O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu


ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklashdan iborat



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/66
tarix23.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#120137
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklashdan iborat 
bo'lgan aqliy faoliyat xotira deyiladi.Xotira bir necha ruhiy jarayonni o'z ichiga 
oladi: 

Esda olib qolish; 

Esga tushirish; 

Esda saqlash va unitish. 
Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular 
faoliyat davomida shakllanadi va o'sha faoliyat bilan belgilanadi. Muayyan bir 
materialni esda olib qolishhayot faoliyati jarayonida individual tajriba orttirilishiga 
bog'liqdir. Esda olib qolingan narsani keyinchalik bo'ladigan faoliyatda qo'llash uchun 
uni esga tushirishtaqozo etiladi. Muayyan bir materialning faoliyat doirasidan chiqib 
qolishi esa uning unitilishigaolib keladi. Materialni esda saqlash uning shaxs 
faoliyatidagi ishtirokiga bog'liq bo'ladi. Chunki har bir muayyan paytda kishining 
xulq-atvori uning butun hayotiy tajribasi bilan belgilanadi. 
Xotira shaxs psixik hayotining eng muhim, belgilovchi xususiyati hisoblanadi. 
Xotiraning roli «o'tmishda yuz bergan» narsani aks ettirish bilangina cheklanib 


qolishi mumkin emas. 
Xotira barcha psixik jarayonlarning eng muhim xarakteristikasi bo'lish bilan 
birga inson shaxsining birligi va yaxlitligini ta'minlaydi. 
Xotira faoliyati esda olib qolishdan boshlanadi. Biz hamisha biror narsa yoki 
xodisani idrok qilamiz, biror narsa yoki hodisani esda olib qolamiz. Esda olib qolish 
jarayoni eng avval miya po'stida idrok qilinayotgan narsalar-buyum, surat, so'z, fikr 
va hokazolarning «izlari» hosil bo'lishidan va ayni vaqtda esda olib qolinadigan 
material bilan kishida mavjud bilim va tajriba o'rtasida, esda qoladigan materialning 
ayrim qismlari yoki elementlari o'rtasida bog'lanish vujudga kelishidan iboratdir. 
Esda olib qolishning ikki turi mavjud: assosiativ va mantiqan esda qoldirish. 
Bir vaqtda va bir joyda birin-ketin idrok qilingan ikki yoki bir qancha narsa va 
hodisalarning obrazlari o'rtasida miyada hosil bo'ladigan bog'lanish assosiativ 
bog'lanish yoki assosiasiya deyiladi. Masalan, birorta ashulani eshitib turib, ayni 
zamonda shu ashulani aytayotgan odamning o'zini ham ko'rsak, shu ashulani idrok 
qilish o'rtasida yondosh assosiasiya hosil bo'ladi. Assosiasiyaning yondoshlik 
assosiasiyasidan tashqari o'xshashlik, qarama-qarshilik turlari ham mavjud. 
Ma'nosiga tushunib yoki mantiqan esda olib qolish jarayonida asosiy o'rinda 
fikrlash jarayonlari turadi. Esda qoldirilayotgan materialning ayrim qismlari va 
elementlari o'rtasidagi ma'no va mantiqiy bog'lanishlarni fikr yuritish yo'li bilan 
ochiladi. Ma'no bog'lanishlarni ochish birorta narsaning obrazini oddiy esda olib 
qolish emas, balki narsa va xodisalarga xos bo'lgan eng muhim va zaruriy 
bog'lanishlarni ochish demakdir, bir guruh doirasiga kirgan narsa va hodisalarning 
umumiy va muhim belgilari, ular o'rtasidagi sabab va natija bog'lanishlarini aniqlash 
demakdir. 
O'tmishda idrok qilingan narsalarning hisqtuyg'u, fikr va ish harakatlarning 
ongimizga qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning 
nerv-fiziologik asosi bosh miya po'stida ilgari hosil bo'lgan nerv bog'lanishlarning 
qo'zg'alishidir. 
Idrok qilingan narsalar miyamizda o'rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli, 
ular turli usulda esimizga tushishi mumkin. Esda saqlash deyilganda ilgari tug'ilgan 
taasurot, fikr, his-tuyg'u va ish harakatlarning jonlanib, takrorlanib turishga moyillik 
paydo qilishi va mustahkamlanishini tushunamiz. Ana shunday moyillikning hosil 
bo'lishi va mustahkamlanib qolishi nerv sistemasining plastiklik deb ataluvchi alohida 
xususiyatga ega bo'lishi bilan bog'liq. Shuning uchun ham nerv sistemasi ilgari bo'lib 
o'tgan tassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Unutish-ilgarilari esga olib qolingan 
narsalarning ongimizdan tamomila yo'qolishi, ya'ni uni esda tutishga batamom 
qarama-qarshi jarayon deb tushunamiz. Bu xato fikrdir. Esdan chiqarish xotirani 
ko'pgina keraksiz detallardan holi qilish va eslab qolinganini umumlashtirish, shu 
orqali esa uning saqlanib qolishiga yordam beradi. Esdan chiqarishning o'ziga xos 
xususiyati uning bir tekisda bo'lmasligidir. Esdan chiqarishning oldini olish uchun u 
materialni shunday, biroq o'z vaqtida takrorlash kifoyadir, chunki esdan chiqarilgan 
narsani qayta tiklash uchun anchagina mehnat talab qilinadi. 


Xotiraning mexanizmlari haqidagi fiziologik nazariyalar I.P.Pavlovning oliy 
nerv faoliyati qonuniyatlari haqidagi ta'limotining eng muhim qoidalari bilan 
chambarchas bog'liqdir. Muvaqqat shartli bog'lanishlarning hosil bo'lishi haqidagi 
ta'limot-bu sub'yektning individual tajribasi tarkib topishi mexanizmlari haqidagi 
ta'limot, ya'ni aslida «fiziologik darajada esda olib qolish» nazariyasidir.
Xotira kishi hayoti va faoliyatining barcha jabhalarida ishtirok etishi sababli 
uning namoyon bo'lishi shakllari ham benihoya rang-barangdir. Xotiraning turlarga 
bo'linishi, eng avvalo, esda olib qolish va yana qayta eyaga tushirish jarayonlari o'rin 
olgan faoliyatning aynan o'ziga xos xususiyatlar bilan bog'liq bo'lishi kerak. Bu 
xotiraning u yoki bu turi kishida uning psixik tuzilishiga xos xususiyat sifatida 
gavdalangan hollar uchun ham to'g'ridir. Muayyan psixik xususiyat faoliyatda 
gavdalanmasidan oldin unda shakllanadi. 
Xotira ta'riflarining esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir 
bo'ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog'liqligi xotiraning har xil turlarini ajratish 
uchun umumiy asos bo'lib xizmat qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy 
mezonga muvofiq tarzda bo'linadi:
1) faoliyatda ko'proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab 
xotira harakat, emosional, obrazli va so'z-mantiqli turlariga bo'linadi; 
2) faoliyatning maqsadlari xususiyatlariga ko'ra ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira 
turlariga bo'linadi 
3) materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko'ra 
(uning faoliyatdagi roli va tutgan o'rniga bog'liq ravishda) qisqa muddatli, uzoq 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin