Faqat butun insoniyatning tarixiy taraqqiyotida emas,
balki har bir bolaning
psixik taraqqiyoti jarayonida ham asos sof nazariy faoliyat emas, balki amaliy faoliyat
asos qilib olinadi. So’nggi faoliyat ichida avval bola tafakkuri rivojlanadi.
Bog’chagacha yosh davrida (3 yoshgacha) asosan ko’rgazmali harakat tafakkuri
bo’ladi. Bola bilayotgan ob’yektlarini o’z qo’llari bilan amaliy ravishda va go’yo
tabiiy
ravishda ajratadi, bo’laklarga bo’ladi hamda, ayni chog’da idrok qilinayotgan
narsalarni birlashtiradi, solishtirib ko’radi, narsalarni bir-biri bilan bog’lab, analiz va
sintez qiladi. Qiziquvchan bolalar ko’pincha «ichida nima borligini» bilash maqsadida
o’z o’yinchoqlarini buzib sindirib ko’radilar.
Dostları ilə paylaş: