ayni vaziyatdagi munosabatlariga ham aniqlik kiritadi. Tafakkur yuritishdan
ko‘zlangan asosiy maqsad muayyan
vaziyatdagi turli munosabatlar, holatlar
yuzasidan avval alohida, so‘ngra umumlashtirilgan holda olingan manbalarni o‘zaro
solishtirish orqali masalaga oydinlik kiritish usullarini ongda shakllantirishdir.
Kasbiy tafakkur nafaqat harakatga keltirish zarur bo‘lgan aqliy imkoniyat, balki
inson omilini faollashtirish qurolidir. Shu nuqtai nazardan, ichki ishlar idoralari
xodimlarining kasbiy tafakkuri deganda, o‘z xizmat vazifalarini bajarishlarida muhim
ahamiyat kasb etadigan voqea, hodisa va holatlardagi umumiylikni ko‘ra olish, analiz
va sintez qilish, taqqoslash, asoslash va taxminiy xulosalar chiqarish jarayoni
tushuniladi.
Kasbiy rivojlangan tafakkur xodimning muhim xislati bo‘lib, narsalar, odamlar
va ularning xatti-harakatlaridagi muhim jihatlarini bilish, ular o‘rtasidagi qonuniyatli
aloqalarni topish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Xodimning tafakkuri murakkab
tezkor
xizmat vazifalarini bajarish, amaliy muammolarni hal etishning yangi
yo‘llarini topish qobiliyati.
Kasbiy tafakkurni faollashtirishning asosiy usullari quyidagilardan iborat.
Kasbiy vazifani tushunish usuli. Dastlab umumiy vazifani oddiy vazifalarga
bo‘lish zarur. Ishning tafsilotlari, ikir-chikirlariga e’tibor berish, hech narsani
nazardan qochirmaslik, vazifani bajarishning bir necha variantlariga ega bo‘lishga
harakat qilish kerak.
Masalaning yechimini topish usuli. Avvalo, izlanishning dastlabki nuqtasi ajratib
olinadi, bunda izlash chegaralari aniqlanadi va tartibga solinadi. Izlash yo‘nalishlari
tanlanadi, uyg‘unlashtiriladi va qayta ko‘rib chiqiladi.
Tekshirilayotgan hodisaning manzarasini fikran shakllantirish usuli. Xodimdan
umumiy manzara va undagi elementlarning obrazli ishlovini amalga oshirish hamda
shu asosda tekshirilayotgan hodisaning qolipi (sxemasi)ni shakllantirish
talab etiladi
(bu tezkor yoki taxminlar (tusmollar) shaklida amalga oshirilishi mumkin).
Hodisaning elementlari o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rib chiqish va ishlash, ularni bir
butun ko‘rinishga birlashtirish hamda asosiy bo‘g‘inni topish zarur.
Tafakkurni yo‘naltirish usuli tadqiq etilayotgan vaziyatda ruhiy yo‘nalish olish
(masalan, gumon qilinuvchining xatti-harakatlari motiv- larini tushunishga harakat
qilish), shuningdek psixologik tahlil o‘tkazish va uning asosida vaziyatning bundan
keyingi rivojlanishini bashorat qilishdan iborat. Ba’zi murakkab vaziyatlarda
refleksiya usulidan, ya’ni raqib nuqtai nazaridan mulohaza qilishdan foydalaniladi.
Tafakkur jarayonida nazoratni kuchaytirish usuli. Xodim o‘zini
nazorat
qilishning so‘zda ifodalangan formulalaridan («Men buni qanday qilib bajara
oldimq», «Nima uchun men bunday xulosaga keldimq» va h.k.) foydalangan holda
tekshirib turishi zarur. O‘z xulosalari va baholarida subyektivlikka yo‘l
qo‘ymaslikka, shaxsiy moyillik va xusumatni yo‘q qilishga harakat qilishi kerak.
Tafakkurni shakllantirish usullari:
mustaqil fikr yuritish, javobgarlik hissini anglash kabi shaxsiy xususiyatlarni
rivojlantirish;
kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko‘nikma va tajribani
egallashga harakat qilish;
kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko‘nikma va tajriba
egallashga harakat qilish;
bir-biriga qarama-qarshi
fikrlar chigalini yechish, qiyin, mavhum
vaziyatlarda yechim topish mashqlarini mukammallashtirish;
mantiqiy fikrlash, tafakkur operatsiyalar mohiyatini anglash, masalani
yechishdagi g‘ayritabiiy usullar bilan tanishish;
Kishining butun hayoti uning oldiga hamisha jiddiy va kechiktirib
bo’lmaydigan vazifalar va muammolarni qo’yadi. Bunday muammolarning,
qiyinchiliklarning, tasodiflarning yuzaga kelishi atrofimizdagi
voqelikda hali juda
ko’p noma’lum, tushunib bo’lmaydigan, kutilmagan, yashirin narsalar borligidan
dalolat beradi. Demak, olamni chuqurroq o’rganib, unda odamlar va narsalarning
tobora yangi-yangi jarayonlarini, xususiyatlarini va o’zaro munosabatlarini ochish
lozim. Tafakkur shuning uchun ham zarurki, hayot va
faoliyat davomida har bir
individ narsalarning qandaydir yangi, ilgari ma’lum bo’lmagan xususiyatlariga duch
keladi. O’tmishdagi bilimlarimizning kamligi bilinib qoladi. Koinot cheksiz
bo’lganidek, uni bilish jarayoni ham cheksizdir. Tafakkur hamisha hali bilib
olinmagan, yangilikning ana shunday cheksiz chuqur jihatlariga qaratilgan bo’ladi.
Tafakkur-jiddiy ravishda yangilikni qidirish va ochishga bog’liq, aloqador
psixik jarayondir, uning tahlili va sintezi jarayonida voqelikni bavosita va
umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy
bilishlardan paydo bo’ladi va hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib
ketadi.
Dostları ilə paylaş: