O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/66
tarix23.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#120137
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

his-tuyg'u paydo bo'ladi. Bunday ichki shaxsiy munosabatning manbai faoliyat va 
munosabat jarayonlari bo'lib, u ana shu jarayonlarda ro'y beradi, o'zgaradi, barqaror 
tus oladi yoki yo'qoladi. 
His-tuyg'ular-kishining o'z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni 
bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg'ul bo'layotganiga nisbatan o'zicha turli xil 
shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. 
His-tuyg'ularning kechishi sub'yekt alohidla his etayotgan psixik holat sifatida 
gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etish va tushunib yetish, biron-bir narsa 
to'g'risida bilib ldish idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, ma'lum yoki noma'lum 
narsalarga nisbatan shaxsiy munosabat bilan birlikda ro'y beradi. Ana shu hollarning 
barchasida his-tuyg'ularning boshdan kechilishi xususida, kishining alohida hissiy 
holati xususida gapiriladi. Shu bilan birga his-tuyg'ularning kechishi o'z rivojlanishiga 
ega bo'lgan, joriy va o'zgarib turadigan psixik jarayondir. 
His-tuyg'ular shaxs extiyojlariga javob beradigan narsalarni aniqlab olishga 
yordam beradi va ularning qondirilishiga qaratilgan faoliyatga omil baxsh etadi. Ilmiy 
kashfiyot qilingan paytdagi quvonchli kechinmalar olimning izlanuvchanlik 
faoliyatini rag'batlantiradi, bilish extiyojini, qondirish jarayonini jadal tarzda saqlaydi. 
Ehtiyoj namoyon bo'lishining alohida shakli sifatidagi qiziqish doimo yorqin hissiy 
tusga ega bo'ladi. 
Kishi uchun sub'yektiv hisoblangan his-tuyg'ular uning ehtiyojlari qondirilishi 
jarayoni qanday kechayotganligining belgisi sifatida namoyon bo'ladi. Munosabat va 
faoliyat jarayonida paydo bo'lgan ijobiy hissiy holatlar (zavqlanish, mamnunlik va shu 
kabilar) ehtiyojlarni qondirish jarayonining xush keladigan tarzda kechganligidan 
dalolat beradi. Ehtiyojlarning qondirilmasdan qolishi salbiy hissiy kechinmalarga 


(uyalish, o'kinish, hasrat va shu kabilarga) olib keladi. Barcha psixik jarayonlar kabi 
emosional holatlar, ularning kechishi ham miya faoliyatining natijasi hisoblanadi. 
Emosiyalarning paydo bo'lishi tashqi olamda ro'y beradigan o'zgarishlardan 
boshlanadi. Bu o'zgarishlar kishi hayoti va faoliyatining jonlanishiga yoki 
pasayishiga, bir xil ehtiyojlarning paydo bo'lishiga yoki boshqalarning yo'qolishiga, 
kishi organizmi ichida yuz beradigan jarayonlardgi o'zgarishlarga olib boradi.
Kishining tevarak-atrofida va uning o'zida yuz berayotgan o'zgarishlar kishi 
uchun qanchalik katta ahamiyatga ega bo'lsa, his-tuyg'u kechinmalari ham shu qadar 
chuqur bo'ladi. Shunga ko'ra ro'y beradigan muvaqqat bog'lanishlar sistemasining 
jiddiy qayta qurilishi katta yarim sharlar qobig'i bo'ylab tarqalgan holda qobiq osti 
markazlariga ta'sir qiladigan qo'zg'alish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Miyaning katta 
yarim sharlar qobig'ining pastroqdagi bo'lmalarida organizm fiziologik faoliyatining 
har xil markazlari: nafas olish, yurak-qon tomirlari, ovqatni hazm qilish, ichik 
sekresiya bezlarini ishlatish va boshqa markazlar joylashgandir. Shuning uchun qobiq 
osti markazlarining qo'zg'atilishi bir qancha a'zolar faoliyatining kuchayib ketishiga 
olib keladi. Shu boisdan ham his-tuyg'ularning kechirilishi nafas olish maromining 
(kishi hayajonlanganidan bir lahza nafasi chiqmay qoladi, og'ir va o'xti-o'xtin nafas 
oladi) va yurak ish faoliyatining o'zgarishi (yurak urishdan to'xtab qoladi yoki tez-tez 
ura boshlaydi) bir vaqtda sodir bo'ladi, organizmning ayrim qismlariga qon kelishi 
o'zgarib (uyalganidan rangi qizarib, qo'rqqanidan oqarib ketadi), sekresiya bezlarining 
ishi buziladi (g'am-g'ussa ko'z yoshi to'kilishiga sababchi bo'lsa, hayajonlanib 
ketganda og'iz quriydi, qo'rqqanida badandan «sovuq» ter chiqadi va hoqazo. 
Tananing ichki a'zolarida yuz beradigan jarayonlarning qayd qilinishi va kishining 
o'zi tomonidan kuzatib borilishi nisbatan oson. Shu sababdan ham qadimgi 
zamonlardan buyon ularni ko'p hollarda his-tuyg'ularning sababchisi deb hisoblab 
kelingan. Xalq orasida haliga qadar ham «yuragim sezib turibdi», «yuragim g'ash» va 
shu kabi iboralar saqlanib qolgandir. 
His-tuyg'ular ba'zan har qanday psixik jarayonning faqat ёqimli, ёqimsiz yoki 
aralash asorati tarzida boshdan kechiriladi. 
Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil shaklni kasb 
etadigan o'ziga xos kechinmalarni: emosiyalarni, affektlar (hissiy bo'ronlar)ni, 
kayfiyatlarni, kuchli hayajonlanish (stress) holatlarini va xususan his-tuyg'ular (tor 
ma'nodagi so'z bilan aytganda)ni hosil qiladi. 
«Hissiyot» («emosiya») va «his-tuyg'u» degan so'zlar ko'pincha sinonimlar 
sifatida qo'llaniladi. Torroq ma'noda olganda, hissiyot bu qandaydir bir oz doimiyroq 
his-tuyg'ularning bevosita va vaqtincha boshdan kechirilishidan iboratdir. «Emosiya» 
so'zini o'zbek tiliga aniq tarjima qilinganda u ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish 
degan ma'noni anglatadi. Hissiyot deb, masalan, kishining musiqaviy asarga nisbatan 
o'rnashib qolgan xususiyati sifatidagi muhabbat tuyg'usining o'zini emas, balki 
konsert paytida yaxshi musiqiy asarni eshitayotib, boshidan kechirgan lazzatlanish, 
zavqlanish holatiga aytiladi. 
Kishini tez chulg'ab oladigan va shiddat bilan o'tib ketadigan jarayonlar 


affektlar (hissiy portlashlar) deb ataladi. Ular ongning anchagina darajada 
o'zgarganligi, hatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o'zingi-o'zi 
idrok qila olmasligi, shuningdek uning butun hayoti va faoliyati o'zgarib qolganligi 
bilan ajralib turadi. Affektlar birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab bo'lagni 
uchun ham qisqa muddatli bo'ladi: ular his-tuyg'ularning bamisoli birdan lov etib 
yonib ketishiga portlashiga, bir zumda hamma ёqni to's-to'polon qilgan shamolga 
o'xshaydi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, u holda affekt 
bo'rondir. 
Kayfiyatlar ancha vaqt davomida kishining butun hatti-harakatiga tus berib 
turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi. Kayfiyat shodu xurramlik yoki qayg'uli, 
tetiklik yoki lanjlik, hayajonli yokima'yuslik, jiddiy yoki yengiltaklik, jizzakilik yoki 
muloyimlik va hokazo tarzda bo'ladi. Kayfiyati yomon kishi o'rtog'ining xaziliga yoki 
tanbehiga kayfiyati chog' vaqtidagiga qaraganda tamomila boshqacha munosabat 
bildiradi. 
Psixologik ta'rifiga ko`ra affеktiv holatga yaqin turadigan, lеkin boshdan 
kеchirishining davomiyligiga ko`ra kayfiyatlarga yaqin bo`lgan his-tuyg`ular boshdan
kеchirilishning alohida shaqli kuchli hayajonlanish (strеss) holati (inglizcha stress - 
tazyiq ko`rsatish, zo`riqish dеgan so`zdan olingan)dan, yoxud hissiy zo`riqishdan 
iboratdir. Hissiy zo`riqish xavf-xatar tug`ilgan, kishi xafa bo`lgan, uyalgan, tahlika 
ostida qolib kеtgan va shu kabi vaziyatlarda ro`y bеradi. 
Strеss kishining o`ta faol yoki o`ta sust harakatida ifodalanadi. Hissiy zo`riqish 
holatida individning hatti-harakati kishi nеrv tizimining tipiga, nеrv jarayonlarining 
kuchliligi yoki ojizligiga jiddiy ravishda bog`liqdir. (Masalan, imtihon oldidagi holat). 
His-tuyg`ularning hissiyot (emotsiyalar), kayfiyatlar, kuchli hayajonlanish 
tarzida boshdan kеchirilishi chog`ida ma'lum darajada sеziladigan tash qi bеlgilariga 
ham ega bo`ladi. Yuzning ifodali harakatlari (mimika), qo`l va gavdaning ma'noli 
harakatlari, turqi-tarovat, ohang, ko`z qorachigining kеngayishi yoki torayishi kabilar 
shular jumlasiga kiradi. Kishi o`zining qahr-g`azabini tеvarak atrofdagilarga 
qo`llarini musht qilishi, ko`zlarini chimirib qarash, do`q-po`pisali ohang bilan 
namoyish qiladi. 
Asosiy hissiy holatlar quyidagilar (K.Izard klassifikatsiyasi bo`yicha): 
qiziqish malaka va ko`nikmalar rivojiga, bilim egallashiga moyillik tug`diradigan 
ijobiy hissiy holat. 
quvonch- to`la qondirilishi mumkin bo`lmagan, har holda qondirilishi noaniq 
dolzarb bo`lgan ehtiyojni qondirilishi mumkinligi bilan bog`liq ijobiy hissiy holat. 
Hayratlanish- to`satdan ro`y bеrgan holatlardan hissiy jihatdan ta'sirlanishning 
ijobiy yoki salbiy jihatdan aniq-ravshan ifoda etilmagan bеlgisidir. 
Iztirob chеkish. Hozirga qadar qondirilish ehtimoli ozmi-ko`pmi darajada 
mavjud dеb tasavvur qilingan hayotiy muhim ehtiyojlarning qondirilishi mumkin 
emasligi haqida aniq yoki shunday tuyilgan axborot olinishi bilan bog`liq salbiy hissiy 
holatdir. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin