O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/66
tarix23.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#120137
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

Nazorat uchun savollar: 
1. Idrokning psixik ta'rifi. 
2. Idrokning anglanganliligi. 
3. Idrokning fiziologik asosi. 
4. Idkroning asosiy xususiyatlari. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 
1.Qodirov B.R., Qodirov I.B. “Kasbiy tashxis mеtodikalari to`plami”Toshkеnt, 2003 
yil 
2.Qoziеv E.Q., Mamеdov K.K. “Kasb psixologiyasi” Toshkеnt 2003 yil 
3.Z.Ibodullaev. Tibbiet psixologiyasi. T., 2008 yil darslik. 
4. P.I.Ivanov va M.Zufarova Umumiy psixologiya. T., 2008 yil darslik. 
5.Z.Nishonova va Sh.Asomiddinova. Psixologik maslahat.T. 2010 yil 
6.G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. Toshkent 2010 
7.Kondakov I.M. “Diagnostika profеssionalno`x ustanovokpodrostkov” 1997y. 
8-Mavzu: XOTIRA VA KASBIY MASLAHAT. 
 
R e j a : 
1. 
Xotiraning ta'rifi. 
2. 
Xotira turlari.. 
3. 
Xotira jarayonlari.Esda olib qolish shartlari. 
4. 
Kasbiy maslahatda xotira qonuniyatlarini hisobga olish. 
T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r : 
Xotira, assosiasiya, esda olib qolish, esda saqlash, esga tushurish, unutish, 
harakat, emosional, obrazli, so'z-mantiq, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, qisqa muddatli, uzoq 
mudatli, operativ, hayol, fantaziya, obraz, tasavvur, passiv hayol, ijodiy hayol, shirin 
hayol, aktiv hayol, anatilik, sintetik agglyutinasiya, gipertolizasiya, sxematizasiya, 
katta yarim sharlar po’stlog’I, nerv, orzu. 


Odam ko‘rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina eslab 
qoladi. Psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, individ tashqi 
taassurotlardan o‘zining keyingi xatti-harakatlarida doimo foydalanadi. Individual 
tajriba orta borishi hisobiga xulq-atvor sekin-asta murakkablashadi. Agar tashqi 
dunyoning miya qobig‘ida hosil bo‘ladigan obrazlari beiz yo‘qolib ketaversa, 
tajribaning shakllanishi mutlaqo mumkin bo‘lmay dolar edi. Bu obrazlar bir-biri 
bilan o‘zaro turli xil aloqalar bog‘lagan holda mustahkamlanib, saqlanib qoladi 
hamda hayot va faoliyat talablariga muvofiq tarzda yana boshqatdan namoyon 
bo‘ladi. 
Individning o ‘z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni 
yana esga tushirishi xotira deyiladi. 
Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy 
jarayonlar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil 
psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o‘sha faoliyat 
bilan belgilanadi. 
Xotira mexanizmlarini o‘rganishning psixologik darajasi xronologik jihatdan 
boshqalaridan ustunroq bo‘lib, fanda turli yo‘nalishlar va nazariyalarning ilgari 
surilganligi bilan ma’lumdir. Bu nazariyalarni ular xotira jarayonlarining 
shakllantirilishida subyektning faolligi qanday rol o‘ynashiga va faollikning 
mohiyatiga qanday yondashuviga bog‘liq holda tasniflash va baholash mumkin. 
Xotiraning esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir bo‘ladigan 
faoliyatning xususiyatlariga bog‘liqligi xotiraning har xil turlarini ajratish uchun 
umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy 
mezonga muvofiq tarzda bo‘linadi: 

faoliyatda ko‘proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab 
xotira harakat, his-hayajon, obrazli va so‘z-mantiqli turlarga bo‘linadi; 

xotira faoliyatning maqsadi, xususiyatiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy 
turlarga bo‘linadi; 

materialni gancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko‘ra 
(uning faoliyatdagi roli va tutgan o‘rniga bog‘liq ravishda) xotira qisqa muddatli
uzoq muddatli va operativ turlarga bo‘linadi. 
Shu o‘rinda xotirani mustahkamlashning quyidagi sakkizta qonunini eslab bolish 
tavsiya etiladi: 
Anglanganlik bonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni berilgan materialni 
qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni xotirada mustahkam muhrlagan bo‘lamiz. 
Qiziqish qonuni. Anatol Frans «Bilimlarni yaxshi hazm qilish uchun uni ishtaha 
bilan yutish kerak» deganda, albatta, materialga jonli qiziqish bilan munosabatda 


bo‘lishimiz va uni yaxshi ko‘rishimiz kerakligini nazarda tutgan. 
Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko‘p 
bo‘lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo‘ladi. Masalan, ilgari o‘qigan 
biror kitobni qaytadan o‘qib, uni yangidan o‘qiyotganday his qilsangiz, siz ilgarigi 
tajribangizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar tajribaga aylangandagina 
yangilariga zamin bo‘la oladi. 
Eslab qolishga tayyorgarlik qonuni. Biror materialni eslab qolishdan avval, 
bo‘lg‘usi aqliy ishga qanday hozirlik ko‘rgan bo‘lsangiz, shunga mos tarzda eslab 
qolasiz. Agar materialni mutaxassis bo‘lishim uchun juda kerak deb, muhimligini 
anglasangiz, u narsa xotirada muhim saqlanadi. 
Assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham yozgan. 
Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham 
yonma-yon bo‘ladi. Masalan, muayyan xona o‘sha yerda ro‘y bergan hodisani ham 
eslatadi. 
Ketma-ketlik qonuni. Harflarni alifbodagi tartibida yoddan aytish oson, uni 
teskarisiga aytish qiyin bo‘lganidek, xotirada ham ma’lumotlarni ma’lum tartibda 
joylashtirishga va kerak bo‘lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga 
muvofiqdir. 
Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab qilinadigan narsa to‘g‘risidagi birinchi 
taassurot qanchalik kuchli bo‘lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin bo‘ladi 
va siz uchun ahamiyatli ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga 
tushadi. 
Tormozlanish qonuni. Har qanday yangi ma’lumot o‘zidan oldingi ma’lumotni 
tormozlaydi. Oldingi ma’lumotning o‘chib ketmasligi uchun, yangini esda saqlashdan 
avval, uni mustahkamlash choralarini ko‘rishingiz kerak. 
Kasb xodimlari faoliyatida «kasbiy xotira - xodimning ilgari idrok etib amalga 
oshirgan, boshidan kechirgan, tezkor xizmat faoliyatiga aloqador va uni 
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni eslab qolish, esda 
saqlash va keyinchalik yana xotirada qayta tiklash xususiyatlarini ifodalovchi xislat». 
Kasb xodimlaridan faoliyatini tashkil etishda xotiraning muvaffaqiyatga erishtiruvchi 
asosiy jarayonlarini bilish talab etiladi. Xotirada axborotni eslab qolish, keyin esga 
tushirish jarayoni subyekt faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi va bu axborotdan 
qanday maqsadda foydalanishga bog‘liq. 
Faoliyatning maqsadi bilan bevosita bog‘liq material ko‘proq esda qoladi, u 
hatto astoydil esda saqlash jarayonidan ham kuchli bo‘ladi. 
Shuni ta’kidlash joizki, esda saqlash jarayonida his-tuyg‘ularning ham ta’siri 
kuchli bo‘ladi. Kuchli hissiyot ta’sirida axborot esda yaxshi saqlanadi. 


Voqea-hodisalar his-tuyg‘ularni qo‘zg‘atsa (ya’ni kechirilgan hissiyotlarning 
qayta-qayta qo‘zg‘alishi natijasida), fikr yuritish qobiliyati yoki aqliy faoliyat yanada 
faollashadi. 
«Shaxs ongidagi qabul qilingan yoki qabul qilinmagan axborotlar ko‘p hollarda 
ahamiyatga ega bo‘lmay qolganda turli muddat ichida yoddan ko‘tarilishi kuzatilgan. 
Bu holat axborotning shaxs faoliyatidagi ahamiyati bilan emas, balki hayoti yoki 
faoliyatida vujudga kelgan yangi sharoitlar, o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, uning 
birlamchi ahamiyatini susaytirib yuborishi mumkin». 
Psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, individ tashqi 
ta'sirotlarning aks ettirilishidan o'zining keyingi hattiqharakatlarida doimo 
foydalanadi. Individual tajriba ortib borishi hisobiga xulq-atvor sekin-asta 
murakkablashdi. Agar tashqi dunyoning miya qobig'ida hosil bo'ladigan obrazlari beiz 
yo'qolib ketaversa, tajribaning shakllanishi mutlaqo mumkin bo'lmay qolar edi. Bu 
obrazlar bir-biri bilan o'zaro turli xil aloqalar bog'lagan holda mustahkamlanib, 
saqlanib qoladi hamda hayot va faoliyat talablariga muvofiq tarzda yana boshqatdan 
namoyon bo'ladi. 
Individning o'z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana 
esga tushirishi xotira deb ataladi.
Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo'qolib ketmaydi, balki 
ma'lum darajada esda saqlanib qoladi va qulay sharoitda yoki kerak bo'lganda 
esimizga tushadi. Kunlik tajribamiz shuni ko'rsatadi, esda qolgan narsalarning 
hammasi ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unutish ham 
xotiraga oid hodisadir. Esda qolgan narsa xotira materialini, esda saqlanib turadigan 
va esga tushiriladigan narsa esa xotiraning mazmunini tashkil qiladi. Ongimiz aks 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin