O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/66
tarix23.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#120137
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

Ko’rgazmali-obrazli tafakkur formada ko’pincha bog’cha yoshidagi bolalarda 
paydo bo’ladi (4-7 yosh). Bu yoshdagi bolalarda tafakkurning amaliy harakatlar bilan 
aloqasi garchi saqlanib qolsa ham, lekin bu aloqa avvalgidek mustahkam, to’g’ri va 
bevosita bo’lmaydi. Bola bilayotgan ob’yektni analiz va sintez qilishi davomida 
qiziqtirayotgan narsani qo’llari bilan albatta va hamma vaqt ham ushlab ko’rishi shart 
emas. Juda ko’p hollarda sistemali ravishda ob’yektni amaliy timirsklab ko’rish talab 
qilinmaydi. Lekin barcha hollarda mazkur ob’yektni aniq idrok qilish va yaqqol 
tasavvur etish shartdir. Boshqacha qilib aytganda, bog’cha yoshidagi bolalar faqat 
ko’rgazmali obrazlar bilan fikr yuritadilar va hali tushunchalarga ega bo’lmaydilar. 
Bolalar amaliy va ko’rgazmali-hissiy tajribalari asosida ularning maktab 
yoshidagi davrlarida shakladgi mavhum tafakkur, ya’ni mavhum tushunchalar 
shaklidagi tafakkur rivojlanadi. Tafakkur bu yerda faqat amaliy harakatlar tarzida va 
ko’rgazmali obraz shaklida emas, balki avval mavhum tushunchalar va muhokamalar 
shaklida namoyon bo’ladi. 
Maktab o’quvchilarining turli fanlar-matematika, fizika, tarix asoslarini 
o’zlashtirishlari davomida tushunchalarni egallashlari ularning aqliy taraqqiyotlari 
uchun katta ahamiyatga egadir. Matematika, geografiya, fizika, biologiya va boshqa 
ko’plab tushunchalarnimaktab ta’limi davomida tarkib toptirish va o’zlashtirish juda 
ko’p tadqiqotlarning predmetini tashkil etadi. Bu ishlarda tushunchalarning xususan 
qaysi belgilari, qanday izchillikda, qanday sharoitlarda o’quvchilar tomonidan 
o’zlashtirilishi batafsil qarab chiqiladi. Maktab ta’limining oxiriga kelib, bolalarda 
ma’lum darajada tushunchalar sistemasi tarkib topadi.
Har xil odamlarda tafakkurning individual xususiyatlari eng avvalo ularda 
fikrlash faoliyatining har xil va o’zaro bir-birini to’ldiruvchi turlari hamda shakllari 
turlicha nisbatda tarkib topgani uchun yuzaga keladi. Tafakkurning individual 
xususiyatlariga bilish faoliyatiining mustaqillik, epchillik, fikrning tezligi kabi boshqa 
sifatlari kiradi. 
Tafakkurning mustaqilligi dastavval yangi masala, yangi muammoni ko’ra 
bilish va qo’ya bilishda, undan so’ng esa ularni o’z kuchi bilan yecha bilishda 
namoyon bo’ladi. Tafakkurning ijodiy xarakteri mana shunday mustaqillikda yorqin 
ifodalanadi. 


Tafakkurning o’zgaruvchanligi shundan iboratki, masalani yechishning boshda 
belgilangan yo’li (plani) chiqib asta-sekin yuzaga chiqadigan va avvaldan hisobga 
olib bo’lmagan muammo shartlarini qanoatlantirmasa, ana shu yo’lni o’zgartira 
olishdan iboratdir. 
Fikrning tezligi xususan shunday hollarda kerak bo’ladiki, ba’zan (masalan, 
jang paytida, avariya paytida) kishidan biror qarorni juda qisqa muddat ichida qabul 
qilish talab qilinadi. Fikrning tezligi maktab o’quvchilariga ham kerakdir. 
Tafakkurning yuqorida ko’rsatilgan barcha va juda ko’p sifatlari uning asosiy 
sifati yoki belgisi bilan chambarchas bog’liqdir. Har qanday tafakkurning eng muhim 
belgisi, uning ayrim individual xususiyatlardan qat’iy nazar muhim tomonlarini 
ajratib, mustaqil ravishda tobora yangi umumlashtirishlarga kela bilishdan iboratdir.
Kishi o’ylayotgan paytda, bu o’yning hatto juda yorqin, qiziq, yangi va favqulodda 
bo’lishiga qaramay, biror narsa yoki hodisalarni sharxlash bilan cheklanmaydi. 
Tafakkur mazkur hodisaning mohiyatiga chuqur kirgan va tashqi jihatdan bir-biridan 
farq qilishidan qat’iy nazar, ozmi yoki ko’pmi bir xil hodislarni barchasining umumiy 
taraqqiyot qonunini kashf etgan holda zarur ravishda oldinga qarab boradi.
Nutk.  
Nutk-bu ogzaki kommunikasiya, ya'ni til yordamida munosabat kilish 
jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron-bir moxiyatni anglatadigan suzlar ogzaki 
kommunikasiya vositasi xisoblanadi. Suzlar eshittirib yo ovoz chikarmasdan aytilishi, 
yozib kuyilishi, yoki kar-sokov kishilarda biron-bir moxiyatga ega bulgan 
imo-ishoralar bilan almashtirilishi (buni xar bir xarf barmoklar xarakati bilan ioda 
etiladigan daktilologiya va imo-ishora butun bir suz yoki suzlar turkumini 
anglatadigan imo-ishorali nutk deb ataladi) mumkin. 
Kuyidagi nutk turlari fark kilinadi: yozma va ogzaki nutk. Uz navbatida 
ogzaki nutk dialogik va monologik nutklarga ajratiladi. Ogzaki nutkning eng sodda 
turi dialog, ya'niallakanday masalalarni birgalikda muxokama kilayotgan va xal 
etilayotgan 
xamsuxbatlar 
tomonidan 
olib 
boriladigan 
suxbat 
xisoblanadi. 
Gapirishayotganlarning bir-birlariga lukmalari, suxbatdoshidan keyin iboralarni va 
ayrim suzlarni takrorlash, savollar berish, kushimchalar kilish, izox berish, fakat 
suzlashayotganlar tushunadigan sha'malar kilish, turli xil yordamchi suzlar va 
undovlar suzlashuv nutki uchun xos xususiyatdir. Bu nutkning uziga xos xususiyatlari 
kup 
jixatdan 
xamsuxbatlarning 
xamjixatligi 
darajasiga,ularning 
uzaro 
munosabatlariga boglik buladi. Aksariyat xamma joyda xam pedagog oilaviy 
muxitdagi dialogni xech kachon sinfda ukuvchilar bilan munosabatda bulgani kabi 
olib bormaydi. Suzlashuv chogida xissiy xayajonlanish darajasi katta axamiyatga ega 
buladi. Iymangan, xayratlangan, kuvongan, kurkkan, jaxli chikkan kishi xotirjam 
xolatidagi kabi gapirmaydi, uzgacha oxangdagina gapirib kolmasdan, balki kupincha 
boshka suzlarni, iboralarni ishlatadi. 
Ogzaki nutkning ikkinchi bir turi monolog nutk bulib, uni bitta kishi 
boshkasiga yoki uni tinglayotgan kuplab kishilarga karata gapiradi: bunga 
ukituvchining xikoyasi, ukuvchining kengaytirilgan javobi, doklad va shu kabilar 


kiradi. Monologik nutk tuzilishi jixatidan juda xam murakkab bulib, fikrning 
tugallanganligini, grammatik koidalarga ancha kat'iy amal kilinishini, monolog 
aytayotgan kishining bayon etmokchi bulgan fikrda kat'iy mantik diologik va izchillik 
bulishini takozo etadi. Monologik nutkni egallash nutkka nisbatan katta kiyinchiliklar 
tugdiradi, uning kengaytirilgan shakllari ontogenezida (yuzaga kela boshlaganidan 
takomillashuviga 
kadar) 
kechikibrok 
rivojlanadi, 
ukuvchilarda 
bu 
nutkni 
shakllalntirish maxsus vazifa xisoblanadi va pedagoglar uni ta'limning kator yillari 
mobaynida bajarishlariga tugri keladi. Kiynalmasdan, bemalol suxbatlasha
oladigan, lekin oldindan yozilgan tekstdan foydalanmasdan monologik xarakterga ega 
bulgan ogzaki axborot (doklad, keng ma'ruza va shu kabilar) bilan chikishga 
kiynaladigan katta yoshli odamlar xam uchrab trishi tasodifiy xol emas. Kupincha bu 
ukituvchilarning ukuvchilarda monologik nutkni shakllantirish ishiga e'tibor 
bermaganliklari okibati xisoblanadi. 
Yozma nutk insoniyat tarixida ogzaki nutkdan ancha keyin paydo buldi. U 
bir-birlaridan makon va zamon bilan ajralib turuvchi odamlar urtasida munosabat 
kilish extiyojining natijasi sifatida paydo buldi va fikr shartli sxematik suratlar 
yordamida ifoda etiladigan paytlardagi piktografiyadan minglab suzlar bir necha 
unlab xarflar yordamida ifoda etilayotgan xozirgi zamon yozuviga kadar rivojlandi. 
Yozuv tufayli odamlar tuplagan tajribani avloddan avlodga eng yaxshi tarzda 
yetkazish imkoni tugildi. Negaki, ogzaki nutk yordamida utkazilgan takdirda u 
buzulishi, uzgarib va xatto beiz yukolib ketishi mumkin edi. Yozma nutk fanda 
foydalaniladigan murakkab umumlashmalarning rivojlantirilishida, badiiy timsollar 
(obrazlar) ni yetkazishda muxim rol uynaydi. Bolaga ta'lim berishning dastlabki 
kunlaridanok rivojlantirilishi maktabning eng muxim vazifasi bulib xisoblanadigan 
yozuv va ukuv bolaning akliy saviyasini kengaytiradi xamda bilimlarni egallash va 
bayon kilishning eng muxim vositasi xisoblanadi. Yozma nutkdan foydalanish 
mumkin kadar tugri ta'rif berilishiga erishish, logika va grammatika koidalariga 
kat'iyrok amal kilish, mazmun va fikrlarni ifoda etish usuli ustida chukurrok 
muloxaza yuritish imkoniyatini yaratadi. Kupincha biron-ir narsani yozib kuyish-bu 
uni yaxshi anglab olish va eslab kolish demakdir. 
Nutk mexanizmi. Nutk uzining fiziologik negiziga kura eshitish va 
xarakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Miya kobigida tashki olam tomonidan 
buladigan turli xil kuzgatuvchilar bilan suzlarning talaffuz kilinishini boshkarib 
turadigan tovush paychalari, xikildok, til va boshka a'zolar xarakati urtasidagi 
muvakkat boglanishlar urnatiladi. Nutk ikkinchi signallar sistemasi negizida amal 
kiladi. Suz, I.P.Pavlov aytganidek, "signallar signali"dir. Suzlar birinchi signallar 
sistemasi signallarini,olamning timsolllar tarzida mavjud bulgan turli-tuman 
taassurotlarni xabar kilgan xolda bevosita kuzgatuvchilar keltirib chikaradigan 
ta'sirlarga turtki berishi mumkin. Suzlar va ularning birikmalari xar doim miyada
birinchi signallar sistemasi signallarining mavxumlashtirilishi, umumlashtirilishi va 
kayta ishlanishi natijasi xisoblanadi. Ogzaki munosabatdek murakkab jarayon uni 
ta'min etuvchi mexanizmlarning izchillik bilan xarakatga keltirishga tayanadi. 


Nutkni programmalashtirish-nutkiy ifodaning, ya'ni kishi bildirmokchi bulgan 
fikrning ma'naviy uzagini tuzish birinchi boskich xisoblanadi. Buning uchun inson 
muxim deb xisoblaydigan axborot ajratib olinib, yaroksizlari, ya'ni ikkinchi 
darajalilari bir chetga surib kuyiladi. Ikkinchi boskich-jumlaning sintaktik 
strukturasini tuzishdan iboratdir. Iboraning umumiy tuzilishi, uning grammatik shakli 
taxmin kilib kuriladi. kerakli suzlarning kidirib topilishini, ularni eng anik talaffuz 
etadigan tovushlarning tanlanishini ta'min etadigan mexanizmlar ishga solinadi. Va 
nixoyat, jumlani ovoz chikarib aytila boshlaydi, ya'ni nutk real tarzda ruyobga 
chikadi. Shunday kilib, "gapirish" jarayoni boshlanadi. Bu jarayon davomida 
kommunikator uzatilishi lozim bulgan axborotni kodlashtiradi. xamsuxbat (resipiyent) 
tinglash jarayonida olinga axborotning kodini ochadi. Bu uz navbatida eshitilgan 
nutkning tovushlarini boskichma-boskich suzlar moxiyatiga aylantirishdan iborat 
bulib, kommunikatorning aytmokchi bulgan suzi anglab yetilishini ta'minlaydi. 
Tinglovchining unga xabar kilingan narsani tugri tushunganligi kommunikator uchun 
fakat resipiyenning uzi kommunikatorga aylanib (kommunikativ rollar almashgan 
xolda), unga xabar kilingan narsani kabul kilgani va tushunib yetganini ma'lum 
kilganidan keyingina anik-ravshan buladi. Diologik munosabatda kommunikativ 
rollar navbatma-navbat uzgarib turadi, natijada sekin-asta xamjixatlar tarikb topadi. 
Mulokat kilayotganlarning xatti-xarakatlari va xulk-atvori muvofiklashgan bulish 
extimoli tugiladi. Buning birgalikda faoliyat kursatishda biron natijaga erishib 
bulmaydi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin