O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

5.3. Ekologik nisha 
Ekologik nisha – turning ekologik darajasi, yashash uchun ozuqa 
joyi – nisha deb aytiladi. Ma’lum bir organizmning yashash joyi aniq 
bo‘lsa, uni shu erdan topish mumkin bo‘ladi.


54 
Ekologik joy – nisha tushunchasi ancha keng, makondagi nisha; 
trofik nisha (turlararo aloqada turning joyi), giper hajmli nisha.
Tur yashash joyi bo‘lsa, “nisha” – turning ozuqa bo‘yicha 
(kasbi)dir. Ma’lum bir turning ekologik nishasini ta’riflash uchun, u 
qanday nisha bilan oziqlanadi, nimalar va kimlar uni eydi, u 
biotsenozdagi boshqa elementlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi, degan 
savollarga javob bera olish kerak.
Ponomaryov va 1975-yil ma’lumoti bo‘yicha nishalarning har 
joyda ko‘rinishi va turli darajada oziqlanishini ko‘rish mumkin.
Biotsenozda bir tur o‘zining rivojlanishi davrida turli ekologik 
nishalarni egallaydi. Masalan, itbaliq o‘simlik bilan, baqalar hasharotlar 
bilan oziqlanadi. Hayvonlar qish va yoz oylarida o‘zlarida turlicha 
ekologik nishani hosil qiladi. Organizmlar migratsiya davrida ham ba’zan 
nishasini o‘zgartiradi.
Raqobat – bir muhitda yashaydigan hayvonlar o‘rtasida doimo 
raqobat kuzatiladi, ular bir-biri bilan oziq-ovqat talashib, jinsiy 
hamkorlik, yotoq joyi, o‘tlaydigan joy va boshqalarni talashishi 
mumkin. Raqobat turlar o‘rtasida salbiy oqibatlarga olib keladi, chunki 
ulardan biri ko‘pincha nobud bo‘ladi. Turlar o‘rtasida doimo yashash 
uchun kurash mavjud. Raqobat nisbiy bo‘lganda, kurash oziq-ovqatlar 
uchun boradi. To‘g‘ri raqobat bo‘lganda, bir tur ikkinchi turni yo‘q 
qilishga urinadi. Ba’zan turlararo raqobat bo‘ladi, bu holat 
populyatsiyalar o‘rtasida salbiy natija berib, ular soni kamayishi va 
yashashi uchun harakat qattiq bo‘ladi. Ekologik nisha uchun raqobat 
turlar o‘rtasida tabiiy tanlashga olib keladi, yashab qolgan organizmlar 
o‘zlariga xos ekologik nishani shakllantiradi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin