O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/66
tarix23.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#120137
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

Ixtiyoriy diqqatongli ravishda ma’lum maqsad asosida voqea hodisaga nisbatan 
diqqatni yo’naltirishda ifodalanadi. Ixtiyoriy diqqat kishidan irodaviy zo’r berish va 
maxsus malgamc quvvatni talab etadi. Masalan, ixtiyoriy diqqatga kitob o’qish 
uchun ixtiyoriy diqqat zarur.
Ixtiyoriy diqqat diqqatning mal turi sifatida mehnat jarayonida o’z oldiga 
ma’lum bir vazifa qo’ygan va harakat programmasini ongli tarzda ishlab chiqqan 
bo’lsa yuz beradi. Uning diqqatini jalb etadigan ob’yektlarning alohida ajratib 
ko’rsatilishi ana shu hol bilan belgilanadi. Diqqat ancha yangi, qiziqarli, maroqli 
bo’lmagan narsalarga qaratilmasdan, ansincha faoliyatning maqsadi bilan bog’liq 
narsalarga, uni malgam oshirish uchun muhim va zarur bo’lgan narsalarga jalb etilgan 
sharoitlarda ko’pincha irodaviy kuch-g’ayratlarni ishga solish talab qilinadi. 
Ixtiyoriy diqqat jarayonida shaxsning faolligi namoyon bo’ladiki, bunday 
vaqtda qiziqishlar bilvosita xususiyat (bir faoliyat maqsadi va natijasining extiyojlari) 
kasb etadi. Ixtiyoriy diqqatning asosiy vazifasi psixik jarayonlarining kechishini faol 
boshqarib turishdan iboratdir. Kishi aynan ana shu ixtiyoriy diqqatning mavjudligi 
tufayli xotiradan o’zi uchun zarur ma’lumotlarni faol tarzda, tanlab «ajratib olish»ga, 
muhim va jiddiy narsalarni alohida ajratib ko’rsatishga, to’g’ri qarorlar qabul qilishga, 


faoliyat jarayonida paydo bo’ladigan vazifalarni malgam oshirishga layoqatli bo’ladi. 
Ixtiyorsiz diqqatesa qo’zg’atuvchining kuchli ta’siri asosida yuzaga keladi. 
Masalan, kuchli qo’zg’atuvchilar hisoblangan baland ovoz, yorqin nur, bo’yoq, kuchli 
hid beixtiyor kishi diqqatini o’ziga jalb etadi. Shuningdek, kishining extiyojlariga 
muvofiq keladigan uning uchun ahamiyatga ega bo’lgan qo’zg’atuvchilar ixtiyorsiz 
diqqatni qo’zg’aydi. 
Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya kattadir. Nimaiki 
qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo’lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynida 
to’planib turishini taqozo etadi. 
Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo’nalganligina ham bog’liqdir. Masalan, 
teatr bilan qiziqadigan kishi extimol futbol bo’yicha bo’lajak musobaqa haqidagi 
e’longa e’tibor bermasdan, ayni chog’da teatrga oid yangi e’lonni tezroq payqashi 
mumkin. Ixtiyorsiz diqqat sub’yektning anglashilgan niyatlaridan mustasno tarzda, 
uning biron bir irodaviy urinishlarisiz ro’y beradi. Ixtiyorsiz diqqatning asosiy 
vazifasi muhitning doimiy ravishda o’zgarib turadigan sharoitlarida tez va to’g’ri 
mo’ljal olishdan, uning mazkur paytda eng ko’p darajada hayotiy mazmun kasb etishi 
mumkin bo’lgan ob’yektlarni alohida ajratib ko’rsatishdan iboratdir. 
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida 
turini-ixtiyoriydan so’nggi diqqatnialohida ko’rsatish mumkin. Bu tushuncha 
psixologiyada N.F.Dobrinin tomonidan joriy etilgandir. 
Agar maqsadga yo’naltirilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy 
to’planganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va 
jarayonining o’zi qiziqarli va ahamiyatli bo’lsa, bu ixtiyoriydan so’nggi diqqat 
to’g’risida mulohaza yuritishga asos beradi. Bu holda faoliyat kishini shu qadar 
qiziqtirib yuboradiki, u diqqatni ob’yektga qaratish uchun sezilarli irodaviy 
kuch-g’ayrat sarflamasa ham bo’laveradi. Shunday qilib, ixtiyoriydan so’nggi diqqat 
ixtiyoriy diqqatdan keyin namoyon bo’lgan holda shuning o’zidangina iborat deb 
hisoblanishi mumkin emas. Bu diqqat anglanilgan holda ilgari surilgan maqsad bilan 
bog’liq bo’lganligi sababli u ixtiyorsiz diqqatdangina iborat qilib qo’yilishi ham 
mumkin emas. Masalan, yuqori sinf o’quvchisi imtixonga tayyorlanayotib, qiyin 
kitobning qisqacha mazmunini yozib chiqarkan, oldiniga o’zini diqqat-e’tiborli 
bo’lishga, alahsimaslikka majbur qiladi. Lekin keyinchalik u ishga shunday qiziqib 
ketadiki, oqibatda uni kitobdan chalg’itish qiyin bo’ladi. Dastavval irodaviy 
kuch-g’ayratlar madadiga tayangan diqqat ixtiyoriydan so’nggi diqqatga aylanadi. 
Ixtiyoriydan so’nggi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror 
qaratilishi bilan belgilanadi, ko’proq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy 
faoliyatni, barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli ravishda ana 
shunday diqqat turi bilan bog’liq deb hisoblaydilar. 
Diqqatni irodaviy kuch-g’ayratlar yordami bilan doimo bir maromda saqlab 
turish o’ta zo’riqishni talab qiladi va kishini juda ham toliqtirib qo’yadi. O’qitish 
jarayonida ixtiyoriydan so’nggi diqqatning alohida ahamiyatga ega ekanligi xuddi shu 
holat bilan belgilanadi. Dastavval u ixtiyoriy diqqat sifatida paydo bo’lishi 


munosabati bilan faoliyatning, ishga «tortish» jarayonining ilk bosqichlarini puxta 
tashkil etish shart. Ixtiyoriydan so’nggi diqqatga xos bo’lgan qiziqish shaxsning 
faolligiga bog’liqdir. Bunday faollikning shakllanishi esa faoliyatda ijodkorlik 
alomatlarining gavdalanganligiga borliq bo’ladi.
Diqqatning 
fiziologik 
mexanizmlarini 
tushunib 
yetishda 
dominanta 
(nasldan-naslga o’tuvchi asosiy belgi) prinsipi alohida ahamiyatga egadir. 
A.A.Uxtomskiyning fikriga ko’ra, miyada hamisha qo’zg’alishning ustun hukmronlik 
qiluvchi markazi mavjud bo’ladi. A.A.Uxtomskiy dominantani «yuksak darajadagi 
qo’zg’alish markazlari» konstellyasiyasi deb ta’riflaydi. Dominantaning hukmronlik 
qiluvchi sifatidagi xususiyati shundan iboratki, u qo’zg’alishning yangi hosil 
bo’ladigan markazlarini faqat tiyib qo’ya qolmaydi, balki sust qo’zg’alishlarni o’ziga 
jalb etishga va shu tufayli ularning hisobga yanada kuchayishiga, ular ustidan yanada 
ko’proq darajada ustunlik qilishga ham qodirdir. Dominanta qo’zg’alishning 
barqaror markazi hisoblanadi. A.A.Uxtomskiy: ««Dominanta» degan nom zamirida 
yuksak darajadagi qo’zg’alishning ko’proq yo ozroq barqaror markazi tushuniladi», 
deb yozgan edi. A.A.Uxtomskiyning dominanta to’g’risidagi tasavvurlari uzoq vaqt 
davomida diqqatning harakatlantiruvchi mexanizmini tushunish imkonini beradi. 
Yuksak darajadagi qo’zg’alish markazlarida miyaning faoliyati uchun 
yaratiladigan eng qulay shart-sharoitlar, shubhasiz, diqqatning yo’naltirilgan tarzda 
jamlanganligi holatida barcha bilish jarayonlarining yuksak samarali bo’lishini 
belgilab beradi. 
Diqqat turlicha sifat ko’rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqatning bu 
ko’rinishlarini diqqatning sifati yoki xususiyatlari deb ataladi.
1. Diqqatning barqarorligi. Ma’lum ob’yekt ustida diqqatni uzoq muddat 
to’plab tura olish xususiyati. 
2. Diqqatning beqarorligi barqarorlikning aksi. Masalan, boshlang’ich sinf 
o’quvchilari. 
3. Diqqatning ko’chishi. Diqqat ko’chuvchanlik xususiyatiga ega. Kishining 
bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga o’tishini ko’chuvchanlik xususiyati ta’minlaydi. 
Masalan, birinchi dars matematika, ikkinchi dars adabiyot. 
4. Diqqatning taqsimlanishi. Kishi bir vaqtning o’zida bir nechta faoliyat 
bilan shug’ullanishi mumkin. Bunga diqqatning taqsimlash xususiyati imkon yaratadi. 
Masalan, qishloq ayoli urchuq yigirib o’tirib, televizor ko’rishi, suhbatlashishi. 
5. Diqqatning bo’linishi. Kishi konkret faoliyat bilan shug’ullanayotganda 
ob’yektiv va sub’yektiv ta’sirlar tufayli diqqatning bo’linishi sodir bo’ladi. Masalan, 
dars jarayonida eshikning taqillashi. 
Diqqati bilan ham odamlar bir-biridan farq qiladi. Masalan, diqqati tor yoki 
keng ko’lamli, barqaror yoki beqaror va hokazo.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin