2-rasm. Suvning foydalanilishiga qarab guruhlarga bo‘linishi.
Sanoat korxonalarida toza suv ko‘pincha texnik suvga qo‘shiladi,
bunga sabab, suvning ifloslanganlik me’yorini bir maromda ushlab
turish. Suv me’yorini suv qo‘shib saqlash, uni tozalashga qaraganda
arzon va oson, ammo suvdan foydalanishda xo‘jasizlikka yo‘l
qo‘yiladi.
Korxonalardan suvdan qanday holda foydalanilmasin, isitiladimi
yoki sovitiladimi, baribir suv parlanib, sochilib, tomchilab va boshqa
sabablar natijasida yo‘qolib, kamayib boradi.
Suvning ifloslanishi uning sifatiga quyidagicha ta’sir qiladi:
● tarkibida sulfat va nitratlar miqdori oshib boradi;
● yer osti va daryo suvlarida kalsiy, magniy va kremniy ko‘payib
ketsa, ular tez yuviladi. Achchiq kislotali yomg‘irlar yog‘ishi tog‘
jinslarini eritadi;
● oddiy suvda og‘ir metallar – qo‘rg‘oshin, kadmiy, simob,
mishyak va fosfat, nitrat va nitritlarning bo‘lishi;
Ыгм
Sug‘ora-
digan
Xo‘jalik
ichimlik
Muhit hosil
qiluvchi
Yuvadigan
Reaksiyaga
kirishuvchi
Aylanuv-
chi
Shimib
ketuvchi
Texno-
logik
Sovitil-
gan
Energetik
Texnik
Suv
95
● yer ostidagi va ustidagi suvlarda oqova suvlar orqali tuzlarning
ko‘payib borishi;
● suvda organik birikmalarning yoki biologik turg‘un uzoq saqla-
nadigan pestitsidlar, super ekotoksikantlar, kanserogen va mutatsiya
chaqiruvchi moddalarning bo‘lishi;
● toza ichimlik suvi tarkibida kislorodning kamayib ketishi;
● suv havzalarida viruslar, zamburug‘lar va yuqumli kasallik cha-
qiruvchi bakteriyalarning bo‘lishi;
● toza tabiiy suvning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi;
● neft mahsulotlari, fenol, organik moddalar, yoqilg‘i moylash
materiallari;
● eng xavfli zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi sanoat kor-
xonalari, (zavodlar, sellyuloza-qog‘oz zavodlari, transport tashkilotlari
oqovasi va boshqalar) suvni ifloslantiruvchi manba hisoblanadi.
Suvni tozalashning bir necha usullari mavjud bo‘lib, biz ularni
ko‘rib chiqamiz.
Suvni tindirish yoki cho‘ktirish usuli bilan tozalash. Oqar suvlar,
daryo, kanal va katta ariqlarning suvlari juda tez ifloslanadi, bunga
sabab, atmosferadan gaz holida chang va qora kuyalar ko‘p miqdorda
tushadi.
Oqar suvlarga chetdan qishloq xo‘jalik o‘simliklarini sug‘orishdan
ortgan, tarkibida mineral o‘g‘itlar, pestisidlar, nitrit saqlaydigan suvlar,
sanoat korxonalarida biron bir mahsulotni olish uchun ishlatilib, keyin
yaroqsiz holga kelgan suvlar, yomg‘ir va qor bilan tushgan yomg‘ir
suvlari kelib tushadi. Tabiiyki, bu suvlarning tarkibi har qanday toza
suvni ifloslantirish imkoniga ega bo‘ladi.
Suvning tarkibida zarrachalar juda ko‘p bo‘ladi, ular kelish
manbaiga qarab yirik va mayda bo‘lishi mumkin. Suvni cho‘ktirib yoki
tindirib tozalashda zarrachalar yirik bo‘lib, suv sekin oqsa, u holda
tozalash ishlari tezroq boradi.
Suv tindirgichlar yotiq to‘rtburchak shaklda bo‘ladi, tindirgich
to‘siq quyiladi, shunda uning harakati sekinlashadi. Tindirgichdagi
suvni to‘g‘ri taqsimlash uchun uning eni bo‘ylab teshikli to‘siqlar
o‘rnatiladi. Yotiq tindirgichlarda suvdagi zarralar parallelogramma
qonuni kuchiga binoan tindirgich tagiga cho‘kadi yoki suv oqimi bilan
tindirgichdan chiqib ketadi. Bu esa, o‘z navbatida, ikki tezlikning
o‘zaro nisbatiga bog‘liq bo‘ladi.
96
Tik tindirgichlar silindr, to‘rtburchak, konussimon, to‘nkarilgan
piramida holida bo‘lib, unga suv markaziy quvurdan kiradi, 180 °S
burilib pastga tushadi, so‘ngra yuqoriga harakatlanadi. Tindirilgan suv
aylanma novlar orqali pastga tushib, filtrlovchi xonalarga oqib boradi.
Yopiq tindirgichlarda suv harakatining tezligi odatda 2-4 mm/sek,
tik tindirgichlarda esa 1 mm/sek bo‘lib, suvning tindirgichdan o‘tish
vaqti 4-8 soatga cho‘ziladi.
Tindirgichning iqtisodiy samaradorligi zamon talablariga uncha
mos kelmaydi.
Dostları ilə paylaş: |