Vazirligi urganch Davlat universiteti “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi



Yüklə 247,15 Kb.
səhifə4/10
tarix07.01.2024
ölçüsü247,15 Kb.
#206219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
193- gurux kurs lohiyasi IBROHIM

1.1.1-rasm. H-3nivelirining tuzilishi
Kompensatorli H-3K niveliri-bunivelir - H-3 nivelirining o'zgartirilgan konstruksiyasi bo'lib, mayatnikli optik-mexanik kompensatorga ega. Trubaning vizir o'qi ushbu kompensator yordamida o'z-o'zidan avtomatik ravishda gorizontal holatga keltiriladi. Silindrik adilak o'rnatilmagan. Ko'rish trubasining mahkamlash vinti yo'q, qaratish vinti esa chervyakli vint ko'rinishida bajarilgan va okulyar 5 dan qarab buraladi.
H-3K niveliri (1.1.2-rasm) ko'rish trubasi 1, kremalera vinti 2, doiraviy adilak 3, ob'ektiv 4 tomonida ikki yonboshda qaratish vintlari 6, doiraviy taglik 7, ko'targich vintlar 8 va vizir o'qini gorizontal holatga kelishini ta'minlaydigan optik (prizmali) kompensator bilan jihozlangan. Optik kompensator ishlashi uchun doiraviy taglik qiyaligi yo15' dan oshmasligi kerak. Shuning uchun avval bo'lak qiymati 10' ga teng bo'lgan doiraviy adilak pufakchasi uchta ko'targich vint yordamida o'rtaga (nol punktga) keltiriladi. Truba vertikal o'q atrofida yengil aylanib, turgan vaziyatini yaxshi va tinch saqlaydi, shu sababli u mahkamlagich vintiga ega emas. Ikki yonboshdagi cheksiz buraydigan qaratish vintlaridan xohlagan bittasi bilan trubani reykaga aniq to'grilash mumkin. Nivelir o'rnatgich vint yordamida shtativ ustiga o'rnatiladi. Shtativ yerga boshmoqlari botirilib o'rnashtirilganda, usti taxminan gorizontal bo'lishiga e'tiborqilinishi kerak. Shunday qilinmasa, nivelirdagi doiraviy adilak pufakchasini ko'targich vintlar yordamida o'rtaga keltirish mumkin bo'lmay qoladi. 1.1.2-rasm. H-3K niveliri ko'rish trubasida reyka tasviri ko'rsatilgan.

1.1.2-rasm. H-3K niveliri
1.2. Texnik nivelirlarning turlari va tuzilishi
Hozirgi vaqtda ishlatiladigan nivelirlar vizir o’qini gorizontal vaziyatga keltirish usuliga qarab ikki guruhga bo’linadi: 1) vizir o’qi adilak yordamida gorizontal vaziyatga keltiriladigan nivelirlar; 2) vizir o’qi avtomatik ravishda gorizontal vaziyatga keladigan nivelirlar. Nivelirlar aniqligi bo’yicha yuqori va o’rtacha aniqlikdagi nivelirlarga hamda texnikaviy nivelirlarga bo’linadi.
Vizir o’qi adilak yordamida gorizontal vaziyatga keltiriladigan nivelirlar asosiy qismlarining bir – biriga nisbatan joylanishiga ko’ra quyma (yaxlit) va trubasi taglikdan ajraladigan nivelirlarga bo’linadi.
Quyma nivelirlarga НГ va НВ-1 nivelirlar, qarash trubasi taglikdan ajratiladigan nivelirlarga esa HT nivelirini misol qilib ko’rsatish mumkin. Keyingi yillarda sovet geodezik asbobsozlik zavodlari vizir o’qi avtomatik ravishda gorizontal vaziyatga keladigan nivelirlar ishlab chiqarmoqda.
НГ niveliri- bu nivelir aniqligi bo’yicha texnikaviy nivelirdir. НГ niveliri bilan bir nuqtaga nisbatan ikkinchi nuqtaning balandligini aniqlash uchun uni shtativ ustiga qo’yilib, o’rnatish vinti taglik tregeriga burab kiritiladi. Doiraviy adilak yordamida taxminan gorizontal vaziyatga keltirib nuqtaga o’rnatiladi. So’ngra slindrik adilakning o’qi taglikning ikkita ko’targich vintlariga parallel qilib qo’yiladi va bu ko’targich vintlari qarama – qarshi tomonga burab adilak pu-fakchasi naycha o’rtasiga keltiriladi.
Teхnik H-10 niveliri ichki fokuslanuvchi ko'rish trubasi (1.2.1-rasm), predmet tasvirini to'g’ri hosil qiluvchi, kontaktli silindrik adilak 2, doiraviy adilak, elevatsion vint 4 (silindrik adilak pufakchasi uchlarini tutashtirish uchun), limb doirasi 5, shtativning sharsimon qalpoqchasi 6, nivelir shtativining sharsimon



Yüklə 247,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin