O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


 Ekologik munosabatlarning shakllanishi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

1.4. Ekologik munosabatlarning shakllanishi 
Tabiatda barcha tirik organizmlar jamoaga birlashib, u yoki bu 
darajadagi doimiylik xos bo‘lgan turkum hosil qiladi. Turkum tarkibi 
ma’lum abiotik omillarning qo‘shilishi, shuningdek, uning tarkibiga 
kiruvchi, ehtiyojlari bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan turli organizmlarning 
o‘zaro bog‘liqligi, oziq, himoya turkumlarining barcha turlarini ko‘pa-
yishi bilan ta’minlanadi. Tirik organizmlarning o‘zaro ta’sirlashishi 
natijasida ekologik tizim vujudga keladi. U tirik organizmlar va 
ularning yashash muhitidan tashkil topgan yagona tabiiy majmuadan 
iborat. Ekotizimning barcha tarkibiy qismi (komponenti) o‘zaro 
ta’sirlashadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. 
Yerdagi barcha tirik organizmlar ochiq tizim bo‘lib, chetdan yoki 
tashqaridan keladigan moddalar va energiyaga bog‘liq bo‘ladi. Kimyo-
viy moddalar tana tuzilishi uchun zarur bo‘lsa, energiya hayotiy jara-
yonlarning borishi uchun kerak. Metabolizm davrida murakkab mod-
dalar parchalanish reaksiyasi natijasida oddiy moddaga aylanadi, bunda 
energiyaning ajralib chiqishiga – katabolizm va oddiy moddalardan 
sintez natijasida murakkab moddalar hosil bo‘lishiga – anabolizm 
deyiladi. 
Ekotizim biota va biotsenozdan iborat bo‘lib, uning organik qismi 
biotsenozlardan tirik organizmlarning turlari, anorganik qismi biotada 
turlarning yashash joyini tashkil qiladi. Ko‘pchilik ekotizimlar, o‘z 
navbatida birlashib, biosferani hosil qiladi. Ekotizim atamasi fanga 
ingliz ekolog olimi A.Tepsli (1935) tomonidan kiritildi. V.N.Sukachev 
“biogeotsenoz” atamasini fanga kiritdi. 


22 
Aslida ekotizim komponentlari va ulardagi mavjud jarayonlar: 
biologik birlik, energiya kelishi va moddalar almashinuvidan iborat. 
Ekotizimlar trofik (oziqlanish) tuzilishi bo‘yicha quyidagi po-
g‘onalarga bo‘linadi: oziqlanadigan energiya manbaiga qarab or-
ganizmlar fototroflarga bo‘linadi, fotosintezda quyosh energiyasidan 
foydalanadi. Xemotroflar kimyoviy moddalar oksidlanishidan hosil 
bo‘lgan energiyadan oziqlanadi. 
O‘zlashtiriladigan uglerod manbaiga qarab tirik organizmlar qu-
yidagilarga bo‘linadi: neorganik uglerod (SO
2
) foydalanishiga qarab – 
avtotroflar, uglerodning organik manbalaridan oziqlanuvchilar – 
geterotroflar. Avtotrof organizmlar o‘z yashashlari uchun anorganik 
manbalarni iste’mol qiladi va bu bilan anorganik moddalardan organik 
modda hosil qiladi.
Trofik oziqlanish o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: 
1) yuqori avtotrof (mustaqil, o‘zi ovqatlanuvchi) yoki yashil po-
g‘ona o‘simliklardan iborat. O‘simliklar quyosh nuri ta’sirida o‘z 
organizmida organik modda to‘playdi.
2) pastki geterotrof pog‘ona (tuproqda to‘plangan turli qoldiqlar 
namlik yordamida chiriydi). 
Trofik tuzilishda oziqlanish yana ikkiga bo‘linadi:
• biofaglar – tirik organizmlar bilan oziqlanuvchilar; 
• saprofaglar – o‘lik organizmlar bilan oziqlanuvchilar. 
Trofik oziqlanish tuzilishini quyidagicha izohlash mumkin. Mah-
sulot beruvchilarni produtsentlar, iste’mol qiluvchilar – konsumentlar 
va anorganik ko‘rinishga aylantiruvchilarga – redutsentlar deyiladi. 
Produtsentlar barcha yer ustidagi yashil o‘simliklar, bir hujayrali suv 
o‘tlaridan tortib chuchuk suvlarda o‘sadigan suv o‘tlari bo‘lib, ular 
anorganik moddalarni organik moddalarga aylantiradi. Barcha tirik 
organizmlar produtsentlar bilan oziqlanadi. Konsumentlar – organik 
moddalarni iste’mol qiluvchilardir: o‘txo‘r hayvonlar yoki faqat go‘sht 
bilan oziqlanuvchi yirtqichlar, yoki boshqa hayvonlar go‘shtini 
yeydiganlar va hammasini yeydiganlarga odam va ayiq kiradi. Redu-
sentlar – o‘lik organizmlarni chiritib, ularni oddiy anorganik moddalar-
ga aylantiradi va bu vaqtda moddalarning tabiatda biokimyoviy aylani-
shi yuzaga keladi. Redutsentlik vazifasini mikroorganizm va zambu-
rug‘lar bajaradi. 


23 
Trofik tuzilish oziqlanishni quyidagicha oddiy ko‘rinishda ifoda-
lash mumkin:
Quyosh-o‘simliklar qo‘y, echki tulki, bo‘ri, burgut
Produtsentlar Birlamchi Ikkilamchi 
konsument konsument 
Ekotizim quyidagilarga bo‘linadi: 
• Mezoekotizim; 
• Mikroekotizim; 
• Kosmik kema ekotizimi; 
• Shahar geterotrof ekotizimi; 
• Agroekotizimlar. 
Ekotizimda organizmlar erkin kislorodga bo‘lgan munosabatiga 
ko‘ra, aerob, anaerob va fakultativga bo‘linadi. Aerob organizmlar 
faqatgina kislorod mavjud bo‘lgan muhitda yashaydi, ular hayvonlar, 
o‘simliklar, ayrim bakteriya va zamburug‘lar. Anaerob organizmlar – 
kislorod bo‘lmagan muhitda yashay oluvchilar (ayrim bakteriyalar). 
Fakultativ organizmlar – bular kislorodli-kislorodsiz muhitda bemalol 
yashovchilar (zamburug‘ va bakteriyalardir). 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin