O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/66
tarix23.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#120137
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

Taqqoslash-shunday bir aqliy operasiyadirki, bu operasiya ayrim narsalar 
o’rtasidagi o’xshashlikni yoki tafovutni, tenglik yoki tengsizlik borligini, bir xillik 
yoki qarama-qarshilik borligini aniqlashda ifodalanadi. Amaliy taqqoslash bir narsani 
ikkinchi narsaga solishtirib ko’rilayotganda, masalan, bir qalamni ikkinchi qalamga, 
o’lchov chizig’ini taxtaga va kabilarga solishtirib ko’rilayotganda sodir bo’ladi. 
Taqqoslash tasavvur qilinayotgan yoki qilingan narsalarni bir-biriga fikran solishtirib 
ko’rish yo’li bilan hal bo’ladi. 
Analiz- narsani tarkibiy elementlarga, qismlarga yoki tarkibiy belgilarga 
bo’lish demakdir. Analizning qismlarga uning elementlariga bo’lgan munosabati 
aniqlanadi. Psixologiyani o’rganish vaqtimizda har bir psixik jarayonni bir-biri bilan 
taqqoslabgina qolmasdan, balki, shu bilan birga, analiz ham qilamiz. O’qish 
mashg’uloti vaqtida tafakkurning analiz qilish faoliyati katta o’rin tutadi. Chunonchi, 
savod o’rgatish odatda nutqni analiz qilishdan: gapni so’zlarga, so’zlarni bo’g’inlarga, 
bo’g’inlarni tovushlarga ajratishdan boshlanadi. 


Sintez-analizning aksi yoki teskarisi bo’lgan tafakkur jarayonidir. Bunda 
tarkibiy qismlar yagona bir butunga birlashadi. Analiz va sintez bir-biri bilan 
chambarchas bog’langandir, chunki fikr jarayonining ayrim bosqichlarida birinchi 
o’ringa analiz yoki sintez chiqadi. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning 
qismlarini bir butun qilib qo’yishdan iboratdir, amaliy analiz bo’lgani singari amaliy 
sintez ha bo’ladi. 
«Tafakkur,-deb yozgan edi I.P.Pavlov,-albatta assosiasiyalardan, sintezdan 
boshlanadi, so’ngra sintezning ishi analiz bilan qo’shiladi. Analiz, bir tomondan, 
reseptorlarimiz, periferik uchlarining analizatorlik qobiliyatiga, ikkinchi tomondan 
esa, bosh miya katta yarim sharlarining po’stida takomil topuvchi va voqelikka 
muvofiq bo’lmagan narsalarni voqelikka muvofiq bo’lgan narsalardan ajratib turuvchi 
tormozlanish jarayoniga asoslanadi». 
Abstraksiya-shunday bir fikrlash jarayonidirki, bunda tafakkurda aks 
etilayotgan bir yoki bir necha ob’yektlarning biror belgisi (xususiyati, harakati, holati, 
munosabati) shu obyekt yoki ob’yektlardan fikran ajratib olinadi.t bu jarayonda 
ob’yektdan ajratilgan bir belgining o’zi tafakkurning mustaqil ob’yekti bo’lib qoladi. 
Obstraksiya odatda analiz jarayoni yoki analiz natijasida sodir bo’ladi. Abstraksiya 
umumlashtirish bilan bog’liqdir. 
Umumlashtirish-predmetlar va xodisalarni ularning umumiy va asosiy 
tomonlarini ajratib ko’rsatish asosida bir-birlari bilan fikran birlashtirishdir.
Klassifikasiya-ko’p narsalarni, holatlarni, kechinmalarni guruhlarga bo’lish. 
Masalan tibbiyotda kasalliklarning klassifikasiyalari mavjud: sil kasalligi, zaxm, 
yuqumli kasalliklar. Anatomiya fanida suyaklar klassifikasiyasi alohida o’rganiladi. 
Tushuncha-bu predmet va hodisalardagi umumiy va muhim xususiyatlar 
hamda sifatlarning kishi ongida aks etishidir. Tushunchaning ikki turi bor: 
biri-konkret tushuncha, ikkinchisi-abstrakt tushuncha. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin