yo’naltirilganlik sub’yektning extiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga
mos keladigan ob’yektlarning tanlanganligida, ixtiyoriy
va ixtiyorsiz tanlashda,
ajratishda namoyon bo’ladi. Diqqat-e’tiborning bir xil ob’yektlarda to’planganligi
(konsentrasiyalanishi) ayni paytda barcha begona narsalardan chalg’ishni, boshqa
ob’yektlarning vaqtincha inkor etilishini taqozo qiladi. Shu tufayli in’ikos
aniq-ravshan bo’la boradi, tasavvurlar va o’y-fikrlar
faoliyat tugallanmagunga qadar,
undan ko’zlangan maqsadga erishilmaguncha ongda saqlanib qoladi. Shu yo’sinda
faoliyatning nazorat qilib va boshqarilib borilishi ta’minlanadi.
Diqqat sezgi, xotira, tafakkur va harakat jarayonlarida namoyon bo’lishi
mumkin. Shu sabbali diqqatni biror narsaga qaratish ob’yektiga (idrok etiladigan
buyum, xotira,
tafakkur, harakat tasavvurlari) bog’liq holda diqqatning namoyon
bo’lishining quyidagi shakllarini: sensor (perseptiv), aqliy,
harakatlantiruvchi
shakllarini ajratib ko’rsatadilar.
Hozirgi vaqtda sensor (ko’rish, eshitish) diqqati ko’proq o’rganilgandir.
Diqqatga ta’rif beradigan ma’lumotlarning ko’pchiligi amalda uni tadqiq etish
natijasida qo’lga kiritilgan. Diqqat bamisoli bilish (idrok, xotira, tafakkur) jarayonlari
orasida namoyon bo’lib, ular samaradorligining oshishiga yordam beradi.
Jumladan,
idrokning aniq-ravshanligi va to’laqonligi diqqatga bog’liq, diqqatning susayishi
perseptiv jarayonlarning birmuncha darajada buzilishiga
va shakllanayotgan
siymoning o’zgarib ketishiga olib borishi mumkin.
Diqqatning bir nechta turlari mavjud:
ixtiyoriy diqqat;
ixtiyorsiz diqqat;
ixtiyoriydan so’nggi diqqat.
Dostları ilə paylaş: