Vazirligi urganch Davlat universiteti “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi



Yüklə 247,15 Kb.
səhifə1/10
tarix07.01.2024
ölçüsü247,15 Kb.
#206219
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
193- gurux kurs lohiyasi IBROHIM



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
Urganch Davlat universiteti
Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi



GEODEZIYA” FANIDAN


KURS LOYIHASI




MAVZU: NIVELIRlarning TURLARI


Kurs loyihasi rahbari: ________________


Loyihalovchi: _____________

Urganch 2020
MAVZU: NIVELIRLARNING TURLARI


REJA:


KIRISH
I- BOB. ANIQLIGI BO`YICHA NIVELIRLARNI GURUHLARGA
BO`LINISHI
1.1.Aniq nivelir H-3 nivelirining tuzilishi va texnik ko`rsatkichlar
1.2.Texnik nivelirlarning turlari va tuzilishi
II-BOB. KOMPENSATORLIVA RAQAMLI NIVELIR HAQIDA
TUSHUNCHA
2.1.Elektron raqamli nivelirlar
2.2.Aniq nivelirlash uchun ishlatiladigan PH-3 niveliri reykasini tekshirish
2.3 Yakka nivelir yo’lini sodda usullarda tenglash
XULOSA
ILOVA
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Nivelir (frans. niveler to’g’irlanmoq, baravar-lamoq) geodezik asbob. Yerdagi ikki nuqta balandliklari farqi (nisbiy balandligi-ni) gorizontal vizir nuri bilan, shu nuqtalarga tik o’rnatiladigan nivelir reykalar yordamida aniqlaydi. Hozirgi vaqtda ishlatiladigan nivelirlar vizir o’qini gorizontal holatga keltirish usuliga qarab ikki guruppaga bo’linadi: birinchi guruppaga vizir o’qi adilak yordamida gorizontal holatga keltiriladigan nivelirlar va ikkinchi guruppaga vizir o’qi avtomotik ravishda gorizontal holatga keladigan nivelirlarga bo’linadi. Birinchi guruppaga taalluqli nivelirlar asosiy qismlarining bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab, quyma nivelirlarga va trubasi taglikdan ajraladigan nivelirlarga bo’linadi. Quyma nivelirlarda silindrik adilak qarash trubasining yon tomoniga o’rnatilgan, qarash trubasining o’zi esa asbobning aylanish o’qiga taglikdan ajratilgan qilib mahkamlangan. Qarash trubasi taglikdan ajraladigan nivelirlarning trubasini ajratib olib va 180 aylantirib yana taglikka o’rnatish mumkin. Vizir o’qi adilak yordamida gorizontal holatga keltiriladigan nivelirlarga HG va HV -1 nivelirlarini, qarash trubasi ajratiladigan nivelirlarga esa HT nivelirlarini misol qilib ko’rsatish mumkin.
Vizir o’qi adilak yordamida gorizontal holatga keltiriladigan nivelir bilan ishlaganda unga salgina tegib ketilsa ham vizir o’qining gorizontal holati buziladi va adilak pufakchasi chetga og’ishadi: reykadan sanoq olinganda pufakchaning holatini kuzatib turishga, chetga og’ishgan bo’lsa qaytadan naycha o’rtasiga keltirishga to’g’ri keladi. Bu esa kishini charchatadi va ish unumini pasaytiradi.
Keyingi yillarda vizir o’qi avtomatik ravishda gorizontal holatga keladigan nivelirlar ishlab chiqimoqda H-3KL niveliri shular jumlasidandir. Bunday nivelirlarni nuqtaga o’rnatish uchun nisbatan kam vaqt ketadi.

Yüklə 247,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin