O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

 
2.2. Abiotik omillar 
 
Abiotik (yunoncha so‘z bo‘lib “a”-inkor, “bios”-hayot) omillarga 
notirik tabiiy elementlar yoki iqlimiy omillar (harorat, namlik, 
yorug‘lik, havo) tuproq, relyeflar kiradi. Bu omillar ichida eng muhimi 
iqlim bo‘lib, hayvonot va o‘simliklar shaklini belgilaydi. 
Iqlimning o‘zi bir qator omillardan iborat. 
Yorug‘lik. Bu quyosh nuriga bog‘liq bo‘lib, uning organizmlarga 
biologik ta’siri jadalligi, spektral tarkibi, fasliy va kunlik davomiyligi 
bilan belgilanadi. Barcha tirik organizmlarda quyosh nuriga mosla-
nuvchanlik xususiyati fasliy va mintaqaviy xarakterga ega bo‘ladi. 
Quyosh nuri o‘simliklarning morfologik tuzilishi, fiziologiyasi, 
o‘sish va rivojlanish tezligiga kuchli, kuchsiz va me’yoriy ta’sir 
ko‘rsatadi. Umuman olganda, quyosh nuri erdagi hayot manbai 


31 
hisoblanadi. Quyosh nuri o‘zining biologik ta’siriga ko‘ra, ultra-
binafsha, ko‘rinadigan va infraqizil nurlarga bo‘linadi. 
Infraqizil nurlar – issiqlik, energiya manbai, tirik organizmlar uni 
yutib rivojlanadi. Bu nurlar ayniqsa, sovuq qonli hayvonlar uchun o‘ta 
zarur, ular bu nur yordamida o‘z tanalarini isitadilar. Fotosintez 
jarayonida fiziologik aktiv radiatsiyada ishtirok etadigan yorug‘lik 
spektri ishtirok etadi. Fotosintez uchun qizil-zarg‘aldoq rangli va 
binafsha-havorang nurlar ahamiyatga ega, sariq-yashil nurlarning 
ahamiyati juda kam. 
O‘simliklar yoruqqa bo‘lgan talablariga qarab, uzun kunli va qisqa 
kunli hamda neytrallarga bo‘linadi. 
Harorat. Tashqi muhitning harorati organizmlar haroratiga ta’sir 
ko‘rsatib, ularda boradigan barcha metabolitik jarayonlarga ta’sir etadi. 
Organizmlarda boradigan hayotiy jarayonlar ma’lum haroratda -
0+50°S oralig‘ida boradi. Yer sharidagi barcha organizmlarning 
ko‘payishi, tarqalishi va rivojlanishi haroratga bog‘liq holda bo‘ladi. 
Tabiatdagi ayrim hayvonlarning tana harorati o‘zgaradi. Tashqi 
muhitga ko‘ra o‘z tana haroratini o‘zgartiruvchi hayvonlar sovuq qonli 
hayvonlar yoki poykilotermlar deyiladi. Bularda doimiy tana harorati 
bo‘lmaydi (sudralib yuruvchilar, hasharotlar). 
O‘zining o‘zgarmas tana haroratiga ega hayvonlarga issiq qonlilar 
yoki gomoyotermlar deyiladi. Bu organizmlar tashqi muhitga 
moslashish jarayonida o‘z tana haroratini ushlab turadi. 
O‘simliklar uchun haroratning ahamiyati juda katta, ularda havo 
harorati 10°S bo‘lganda fotosintez jarayoni ikki marta tezlashadi va 35-
36°S gacha davom etadi, harorat bu ko‘rsatkichdan oshgandan so‘ng 
pastlashadi, 40-45°S da fotosintez tugaydi yoki bormaydi. 
Organizmlarning o‘sishi va rivojlanishi uchun maksimal va 
minimal harorat lozim bo‘ladi. Harorat o‘ta oshib ketganda ham yoki 
juda sovuq bo‘lganda ham organizmlar nobud bo‘ladi. Odatda, tirik 
organizm rivojlanishi uchun 0+50°S dagina protoplazmasi yashashga 
moslashgan. Hayotning borishi uchun harorat 12+34°S va pastki 
harorat 4-12°S bo‘lganda chegaralovchi harorat hisoblanadi. 
O‘simliklar ikki ekologik guruhga bo‘linadi: issiqlikka chidamli 
yoki yuqori haroratda o‘sib rivojlanadigan – termofil va past havo 
haroratida o‘sib rivojlanuvchi – psixrofil o‘simliklarga ajraladi.
Organizmlar yil fasllari o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. Masalan, 
kuzda daraxtlar barglarini to‘kadi, hujayralarida uglevodni to‘playdi va 


32 
o‘zini sovuqqa moslaydi. Hayvonlar ham terilarida yog‘ to‘playdi, kam 
harakatlanadi, qushlar issiq o‘lkalarga uchib ketadi, balki bular orqali 
ular noqulay sharoitga moslashadi. Suv fotosintez jarayonining borishi 
uchun eng zarur tarkibiy qismlardan biridir, shuningdek, suv hujayra 
protoplazmasini tashkil qiluvchi tarkib hisoblanadi. Namlik 
organizmda modda almashinuv reaksiyasiyaning borishini ta’minlaydi 
va ekologik jihatdan yerdagi va suvdagi organizmlar uchun chegara-
lovchi omil vazifasini o‘taydi. Hujayra tarkibida suvning o‘rtacha 
miqdori 70% dan ko‘proq bo‘ladi. Yer usti va havoda suv miqdori 
yog‘adigan yog‘inlar, havo namligi, uning qurishi va suv zahiralari 
maydoniga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, chuchuk suvlar va sho‘r suvlar, 
sho‘r suvlar chegaralovchi omil hisoblanadi. Tabiatda atmosfera yo-
g‘inlari bir xilda taqsimlanmagan. Namlik yetishmasa, o‘simliklar 
moslasha boshlaydi, barglari o‘rniga tikanlar, nina barglar hosil bo‘ladi, 
bundan maqsad suvni kam parlatish. Cho‘l va sahro hayvonlari suvni 
juda kam sarflaydi, cho‘l hayvonlari ko‘pincha kechalari aktiv hayotni 
boshlaydi, ular bu bilan yuqori haroratda suv sarfini kamaytiradilar. 
O‘simliklar namlikni tuproqdan ildizlari orqali so‘rib oladi, buning 
uchun tuproqda nam bo‘lishi kerak.
O‘simliklar suvga bo‘lgan moslashish uslublariga ko‘ra, quyi-
dagilarga bo‘linadi: gidatofitlar – suv o‘tlari; gidrofitlar – suvda bo‘lgan 
quruqlikda o‘suvchilar; gigrofitlar – nam yuqori bo‘lgan sharoitda 
quruqlikda o‘suvchilar; mezofitlar – namga o‘rtacha talabda bo‘lgan 
o‘simliklar; kserofitlar – cho‘l va sahro o‘simliklari bo‘lib, ular suvni 
etli barg va poyalarida saqlaydi.
Hayvonlar suvga bo‘lgan talabiga ko‘ra, quyidagi ekologik 
guruhlarga bo‘linadi: gigrofillar – namni sevuvchilar, kserofillar – 
namga kam talabchan va mezofillar – har ikkalasining o‘rtasida oraliq 
guruh hisoblanadi. 
Harorat bilan namlikning birgalikdagi ta’siri iqlimni anglatadi, 
masalan, dengiz iqlimida havoda namlik yil bo‘yi yuqori bo‘ladi, ammo 
harorat mavsumlar bo‘yicha tebranib turadi; kontinental iqlimda havo 
harorati doimo quruq bo‘ladi, ammo haroratda keskin o‘zgarishlar tez-
tez kuzatiladi. 
Relyef deb, har xil masshtabdagi yerning ustki notekis qismi o‘zaro 
bog‘liqligiga aytiladi. Hajmiga ko‘ra, relyef makrorelyef ya’ni tog‘, 
tekislik va adirlarning bir necha ming metr balandlikda bo‘lishi, 
mezorelef – balandligi 10-20 m bo‘lgan joylar va mikrorelyef – 


33 
balandligi yer ustidan bir necha santimetrdan 1 metrgacha bo‘lgan 
(jo‘yak, uyumlar) joylarga bo‘linadi. Relyef tirik organizmlar hayotiga 
bilvosita ta’sir qiladi, quyosh nurini va yog‘in suvlarni taqsimlash 
balandlik va chuqurlikka qarab buziladi.
Tuproq. Erning g‘ovak, unumdor yuza qatlami tuproq deyiladi. 
Tuproq ko‘plab mikroorganizm va hayvonlar uchun yashash muhiti 
hisoblanadi, shuningdek, unda o‘simliklarning ildizlari va zamburug‘-
larning iplari ildiz otadi. Tuproqda yashovchilar uchun uning tuzilishi, 
kimyoviy tarkibi, namlik, oziq moddalarning mavjudligi birinchi 
darajali omillar hisoblanadi.
Tuproqda turli o‘simliklardan tashqari bakteriyalar, zamburug‘lar, 
sodda hayvonlar, chuvalchanglar, bo‘g‘imoyoqlilar va boshqalar keng 
tarqalgan. 
Havo. Atmosferadagi gazlar aralashmasi havo qatlamini tashkil 
etgan. Havo qatlamining balandligiga qarab, uning tarkibi va zichligi 
o‘zgarib boradi. Havo hayvon va organizmlar uchun nafaqat yashash 
muhiti, balki ekologik omil sifatida ham ahamiyatlidir. 
Havo – atmosferani tashkil etgan muhitning muhim omili. Uning 
kimyoviy tarkibi Yerning evolyutsiyasi jarayoni kechishida tashkil 
topgan. Havo tarkibida 78,08 % azot, 20,95 % kislorod, 0,93 % argon, 
0,03 % uglerod ikki oksidi, 0,2 % boshqa gazlar aralashmalari, 2,6 % 
suv bug‘lari mavjud. Hayvonlar uchun yashash muhitining asosiy 
elementi – kislorod, erda kislorod yaratuvchi yagona manba – yashil 
o‘simlikdir. Kislorodni o‘simlik fotosintez jarayonida ajratadi. 
Kislorodsiz yonish yo‘q, metallni eritib, ko‘plab kimyoviy birikmalarni 
sanoat yo‘li bilan olib ham bo‘lmaydi. 
Ammo atmosferaning sanoat chiqindilari, transport vositalaridan 
chiqqan zaharli gazlar bilan ifloslanishi havoda uglerod dioksidi, 
serovodorod, oltingugurt oksidi (IV), azot oksidi, uglerod oksidi (II) 
miqdorining ko‘payishiga olib keladi. Bu esa atrof-muhit holatigagina 
emas, balki kishilar salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin