qolishi mumkin emas.
Xotira barcha psixik jarayonlarning eng muhim xarakteristikasi bo'lish bilan
birga
inson shaxsining birligi va yaxlitligini ta'minlaydi.
Xotira faoliyati esda olib qolishdan boshlanadi. Biz hamisha biror narsa yoki
xodisani
idrok qilamiz, biror narsa yoki hodisani esda olib qolamiz. Esda olib qolish
jarayoni eng avval miya po'stida idrok qilinayotgan narsalar-buyum, surat, so'z, fikr
va hokazolarning
«izlari» hosil bo'lishidan va ayni vaqtda esda olib qolinadigan
material bilan kishida mavjud bilim va tajriba o'rtasida, esda qoladigan materialning
ayrim qismlari yoki elementlari o'rtasida bog'lanish vujudga kelishidan iboratdir.
Esda olib qolishning ikki turi mavjud:
assosiativ va
mantiqan esda qoldirish.
Bir vaqtda va bir joyda birin-ketin idrok qilingan ikki yoki bir qancha narsa va
hodisalarning obrazlari o'rtasida miyada hosil bo'ladigan bog'lanish
assosiativ
bog'lanish yoki assosiasiya deyiladi. Masalan, birorta ashulani eshitib turib, ayni
zamonda shu ashulani aytayotgan odamning o'zini ham ko'rsak, shu ashulani idrok
qilish o'rtasida yondosh assosiasiya hosil bo'ladi. Assosiasiyaning yondoshlik
assosiasiyasidan tashqari o'xshashlik, qarama-qarshilik turlari ham mavjud.
Ma'nosiga tushunib yoki mantiqan esda olib qolish jarayonida asosiy o'rinda
fikrlash jarayonlari turadi. Esda qoldirilayotgan materialning ayrim qismlari va
elementlari o'rtasidagi ma'no va mantiqiy bog'lanishlarni fikr yuritish yo'li bilan
ochiladi. Ma'no bog'lanishlarni ochish birorta narsaning
obrazini oddiy esda olib
qolish emas, balki narsa va xodisalarga xos bo'lgan eng muhim va zaruriy
bog'lanishlarni ochish demakdir, bir guruh doirasiga kirgan narsa va hodisalarning
umumiy va muhim belgilari, ular o'rtasidagi sabab va natija bog'lanishlarini aniqlash
demakdir.
O'tmishda idrok qilingan narsalarning hisqtuyg'u,
fikr va ish harakatlarning
ongimizga qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning
nerv-fiziologik asosi bosh miya po'stida ilgari hosil bo'lgan nerv bog'lanishlarning
qo'zg'alishidir.
Idrok qilingan narsalar miyamizda o'rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli,
ular turli usulda esimizga tushishi mumkin. Esda saqlash deyilganda ilgari tug'ilgan
taasurot, fikr, his-tuyg'u va ish harakatlarning jonlanib, takrorlanib turishga moyillik
paydo qilishi va mustahkamlanishini tushunamiz. Ana shunday moyillikning hosil
bo'lishi va mustahkamlanib qolishi nerv sistemasining plastiklik deb ataluvchi alohida
xususiyatga ega bo'lishi bilan bog'liq. Shuning uchun ham nerv sistemasi ilgari bo'lib
o'tgan tassurotlarni takrorlashga tayyor turadi.
Unutish-ilgarilari
esga olib qolingan
narsalarning ongimizdan tamomila yo'qolishi, ya'ni uni esda tutishga batamom
qarama-qarshi jarayon deb tushunamiz. Bu xato fikrdir. Esdan chiqarish xotirani
ko'pgina keraksiz detallardan holi qilish va eslab qolinganini umumlashtirish, shu
orqali esa uning saqlanib qolishiga yordam beradi. Esdan chiqarishning o'ziga xos
xususiyati uning bir tekisda bo'lmasligidir. Esdan chiqarishning oldini olish uchun u
materialni shunday, biroq o'z vaqtida takrorlash kifoyadir,
chunki esdan chiqarilgan
narsani qayta tiklash uchun anchagina mehnat talab qilinadi.
Xotiraning mexanizmlari haqidagi fiziologik nazariyalar I.P.Pavlovning oliy
nerv faoliyati qonuniyatlari haqidagi ta'limotining eng muhim qoidalari bilan
chambarchas bog'liqdir. Muvaqqat shartli bog'lanishlarning hosil bo'lishi haqidagi
ta'limot-bu sub'yektning individual tajribasi tarkib topishi mexanizmlari haqidagi
ta'limot, ya'ni aslida «fiziologik darajada esda olib qolish» nazariyasidir.
Xotira kishi hayoti va faoliyatining barcha jabhalarida ishtirok etishi sababli
uning namoyon bo'lishi shakllari ham benihoya rang-barangdir. Xotiraning turlarga
bo'linishi, eng avvalo, esda olib qolish va yana qayta eyaga tushirish jarayonlari o'rin
olgan faoliyatning aynan o'ziga xos xususiyatlar bilan bog'liq bo'lishi kerak. Bu
xotiraning u yoki bu turi kishida uning psixik tuzilishiga
xos xususiyat sifatida
gavdalangan hollar uchun ham to'g'ridir. Muayyan psixik xususiyat faoliyatda
gavdalanmasidan oldin unda shakllanadi.
Xotira ta'riflarining esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir
bo'ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog'liqligi xotiraning har xil turlarini ajratish
uchun umumiy asos bo'lib xizmat qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy
mezonga muvofiq tarzda bo'linadi:
1) faoliyatda ko'proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab
xotira
harakat, emosional, obrazli va so'z-mantiqli turlariga bo'linadi;
2) faoliyatning maqsadlari xususiyatlariga ko'ra
ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira
turlariga bo'linadi
3) materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko'ra
(uning faoliyatdagi roli va tutgan o'rniga bog'liq ravishda)
qisqa muddatli, uzoq
Dostları ilə paylaş: