O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/66
tarix23.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#120137
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

Tafakkur-bu predmet va hodisalarning umumiy xususiyatlarini aks ettirish
ular o’rtasidagi qonuniy aloqalar hamda munosabatlarni topish jarayonidir. 
Boshqacha qilib aytganda, tafakkur-bu borliqni umumlashtirilgan holda va bevosita 
aks ettirishdir. Tafakkur-inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Istalgan ixtiyoriy 
faoliyat, u xoh o’quv, xoh ishlab chiqarish faoliyati bo’lsin, uning natijalarini 
oldindan ko’rishni albatta talab qiladi. Biroq oldindan ko’rish uchun dalillarni 
umumlashtirish va shu umumlashmalar asosida xuddi shunga o’xshash boshqa 
dalillarga ham tadbiq etish mumkin bo’lgan xulosalar chiqarish kerak bo’ladi. Bu 
ikkiyoqlama yondashish yakkadan umumiyga, umumiydan yakkaga-tafakkur orqali 
amalga oshiriladi. Voqelik tafakkurda idrok va tasavvurlardagiga qaraganda 


chuqurroq va to’laroq aks etadi. Narsa vahodisalar o’rtasidagi eng muhim 
bog’lanishlar va munosabatlar tafakkur yordami bilan ochiladi. Binobarin, tafakkur 
insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to’g’ri), to’liq, 
chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonning tag’in ham oqilona 
amaliy faoliyat bilan shug’ullanishiga imkon beradi. 
Bilish faoliya sezish va idrok qilishdan boshlanadi va keyin tafakkurga o’tib 
ketishi mumkin. Biroq istagan tafakkur, hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha 
hissiy bilish bilan, ya’ni sezgi, idrok va tasavvurlar bilan bog’langan bo’ladi. 
Tafakkur faoliyati o’zining butun «materialini» faqat bitta manbadan, ya’ni hissiy 
bilishdan oladi. Tafakkur sezgilar va idrok qilish jarayonlari orqali tashqi olam bilan 
bevosita bog’lanadi hamda shu tariqa olamni aks ettiradi. Bu aks ettirishning 
to’g’riligi (adekvatligi) amaliy faoliyat orqli tabiat va jamiyatni amaliy o’zgartirish 
jarayonida uzluksiz tekshirilib turiladi. 
Bosh miya po’stining biron bir sohasi emas, balki bosh miyaning butun po’sti 
bajarayotgan faoliyat tafakkurning nerv-fiziologik negizidir. Analizatorlarning 
miyaga borib tutashgan uchlari o’rtasida vujudga keladigan murakkab va muvaqqat 
bog’lanishlar tafakkur qilish uchun birinchi galda ahamiyatga ega. Tafakkurni 
yo’naltirib turadigan asosiy nerv-fiziologik negiz shunday yo’l ko’rsatib turuvchi 
refleksdirki, bu refleks tafakkur qilish jarayonlarida katta rol o’ynaydi. Tafakkur 
qilish jarayoni biror psixik elementlarning shunchaki bir-biri bilan almashinishi 
tarzida voqe bo’lmasdan, balki alohida aqliy operasiyalar-biz idrok qilayotgan yoki 
tasavvur qilayotgan narsalar ustida, umumiylashgan va amalda tushunchalarga ega 
bo’lgan ob’yektlar ustida aqliy harakatlar qilish tarzida voqe bo’ladi. 
Taqqoslash, 
analish 
va 
sintez, 
abstraksiya 
va 
umumiylashtirish, 
konkretlashtirish, klassifikasiya (tasnif) va sistema (tizim)ga solish aqliy 
operasiyalarning asosiy turlaridir.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin