18
● dunyo tushunchasi ierarxik tarzda piramida holida ko‘rinishida
yoki eng yuqorida inson turadi, undan quyida narsalar (inson tomonidan
insonlar uchun), yanada quyida tabiatning turli obyektlari;
● insonning barcha talablari qondirilishi;
● tabiat bilan o‘zaro bog‘liqlik, inson va insoniyat uchun to‘g‘ri va
yechimi bor;
● yer yuzasidagi odamlar o‘rtasida axloqiy qonun va qoidalar faqat
odamlar uchun, ular tabiat bilan bog‘lanishda mutlaqo ahamiyat kasb
etmaydi;
● tabiatning keyingi rivojlanishi jarayon sifatida tasavvur qilinib,
o‘z rivojlanishi jarayonida insonga bo‘ysunishi lozim.
Ekologik ta’lim – maqsadli yo‘naltirilgan reja asosida tizimli
ekologik bilim, madaniyat, malaka va o‘quvni
rivojlanish jarayonida
o‘rganib borishdir. Hozirgi kunda ekologik ta’lim tizimi uzluksiz,
to‘plangan, fanlararo birlashgan xarakterli mutaxassislikdan kelib
chiqib shakllanmoqda. Aholiga ekologik ta’lim
beruvchi markazlar
tashkil qilinib, bu joyda oddiy aholi ekologiya sohasida o‘z bilimlarini
kengaytirib va chuqurlashtirib bormoqdalar.
Ekologik tarbiya – tabiatni muhofaza qilish borasida bilimni
kuchaytirish, tabiatni himoya qilish va ekologik o‘quvlar dastlab
maktabda, so‘ngra oliy o‘quv yurtlarida olib boriladi.
Insonlarning
yoshlari ulg‘aygan sari atrof-muhit haqidagi tasavvurlari kengayadi,
tabiatga boshqacha ko‘z bilan nazar soladilar va sekin-asta tabiatni
sevib, uni himoya qilishni o‘z burchi deb biladilar.
Ekologik
tarbiyaning hozirgi kundagi asosiy burchi quyidagilardir:
● barcha hayotiy jarayonlar o‘ta muhim, qimmatbaho va betakror,
inson tirik tabiat uchun javobgar;
● tabiat abadiy va tuganmas, shuning uchun ham u insondan kuchli,
inson tabiat bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, doimo unga moslashishi va
lozim bo‘lsa unga yordam berishi kerak, tabiatga qarshi bo‘lish
insonning o‘ziga yomonlik keltiradi;
● biosfera qancha xilma-xil bo‘lsa, u shuncha barqaror bo‘ladi;
● inson atrof-muhitga o‘lchab bo‘lmaydigan
darajada zarar yet-
kazmoqda;
● tabiat insoniyatning o‘ziga berayotgan zarariga qarshi katta kuch
bilan zarba berishi mumkin;
● antropologik zarar ekomarkazda olib borilayotgan tushunchalar
bilan almashishi kerak;
19
● insonlar o‘z dunyoqarashlari va xulq-atvorlarini o‘zgartirishi, ko‘p
iste’mol qilish hamda yetishmovchilik natijasida tabiatga zarar
yetkazadilar, chunki u yoki bu holda ham ekologik javobgarlik susayadi.
Ekologik madaniyatning shakllanishi – ekologik ong va tu-
shunchani shakllanishi bo‘lib, atrof-muhit bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lishdir. Ekologik madaniyatning asosiy g‘oyasi –
inson va tabiat
o‘rtasidagi bog‘liqlik moddiy tomondan emas, balki ma’naviy jihatdan
bo‘lishi kerak. Tabiatga zarar bermaslik va global o‘ylash har bir
insonning burchi bo‘lishi lozim. Yerda abadiy hayot borishi uchun
insoniyat o‘zi yashaydigan yerni doimo asrashi, qayta yashartirishi va
ekologik madaniyatni rivojlantirishi zarur.
Dostları ilə paylaş: