2.1.2-rasm. Dini 12 raqamli niveliri Dini raqamli nivelirlarni qo'llash sohalari:
· nishabliklarni aniqlash va profillarni tuzish uchun tezkor nivelir yo'llarni o'tkazish;
· cho'kish zonalarni s'yomka temir yo'llar bo'ylab tezkor nivelir yo'llarni o'tkazish;
· avtomobil yo'llarni nivelirlashuzanli s'yomkalarni bajarish;
· yuzani nivelirlash.
Trimble Dini (AQSH) va DNA (Shveytsariya) raqamli nivelirlarni texnik
Tavsiflari 2.1.1- jadvalda keltirilgan.
2.1.3-rasm. DNA 03 raqamli niveliri Raqamli nivelirlarni texnik tasniflari 2.1.1 - jadval
Tehnik tavsiflari
Dini 12
Dini 22
DNA 03
DNA 10
1. Nivelirlash:
- shtrih kodli invar reykalarida
0,3 мм
0,7мм
0,3 мм
0,9мм
buklanadigan reykalarda
1,0 мм
1,3 мм
1,0 мм
1,5мм
2. Masofa (elektron o'lchashlar)
- shtrih-kodli invar reykalarda bilan
20 mm
25 mm
buklanadigan reykalar bilan
25 mm
30 mm
3. Burchaklar
sanoqlar
1°gacha
0,1
baholash
0,1° gacha
0,1°
O'lchash diapazoni
1,5m-100m
1,5m-100m
1,8m-110m
1,8 – 110m
O'lchash vaqti
3 sek
3 sek
3 sek
3 sek
Ko'rish trubasining kattalashtirishi
32Х
26Х
24Х
24Х
Kompensator ishlash diapazoni
15'
15'
15'
15'
Diapozon o'rnatish Aniqligi
0,2"
0,5"
0,2"
0,5"
0,5"
Displey
21 simvoldan 4 qator, grafik qobiliyati
Klaviatura
22 klavisha, kontekstli funksional klavishalar (menyu va dialoglar, muloqotlar) '
O'lchash dasturlari standartlari
Bir necha o'lchashlar, oraliq vizirlash bilan yo'llarni o'tkazish, yuza nivelirlash. Balandliklarni joyga ko'chirish.
Batareyaning ishlash vaqti
3 kun
1 hafta
3 kun
1 hafta
Ishlash harorati
-20° S dan +50° S dan
Vazni (faqat asbobning)
3,5 kg
3,2 kg
2,8 kg
2,8 kg
2.2. Aniq nivelirlash uchun ishlatiladigan PH-3 niveliri reykasini tekshirish. Nivelir reykalari sifatli yogochdan yasalgan bo'lib, uzunligi 3 yoki 4m (3000 yoki 4000 mm), qalinligi 2-3 sm va eni 8 sm ga teng . Reykaga shashkasimon santimetrli bo'laklar chizilgan va desimetrli oraliqlar arab raqamlari bilan ko'rsatilgan. Bo'laklar hisobi reykaning pastki uchidan (tomonidan) boshlanadi. Desimetrlibo'laklarning boshlanishi chiziqcha bilan belgilangan.
Reyka egilmaydigan va chidamli bo'lishi uchun bo'shtavr kesimli qilib yasalgan va ikki uchiga metall (tunuka) qoplangan. Reykalar bir tomonli (bo'laklar bir tomoniga chizilgan) va ikki tomonli (bo'laklar ikki tomoniga chizilgan) bo'ladi. Ikki tomonli reykalarning bir tomonidagi shashkasimon bo'laklar oq va qora, ikkinchi tomonidagilari esa, oq va qizil rang bilan bo'yalgan. Shuning uchun reykaning qora rangli tomoni - qora tomon, qizil rangli tomoni - qizil tomon deb farqlanadi.Sanoq olish qulay bo'lishi uchun har detsimetrli bo'lakning dastlabki beshta santimetrli bo'laklari «Е» harfi ko'rinishida birlashtirilgan. Reykalarning qora tomonida sanoq noldan (2.2.1-rasm,a) qizil tomonida esa, ixtiyoriy sondan, masalan 4687 mm dan (2.2.1-rasm,б) boshlanadi. Natijada nivelirlashda qo'llanilayotgan reykalar juftining qora va qizil tomonidan olingan sanoqlar farqi doimiy qiymatga teng bo'ladi. Ikki tomonli reykalar qo'llanilganda nivelirning balandligini o'zgartirmasdan turib nisbiy balandlikni ikki marta, ya'ni qora tomondan olingan sanoqlar va qizil tomondan olingan sanoqlar bo'yicha aniqlash mumkin.PH- 05 reykalar I, II klass nivelirlash, PH - 3 reykalar III, IV klass nivelirlash va PH - 10 reykalar texnik nivelirlash uchun mo'ljallangan. Biroq texnik nivelirlashda ko'proq PH-3 reykalari qo'llaniladi. Uzunligi 3000 mm li reykalar yaxlit (2.2.1-rasm,в) yoki buklanadigan (2.2.1-rasm,г) 4000 mm li reykalar esa, faqat buklanadigan qilib chiqariladi. Ba'zan buklanmasdan, surilib yigiladigan (surilma) reykalar ham uchraydi.
Dala ishlarini boshlashdan oldin reykalarning butunligi, bo'laklar va raqamlar bo'yoqning ko'chmaganligi, mahkamlash moslamalarining ishlashi (buklanadigan yoki surilma reykalarda) va uchlardagi metall qoplamalarning mustahkamligi ko'rib chiqiladi.