7.5. Atmosferaga tashlanadigan gazni mexanik usulda tozalash
Ko‘pgina korxonalarda gazlarni oddiy usulda, ya’ni chang
cho‘ktiruvchi kameralarda olib qolinadi.
Kamera quyidagi usulda tozalaydi:
Chang holidagi gaz oqimi tindirgich kamera ichiga kirib, yuqori
qavatga uriladi va yirik chang zarralari pastdagi birinchi bunkerga
cho‘kadi, keyin gazning yo‘nalishi o‘zgaradi. Ular pastki to‘siqdan
o‘tib yana yuqoriga ko‘tariladi va o‘z navbatida yana pastga tushadi.
Bu chang tutgich kameraga kirgan barcha zaharli gaz qo‘shimcha-
larini ushlab qolmaydi, bor-yo‘g‘i 58% zaharli qo‘shimchalarni tutib
qolish imkoniga ega. Bu kameraning hajmi nisbatan juda katta.
Mexanik usulda gaz changlarini tozalashning samaraliligi
ko‘pchilik hollarda chang zarralarining yirik yoki kichikligiga bog‘-
liqdir. 40mg bo‘lgan chang zarralarini ushlab qolish juda qiyin, ular
tozalangan gazlar bilan birgalikda atmosferaga chiqib ketadi.
Gazdagi chang zarralarini ushlab qoladigan ikkinchi usul ko‘proq
samarali hisoblanadi. Bu usulda tozalangan gazda ham ma’lum miqdor
yoki 35% zaharli moddalar ajratib olinmaydi. Maxsus chang ushlagich
siklon apparatiga gaz yuqori qismdan kirib keladi, gaz oqimi siklon
ichida aylanib, pastki bunkerga qarab harakat bilan chang zararlari
cho‘kadi, ularning hajmi 5-40 mg kattalikda bo‘ladi. Tozalangan gaz
oqimi pastdan katta truba orqali tepaga qarab harakatlanadi.
Siklonga kelayotgan gaz oqimi katta bosim bilan kiradi, buning
uchun katta miqdorda elektr energiya sarf bo‘ladi. Bu usulni ham katta
korxonalarda qo‘llash mumkin.
91
Gaz changlarini tozalashning yana bir samarali usullaridan biri –
filtr yordamida tozalash. Undan foydalanish sodda, ammo filtrlovchi
elementlar uchun katta energiya sarflanadi. Filtrlovchi material:
gazlama, juda qattiq qatlamli gazlamalar, zichlangan to‘siqlar juda
qimmat turadi.
Bu usulda ushlab qolinadigan chang zarralarining hajmi ularning
qancha foiz ushlab qolishini ko‘rsatadi.
Bu usul bilan changdagi zaharli chang zarralarini 99.7% gacha
ushlab qolinadi. Zarralarning asosiy qismi filtrda cho‘kadi. Faqatgina
filtrda yopishib qolgan chang zarralarini tez-tez tozalab turish lozim.
Gazlamadan bo‘lgan chang ushlagich yuqori haroratga bardosh bera
olmaydi.
Ho‘l chang ushlagich yoki skrubber ham eng samarali chang
ushlagichlardan biri bo‘lib, zaharli moddalarning 98,5% ini o‘zida olib
qoladi. Bu usulda gaz changlarini tozalashda albatta suvdan
foydalanishga to‘g‘ri keladi. Ho‘l usulda chang tozalashda suv sarfi
ko‘p bo‘ladi, ishlatilgan suvni doimo tozalab turishga to‘g‘ri keladi.
Skrubber apparatiga gaz oqimi pastdan beriladi, yuqoriga
ko‘tarilayotgan gaz oqimi tepadan tushayotgan suv tomchilariga yopi-
shib olib bunkerning pastiga tushadi va shlam holida tozalashga
yuboriladi. Tozalangan gaz apparatning yuqorisiga qarab harakat qiladi
va toza holda chiqib ketadi.
Suv beruvchi suyuqlik sifatida skrubberga boshqa kimyoviy
suyuqliklar (ohakli suv) dan ham foydalanish mumkin. Kimyoviy
suyuqliklardan foydalanilganda gaz kimyoviy tozalanadi. Skrubber
apparatidan foydalanilayotganda suvga ehtiyot bo‘lish kerak,
apparatning biron joyi teshilib, suv oqib ketmasligi kerak.
Gazni tozalovchi eng so‘nggi usullardan biri elektrofiltrlar
hisoblanadi. Elektrofiltrlarning boshqa usullarga qaraganda ustunligi
shundaki, harorati 450 °S atrofida bo‘lib, havoga juda ko‘p zaharli
birikmalar chiqib ketayotganda bu usuldan foydalanish mumkin.
Elektrofiltrning ish jarayonida elektr toki kuchsizlanishi natijasida
chang zarralari cho‘kadi. Bu usul bilan gazni 97% gacha zaharli
moddalardan tozalaydi. Elektrofiltr chang zarralarining maydasigacha
(0,2 mg) tozalash imkoniga ega. Hozirgacha hech bir usul shuncha
hajmdagi mayda zarralarni tozalay olmaydi. Bu usulda suvdan
foydalanilmaydi, ammo elektr toki bilan ishlagani uchun texnika
xavfsizligiga to‘liq rioya qilish lozim.
92
Havoga zaharli gazlarni tashlovchi korxonalardan chiqqan bi-
rikmalarni shu tariqa tozalash usullari amaliyotda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |