Mavzu xulosasi. Turlarning u yoki bu muhit omillarining o‘zgarib
turish doirasiga moslanish xususiyatiga turning ekologik valentligi
(yoki mutanosibligi) deb aytiladi, ya’ni turni muhitning har yil
sharoitiga, undagi omillarning o‘zgaruvchanligiga moslanishi tirik
organizmning eng yuksak ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ekologik
omillarning o‘zgaruvchanlik doirasi qancha keng bo‘lsa, turning
ekologik valentligi (mutanosibligi) ham shuncha katta bo‘ladi. Tur
34
omillarning o‘zgarayotgan chegarasi ichida o‘z hayot faoliyatini
kechiradi.
Nazorat savollari
1. Ekologik tizim deganda nimani tushunasiz?
2. Oziqlanishiga qarab organizmlar nechaga bo‘linadi?
3. Oziqlanish zanjirini tushuntiring.
4. Ekologik valentlik deganda nimani tushunasiz?
5. Chegaralovchi ekologik omillar.
6. Minimum qonuni nimani bildiradi?
7. Suvga talabiga qarab o‘simliklarning bo‘linishi.
8. Ekologik tizim.
9. Abiotik omillarga ta’rif bering.
35
III BOB. EKOLOGIK TIZIMLAR
3.1. Yer biotasining qisqa ta’rifi
Flora – bu yerdagi o‘simliklarning ma’lum bir hududda o‘zaro
yashaydigan maydonidir, fauna – ma’lum bir hududda yashaydigan
hayvonlar majmuasidir. Flora bilan fauna yerning ma’lum bir hududida
o‘zaro birlashib, biotani tashkil qiladi.
Hozirgi kunda Yer sharida 2,5 mln. tirik organizmning o‘xshashligi
va turlari olimlar tomonidan aniqlangan. Tirik organizmlar hujay-
rasizlar (viruslar va faglar) va hujayralilarga ajralgan. Hujayralilar ikki
bo‘limga: prokariotlar (bir hujayralilar) va eukariotlar – yadrolilarga
bo‘linadi.
Viruslar hujayra ichidagi parazitlar bo‘lib, ular faqat tirik orga-
nizmdagi hujayra ichida yashay oladi. Ular ko‘payadi, o‘z irsiy belgi va
xususiyatlarini saqlab qoladi, ammo hujayra tuzilishiga ega bo‘lmaydi,
modda almashinuvi bormaydi, o‘smaydi, ko‘payish usuli ham alohida.
Bakteriyalar – yer sharida eng ko‘p tarqalgan bir hujayrali
organizmlardir. Ularning hajmi juda kichik bo‘ladi. Ular ichida
oziqlanishiga qarab ayrimlari avtotrof bo‘ladi, masalan, bunga oltin-
gugurtli bakteriyalar misol bo‘ladi. Ko‘pincha ular geterotrof bo‘lib,
ularga ko‘ra safrofit va redutsentlik ustun keladi. Ayrimlari odam va
hayvonda parazitlik qilib yashaydi.
Ular hamma yerda: tuproqda, suvda, havoda va tirik organizmlarda
yashaydi, tuproqda juda ko‘p bo‘lib, bir gramm oddiy tuproqda yuz
millionlab, qora tuproqda esa ikki milliarddan ziyod. Ular tuproqda
nitrifikasiya, azot to‘plash va boshqa vazifalarni bajaradi. Ularning
aerob va anaerob shakllari bor. Tuproqning pastki qismiga qarab
kamayib boradi va ikki kilometrgacha masofada uchraydi.
Suv orqali bakteriya suv havzalariga tushadi va 1 ml suvda 300
ming donagacha bo‘lishi mumkin, qirg‘oqdan uzoqlashishi bilan ular
soni kamayadi. Havo atmosferasida ular nisbatan kam.
Bakteriyalar tuproq hosil bo‘lishida, tabiatda azot, fosfor, oltin-
gugurt va boshqa elementlarning aylanishida, hayvon va o‘simlik
qoldiqlarining chirishi va mineral moddalarga aylanishida katta
36
ahamiyatga ega. Suvni tozalashda, sut mahsulotlari va vino tayyor-
lashda foydali xususiyatlari bor. Shu bilan bir qatorda, ular bezgak, tif,
ichburuq, o‘pka sili va boshqa kasalliklarni chaqiruvchi hisoblanadi.
Ko‘k yashil suv o‘tlari, tuzilishiga ko‘ra, bir hujayrali bakteriya-
larga o‘xshash, ammo fotosintezlanadigan avtotroflar hisoblanadi. Ular
ko‘pincha chuchuk suvlarda bo‘ladi, dengizlarda kam uchraydi. Bu suv
o‘tlari suvni, ayniqsa, suv o‘tkazuvchi (vodoprovod) tizimini
ifloslantiradi.
Haqiqiy suv o‘tlari – bu tuban o‘simliklarning katta bir guruhi
hisoblanadi. Suv o‘tlari yerdagi birinchi fotosintezlanuvchi organizmlar
bo‘lib, dunyoni va atmosferani kislorod bilan ta’minlovchidir. Bundan
tashqari, ular suvdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri azot, oltingugurt, fosfor, kaliy
va boshqa elementlarni o‘zlashtiradi. Tuban o‘simliklarga lishayniklar
ham kiradi.
O‘simliklar fotosintezlanuvchi haqiqiy avtotrof organizmlardir,
ular tabiatda quyosh nuri va undagi kimyoviy biogen elementlar orqali
organik modda to‘playdi, tuproqda yashaydi va undan ozuqa
moddalarni o‘zlashtirib oladi. O‘simliklar barcha hayvonlarga va
insonlarga ozuqa moddalar etishtirib beradi. Ular ozuqa moddalarni
ildizlari orqali o‘zlashtirib, bargdan poyaga transport qiladi va natijada
fotosintez boradi. Mox, paporotniksimonlar, gullilar geografik
landshaftning tarkibini tashkil qiladi. Bular ichida gullilar eng ko‘p
bo‘lib, 250 mingdan ko‘p turni tashkil etadi. O‘simliklar kislorod
beruvchi yagona manba bo‘lib xizmat qiladi, agarda kislorod bo‘lmasa,
odam ham, hayvon ham nobud bo‘ladi. O‘simliklar bir yillik, ko‘p
yillik, o‘tlar, butalar, chala butalar va daraxtlarga bo‘linadi.
Zamburug‘larning ayrimlari bir hujayrali, ayrimlari ko‘p hujayrali
bo‘lib, xlorofill saqlamaydiganlari 100 mingdan ziyod. Ular iste’mol
qilinadigan va zaharlilar hamda parazitlarga bo‘linadi.
Parazit zamburug‘lar un-shudring, zang, qorakuya va boshqa
kasalliklarni chaqiradi.
Safrofit zamburug‘lar o‘lgan hayvon va o‘simlik qoldiqlarini
minerallashtiradi yoki yemiradi.
Hayvonlarning turi, shakli va ko‘rinishi 1 mln.ga yaqin, deyarli
hamma hayvonlar geterotrof organizm bo‘lsa, konsumentlar ham uch-
raydi. Ular ham bir hujayrali va ko‘p hujayralilarga, umurtqasiz va
umurtqalilarga bo‘linadi. Ular ichida turi va soni jihatidan bo‘g‘im-
oyoqlilar juda ko‘p bo‘lib, har insonga 200 ming donadan to‘g‘ri keladi.
37
Son jihatidan ikkinchi o‘rinda molyuskalar sinfini aytish mumkin,
uchinchi o‘rinda umurtqalilar bo‘lib, ularda sut emizuvchilar o‘ndan
birini tashkil qilsa, umurtqalilarning yarim turi baliqlarga to‘g‘ri keladi.
Umurtqalilarning katta turi suvda yashaydi, hasharotlar quruqlikda
hayot kechiradi. Suvda va quruqlikda yashashga moslashgan o‘simlik
turlari soni deyarli bir xil bo‘lsa, hayvonlarda quruqlikda 92-93%,
suvda 7-8% i hayot kechiradi. Demak, organizmlarning quruqlikka
chiqishi turlar xilma-xilligi uchun evolyutsion turtki bergan va
quruqlikda barqaror ekotizimni tashkil bo‘lishiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: |