O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Ekologik omillarning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Ekologik omillarning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri: 
1. Har yili atmosfera havosining ifloslanishi natijasida 3 mln. ga 
yaqin kishi hayotdan erta ko‘z yumadi. 
2. Yevropada har 7 boladan 1 tasi astma kasalligi bilan og‘riydi. 
Keyingi 30-yilda allergik kasalliklar va astma kasali bilan og‘rigan 
insonlar soni oshdi. 


28 
3. Tamaki tutuni o‘pka raki bilan kasallanish miqdorini 20-30% ga 
oshiradi, Buyuk Britaniyada astma kasalini davolash uchun har yili 3,9 
mlrd. yevro mablag‘ sarflanadi.
4. Atmosferani uchta modda eng ko‘p zararlaydi: og‘ir qo‘shil-
malar, ozon va og‘ir metallar. 
5. Shaharlarda atmosfera havosini transport eng ko‘p miqdorda 
zararlaydi. 
Tashqi muhitning salbiy oqibatlari quyidagilarga olib keladi: 
● Parnik gazlari konsentratsiyasining oshishi har yili ozon qatla-
mining 1-2,8% ga kamayishini ko‘rsatadi. 
● O‘rmonlar maydoni har yili 200-217 ming km
2
tezlik bilan 
kamayib bormoqda. 
● Tuproq eroziyasi va unumdorligi pasayishi natijasida sahrolar 
maydoni yiliga 60 ming km
2
miqdorda oshib bormoqda.
● Suv zahiralarining ifloslanishi har yili okean suvi sathining 1-2 
mm ko‘tarilishiga olib kelmoqda. 
● Tabiiy muhitda radioaktiv moddalar miqdorining oshishi 
kuzatilmoqda. 
Asosiy ekologik omillarning ta’rifi, chegaralovchi omillar. 
Ekologik omillar ichida son jihatdan ahamiyatga ko‘ra turlarning 
chidamlilik chegarasidan chiqadiganlariga chegaralovchi omillar 
deyiladi. Birgina cheklovchi omilning o‘zi ja’mi omillar qulay bo‘lsa 
ham, ma’lum bir turning tarqalishiga ta’sir ko‘rsatadi yoki cheklab 
qo‘yadi. Chegaralovchi omillar ma’lum geografik arealda turlarning 
tarqalishini aniqlaydi va bir tur organizmning rivojlanishini, ular juda 
ko‘p bo‘lganda yoki kam bo‘lganda cheklab qo‘yadi. Ekologik 
omillarning ta’sir qilishi ma’lum muhitda o‘zgarishi ham mumkin, ular 
chegaralovchi bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, biron 
bir ko‘l suvida kalsiy moddasi ko‘p bo‘lsa (21.2-22.4 mg/l), o‘simlik va 
turli hayvonlar yashashi uchun qulay muhit yuzaga keladi va ular son 
hamda sifat jihatidan ko‘p bo‘ladi. Agarda ko‘l suvida kalsiy moddasi 
(0.7-2.3 mg/l) kam bo‘lsa, u holda organizmlar juda kam uchraydi.
Nemis agroximik olimi Yu.Libix minimum qonunini, ayrim 
moddalar tuproqda minimum holda bo‘lishini hosildorlikdan kelib 
chiqib isbotladi. Ammo Libixning bu qonuni faqat stasionar sharoitda 
to‘g‘ri bo‘ladi. Kimyoviy elementlarning biri etishmasa, hosildorlik 
juda yuqori bo‘lmasa ham me’yor darajasida bo‘ladi. Hosildorlikni 


29 
faqatgina kimyoviy elementlar emas, balki harorat, yorug‘lik, namlik 
va boshqalar ham belgilaydi.
V.R.Vilyams omillarning o‘zaro bog‘liqligini inkor etmagan holda, 
ular bir-birini almashtira olmasligini ko‘rib, alohidalik qonunini 
yaratdi. Yashash uchun hayotiy sharoitlar bir xilda ahamiyatga ega, 
ammo hech bir hayotiy omilni bir-biri bilan almashtirib bo‘lmaydi deb 
isbotladi. Masalan, o‘simlik uchun suvni havo harorati bilan, havoni 
quyosh nuri bilan almashtirib bo‘lmaydi.
Organizmning hayot faoliyati ekologik omillarning minimal 
mohiyati ta’siridagina chegaralanmay, balki u yoki bu omilning 
ortiqcha miqdordaligidan ham organizm holati aniqlanadi. Tabiiy 
muhitda chegaralovchi omillarning maksimal mohiyatini 1913-yili 
amerikalik zoolog V.Shelford aniqlab, unga “tolerantlik qonuni” 
ifodasini berdi, bu qonun bo‘yicha turning yashashi, qator ekologik 
omillarning ozligi va ko‘pligi, ularning organizmni chidamlilik chega-
rasiga yaqin darajasi bilan aniqlanadi. Hamma ekologik omillarni 
organizmlarning chidamlilik chegarasiga yaqinligi yoki undan ortib 
ketishi va turning yashashiga salbiy ta’sir qiladigan muhit elementlariga 
chegaralovchi omillar deyiladi. Shunday qilib, organizm ekologik 
minimum va ekologik maksimum holati bilan tavsiflanadi, shu ikki 
ekologik ko‘rsatkichni u sezadi, unga moslanish orqali javob qiladi. 
Organizmning maksimum va minimum ko‘rsatkichlari o‘rtasida eko-
logik omillarning organizmga ta’sir qilishiga turning tolerantlik 
chegarasi yoki ekologik amplitudasi deb aytiladi.
Amerikalik ekolog Yu.Odum tolerantlik qonunini to‘ldiruvchi 
fikrlarni bildirgan, chunonchi, organizmlar bir ekologik omilga 
nisbatan keng tolerantlik doirasida bo‘lsalar, boshqa omilga nisbatan 
tor doirada bo‘lishlari mumkin; hamma ekologik omillarga nisbatan 
keng tolerantlik doirasida bo‘lgan organizmlar keng tarqalish 
imkoniyatiga ega; agar tur uchun bir ekologik omilning ta’siri optimal 
bo‘lmasa, shu turning tolerantlik doirasi boshqa omillar bo‘yicha 
chegaralanib, torayib boradi; organizm hayot faoliyatining kritik 
davrida ko‘pchilik muhit omillari, ayniqsa, turlarning ko‘payish vaqtida 
chegaralovchi bo‘lib qoladi, chunki ko‘payayotgan tur vakillari 
sezuvchan, nozik bo‘lib (unayotgan urug‘, jo‘ja chiqishi oldidagi 
tuxum, embrion, o‘sayotgan yosh nihol va lichinkalar), ularning 
tolerantlik doirasi juda ham chegaralangan bo‘ladi. Ko‘p yillik 
o‘simliklar va hayvonlar uchun tolerantlik doirasi kengdir. 


30 
Turlarning u yoki bu muhit omillarining o‘zgarib turish doirasiga 
moslanish xususiyatiga turning ekologik valentligi (yoki mutanosibligi) 
deb aytiladi, ya’ni turni muhitning har yil sharoitiga, undagi 
omillarning o‘zgaruvchanligiga moslanishi tirik organizmning eng 
yuksak ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ekologik omillarning o‘zgaruvchanlik 
doirasi qancha keng bo‘lsa, turning ekologik valentligi (mutanosibligi) 
ham shuncha katta bo‘ladi. Tur omillarning o‘zgarayotgan chegarasi 
ichida o‘z hayot faoliyatini kechiradi.
Ekologik omillarning optimal ko‘rsatkichdan ozroq o‘zgarib turi-
shiga moslashgan turlarga – tor doiraga moslashgan turlar, muhit 
omillarining keng doirada o‘zgarishiga moslashganlari esa, keng mos-
lashgan tur deb ataladi. Bu erda birlamchi holatga misol qilib dengiz-
larning yuqori sho‘rligiga (30-37%) yoki tog‘, soylar suvining chuchuk-
ligiga (150-240 mg/l) moslashgan organizmlarni olish mumkin. 
Ikkinchi holatga misol: katta daryolar quyi oqimlarining dengiz 
suvi bilan qo‘shilib turadigan joylarida suvning sho‘rligi o‘zgarib 
turadi. Organizmlar shu o‘zgarishga keng moslashgan. 
Ekologik mutanosib bo‘lmagan yoki tor doiraga chidamli turlar 
stenobiont (stenos – tor doirali), keng doiraga chidamli turlar esa 
evribiont (eyros – keng) turlar deb ataladi. Turlarning stenobiont yoki 
evribiontligi, ularning u yoki bu muhitga turli yo‘llar bilan 
moslanishidan kelib chiqqan. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin