Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan
diqqat-e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo‘ladi. Ixtiyoriy
diqqat, agar kishi o‘z oldiga ma’lum bir vazifa qo‘ygan va harakat dasturini ongli
tarzda ishlab chiqqan bo‘lsa, yuz beradi.
Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatda shaxs
uchun diqqatning ixtiyoriy to‘planganligidagi kabi,
faqat uning mazmuni va
jarayonining qiziqarli hamda ahamiyatli bo‘lishi natijasida qiziqib, kirishib ketish
xususiyatida namoyon bo‘ladi. Diqqatning jamlanishi, jalb qilinishi ixtiyoriy
diqqatdan keyingi diqqatda unumli va sermahsul hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatdan
keyingi diqqat sharoitiga o‘tish uchun ish jarayonini faollashtirish talab etiladi. Ish
jarayonini xotira qonuniyatlarini
yaxshi bilgan holda, uning yordamidan foydalanib
amalga oshirish talab etiladi. Bular mantiqan tushunish va qiziqish uyg‘otish
qonuniyatlari hisoblanadi.
Kasbiy diqqat yaxshi shakllangan ixtiyoriy diqqatning anglanganligi va
keragicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turuvchi va nima,
qachon, qayerda hamda nimaga diqqatni qaratish kerakligini belgilab beruvchi
jarayon hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi rivojlanganligi uning maqsadli va
mohirona yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Diqqatni
bir joyga jamlash va uni
to‘g‘ri yo‘naltirishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur:
ish jarayoniga xos va mos sharoitni yaratish, ya’ni ish joyini saranjomlash,
yorug‘likka qulay joylashib olish;
muayyan vazifani bajarish uchun psixologik tayyorgarlik ko‘rish;
aqliy tayyorgarlik, zarur adabiyotlardan foydalanish, tajriba orttirish,
aqliy
faoliyat yuritish uchun qulay vaqtlarni hisobga olish (tongi soat 5 dan
gacha, kunduzgi soat 16 dan kechki 20-24 gacha aqliy faoliyat unumdorligi
yuqoriligini kuzatish mumkin).
Psixik hodisalar psixik holatlarni, psixik jarayonlarni va psixik xususiyatlarni
o`z ichiga oladi. Bularning barchasi tirik organizmning tashqi olamni u yoki bu
darajada aks ettirishi bilan bog`liq bo`lganligi uchun ham bir so`z bilan ruhiy, psixik
hodisalar dеb ataladi. Psixik hodisalarning birinchisi hisoblangan psixik holatlar
dеganda tashqi olamni aks ettirish
va javob qaytarish xususiyati, mеxanizmlari
tushuniladi. Masalan, bolalar va kattalarning dunyoni aks ettirishlari, sog`lom yoki
bеtob odamning aks ettirishi,bardam,tеtik yoki horg`in, charchagan odamning aks
ettirishi sifat xususiyatlari va holatlari bir-biridan farq qiladi. Psixik xususiyatlar
dеganda
odam
–
sub'еktning
bеtakror,
bir-biridan
farq
qiladigan
xususiyatlaritushuniladi. Bunda
asosan odamning tеmpеramеnti, qobiliyati va
xaraktеri nazarda tutiladi.Psixik hodisalar ichida psixik jarayonlar еtakchi va asosiy
mazmunni kasb etadi.