyalarning ichki o‘zaro munosabatlari juda murakkabdir. 
Populyatsiya guruhli birlashma hisoblanadi. Guruhli hayot tarzi 
populyatsiyalar uchun xos xususiyatlar keltirib chiqaradi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin