O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

 
 


49 
4.4. Populyatsiyalar gomeostazi 
Populyatsiyalarning son va zichligi jihatidan saqlanib turishiga 
gomeostaz (“gomos”-o‘xshash, “statis”-holat) deyiladi. Turlarning soni 
o‘zgarishi abiotik va antropogen omillarga bog‘liq, doimo asosiy omil 
bo‘lib tug‘ilishga ta’sir qiluvchi omil va guruhlarning ko‘chib yurishi 
xizmat qiladi. Yana bir muhim omillardan biri turlarning oziqlanish 
zahiralari hisoblanadi. Populyatsiyalar zichligi biror darajaga etgandan 
so‘ng, ular soni kamayib boradi. Agarda ular soni yanada oshsa, sekin-
asta zichligi kamaya boshlaydi. 
Populyatsiyalar zichligini boshqarib turadigan omillar ikkiga 
bo‘linadi: zichlikka bog‘liq va bog‘liq emas. Zichlikka bog‘liq omillar 
zichlik o‘zgarishiga qarab o‘zgaradi, bog‘liq bo‘lmagan omillar zichlik 
o‘zgarishi bilan o‘zgarmay qoladi yoki doimiy bo‘ladi. Birinchi omil 
biotik bo‘lsa, ikkinchisi abiotik omil hisoblanadi. 
Ma’lumki, ko‘pgina populyatsiyalar o‘zlarining sonini boshqarish 
imkoniga egadir, bunda ular individlar soni oshishini to‘xtatishning 
uchta mexanizmi bor: 
● ular sonining oshishi guruhlar o‘rtasida tez-tez to‘qnashuv paydo 
bo‘lishiga olib keladi, buning natijasida tug‘ilishning kamayishi va 
o‘limning ko‘payishiga olib keladigan notinch holatlar yuz beradi; 
● zichlikning oshib borishi natijasida populyasiyaning genetik 
tarkibida o‘zgarish yuz bera boshlaydi va guruhlardagi tez ko‘payish 
sustlashadi, to‘yib ovqat yemaslik, urug‘lanmaslik, turli kasalliklar 
tufayli organizm kuchsizlanib, tug‘ilish kamayib boradi; 
● guruhlar majbur bo‘lib o‘zlari o‘rgangan joydan migratsiya bo‘-
ladilar, noqulay va notanish muhit ta’sirida o‘lim holati ko‘payadi. 
Mavzu xulosasi. Tabiatda hozirgi saqlanib kelayotgan turlar ichida 
alohida “yaxshi” va “yomon” tur yo‘q, ularni hammasining ma’lum 
ma’noda o‘z o‘rni bor. Demak, ular zarur ekanki, saqlanib qolgan
bugun biologik xilma-xillikni saqlab qolish masalasi kun tartibida eng 
muhim masala hisoblanadi. Tabiat genofondidan u yoki bu turning 
yo‘qolib borishi og‘ir oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun, “Qizil 
kitob”ga yo‘qolib, kamayib va mutlaq yo‘qolib borayotgan turlar 
kiritilib, ularni saqlab qolish borasida Respublika tabiatni muhofaza 
qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan qo‘riqxonalarga mablag‘lar 
ajratilmoqda, shuningdek, fidoyi insonlar tomonidan qator ishlar olib 


50 
borilmoqda. Ularning sa’y-harakatlari tufayli bir qancha o‘simlik va 
hayvon turlari qayta ko‘paytirilib, tabiatga qaytarilmoqda. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin