20
va vodoroddan iborat bo‘ladi, shuni aytish kerakki, notirik tabiatda ham
ushbu elementlar mavjud, ammo ularning miqdori boshqa nisbatda
bo‘ladi.
Tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘liqlik,
bir tomondan, barcha tirik
materiya yaxlit bir tizim sifatida ko‘rinishi umumiy qonunlarga
bo‘ysunadi, ikkinchi tomondan, hamma biologik tizim o‘ziga xos
alohida bo‘lib, elementlar bilan o‘zaro bog‘langan bo‘ladi.
Modda almashinuvi yoki metabolizm
jarayonida tirik organizm-
larda ko‘pgina kimyoviy reaksiyalar borishi natijasida organizmga
zarur moddalar ishlab chiqiladi va ular energiya bilan ta’minlanadi.
Boradigan asosiy reaksiyalardan biri fotosintez bo‘lib, quyosh
yorug‘ligi evaziga anorganik moddalardan organik moddalar hosil
bo‘ladi. Fotosintez bilan bir qatorda organik
birikmalarning sintezi
jarayoni anorganik moddalar orqali boradi. Oltingugurt, vodorod,
serovodorod, temir, ammiak, nitrat va boshqa anorganik moddalarning
oksidlanishi kimyoviy energiya orqali boradi. Bu jarayon xemosintez
deb ataladi.
Har bir tirik organizmning paydo bo‘lganidan o‘lishiga qadar vaqt
davomida har xil tezlikda metobolik jarayonlar boradi, bu jarayon
ontogenez deyiladi. Ontogenez o‘zida morfologik, fiziologik va bioxillik
yangilanishni ma’lum davomiylikda tirik organizmning butun
hayotida
muvofiqlashtirib boradi. Ontogenez organizmning o‘sishi, hajmi oshishi,
gavdasi yiriklashuvi, bir hujayralilar va to‘qimalar o‘rtasidagi farqlar
hamda organizmda turli funksiyalarning bajarilishini tartibga solib turadi.
Biologik tizimning tashkillanish darajasi ierarxik tabiiy tizimda
boradi yoki kichik tizimchalar katta tizimni tashkil qiladi.
Tirik materiyaning strukturali
tashkillanishi molekulyar, hu-
jayraviy, to‘qimada, organda, organizmda, populyatsiyada va biosfera
darajasida boradi. Ekologiya – biologik tashkillashuvning darajalarini
oddiy organizmdan ekotizimgacha va biosferani to‘liq o‘rganadi.
Molekulyar darajada modda almashinuvi va irsiy ma’lumotlarni
tashish jarayoni boradi.
Hujayra – mustaqil yashashga moslashgan tirik organizmning
elementar strukturasidir.
To‘qima – o‘zida bir xil hujayra va hujayralararo moddalarning
o‘zaro muvofiqligidir.
Organ – ko‘p hujayrali organizmning bir qismi bo‘lib, alohida
vazifani bajaradi.
21
Organizm – bu tirik jon bo‘lib, tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘liq,
biologik tur bo‘lib, yaxlit tizimdan iborat, bir-biriga o‘xshash, ammo
alohidalik xususiyatiga ega, tur ichida ko‘payish imkoniyati bor.
Populyatsiya – vaqt va makonda ma’lum bir turning alohida o‘z-
o‘zidan ko‘payishiga muvofiqligidir. Populyatsiyadagi umumiy o‘zga-
rishlar to‘rt narsaga bog‘liq bo‘ladi: tug‘ilish, nobud bo‘lish,
kirib
kelish va chiqib ketish (migratsiya).
Biotsenoz yoki ekotizim – ma’lum bir aniq hududda o‘sib ri-
vojlanuvchi turli mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlarning bir-
biriga muvofiqligidir.
Biosfera – yerning tirik materiyadan iborat qobig‘idir.
Dostları ilə paylaş: