O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


Transport taraqqiyotining prognozi



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə80/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Transport taraqqiyotining prognozi


Hozirgi kunda qancha transport uskunalari, mashina va mexanizmlar mavjudligini xatto tasavvur qilish qiyin. “Buni qila olasiz” teledasturida g‘ildirakning o‘nlab varianti ko‘rib chiqilgan edi. Qancha botqoqda yuruvchi, qorda yuruvchi, har yerda yuruvchi uskunalar bo‘lgan – g‘ildirakli, gusenitsali, havo yostiqchali, yuruvchi, sakrovchi, sudraluvchi va xatto raqsga tushuvchi! Va bularning bari o‘yinchoq emas, balki foydali ishni bajarishi ko‘zda tutilgan va uni bajaruvchi haqiqiy transport vositasi. Uchuvchi apparatlar, suv usti va suv osti transport uskunalarining juda ko‘p variantlari yaratilgan.
Shunga qaramay har bir davrning o‘ziga xos, davlatlarning transport siyosatini aniqlovchi, yo‘lovchi va yuk tashishning asosiy og‘irligi tushuvchi transport turlari mavjud.
Bizning davrimiz uchun qanday transport turlari mos keladi? Yer ustida – temir yo‘l va avtomobil transportlari, oxirgisida asosiy rolni avtobus va og‘ir yuk avtomobillari o‘ynaydi; havoda – reaktiv avialaynerlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi aviatsiyasining vertolyot va samolyotlari; suv ustida – suv sig‘imiga ega yo‘lovchi, yuk va suyuqlik tashiydigan ichki yonish dvigatelli kemalar, shuningdek kemalar – atomoxodlar, suv osti qanotli va havo yostiqchali kemalar.
Suv osti transporti haqida hozircha gapirishga hojat yo‘q, aksincha, birinchi
navbatda gazsimon va suyuq yonilg‘ini tashish uchun xizmat qiladigan yer osti quvurli transportlarni alohida taʼkidlab o‘tish joiz. Bu hozirgi kunimizga eng mos keluvchi transport turi. Ular ko‘p vaqt o‘zgarmay keladi (masalan, ichki yonish dvigatelli kemalar ancha o‘n yillardan buyon mavjud bo‘lib kelmoqda), lekin har doim taraqqiy etadi. Аmmo ilmiy-texnik taraqqiyotning uzluksiz o‘sish tempi o‘t- mishdagiga nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida yangi transport turlarining yaratilishiga za- min yaratadi. Yaqin o‘n yilliklarda biz bugungi kunda faqatgina orzu qilayotgan trans- port turlari nafaqat yaratiladi, balki asosiy o‘rinlarni egallashini taxmin qilish mumkin.

  1. asr o‘rtalari uchun xos bo‘luvchi, yaqin yarim yuz yillikda transport taraqqiyotini prognoz qilib ko‘ramiz. Quruqlik transportlari ichida havo va magnit yostiqchali tezkor poyezdlar muhim o‘rin tutadi. O‘zlashtirilayotgan va yurish qiyin bo‘lgan hududlarda havo yostiqchali uskunalar keng miqyosda ishlatiladi. Havoda yirik reaktiv samolyotlar, birinchi o‘rinda aerobuslar ko‘p uchraydi, dirijabllardan keng ko‘lamda foydalaniladi.

Dengiz va ummonlarda aviatsion transportlarga jadvali va harakati kosmosdan turib boshqariladigan ekranoplanlar raqobatchi bo‘ladi.
Аvvalroq sanab o‘tilgan transport turlarini istiqbolli transport turlariga kiritish mumkin bo‘lgan mezonlar yetarli darajada batafsil ko‘rib chiqilgan edi. Endi esa yer osti qanotli va havo yostiqchali kemalarning istiqboliga baho berishga urinib ko‘ramiz.
Taʼkidlab o‘tilganidek, tezlik va yuk ko‘tarish qobiliyati – taraqqiyotning asosiy mezonlaridir. Suv osti qanotli kemalarning yuk ko‘tarish qobiliyati qanotlarda hosil bo‘ladigan hamda harakat tezligi va qanotlar maydonining ortishi bilan oshib boradigan ko‘tarish kuchi bilan belgilanadi. Binobarin, suv osti qanotli yirik kemalarning tezligi ham katta bo‘lishi kerak. Lekin tezlikning ortib borishiga kavitatsiya to‘sqinlik qiladi.
Kavitatsiya deb suyuqlik yaxlitligining buzilishi bilan bog‘liq fizik hodisaga aytiladi. Bosim suyuqlikning to‘yingan bug‘lari (bizning holatda – suvning) bosi- miga teng yoki undan biroz past bo‘lsa, suyuqlikda erigan havo chiqa boshlaydi, va suvda bug‘-havoli pufakchalar hosil bo‘ladi – suyuqlik yaxlitligi buziladi.
Bernulli tenglamasiga binoan bosim va suyuqlik tezligi bir-biriga teskari proportsional. Kema harakatlanishida katta tezlik hamda kichik bosim suv osti qanotining ustida hosil bo‘ladi. Tezlik oshishi bu sohada bug‘ pufakchalarining hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Qanotning orqa chetiga borgan sari pufaklar yuqori bosim sohasiga tushib qoladi va u yerda ularning tezkor ravishda yorilishi ro‘y beradi. Bu yorilish gidravlik zarba tabiatiga ega bo‘lib, yuqori bosim va haroratni keltirib chiqaradi, bu esa suv osti qanotlar sathiga putur yetkazadi. Kavitatsiya rejimi kuchli vibratsiyani keltirib chiqaradi.
Yirik kemalarni yaratish yo‘lida kavitatsiyadan tashqari energetik barьer ham mavjud. Kema og‘irligi va o‘lchamlarining ortishi yuqori tezlikni talab qiladi, bu esa kema og‘irligining uning tezligi nisbatiga proportsional bo‘lgan kuch tuzilmalari quvvatining birdaniga oshishiga olib keladi. 60-yillar boshida АQSh da og‘irligi 1000 t bo‘lgan suv osti qanotli kemalar bashorat qilingan. Ularning tezligi 120 km/soat bo‘lishi uchun energetik tuzilmaning quvvati 45 dan 60 ming kVt gacha bo‘lishi kerak. 3000 tonnali kema 280 km/s tezlikka erishishi uchun 300 ming kVt bo‘lgan dvigatellar quvvatiga ega bo‘lishi zarur. Binobarin, kelajakda suv osti qanotli super kemalar qurish haqiqatga aylanishi amri mahol.
Endi qanday qilib havo yostiqchali kemalarda tezlik va yuk ko‘tarishga bo‘lgan talab amalga oshirilishini ko‘rib chiqamiz. Bunday kemalarning tubidagi ortiqcha bosim 3-5 kN/m2ni tashkil etadi. Bu bosim suv yuzasida har 1 kN/m da
10 sm lik egilish hosil qiladi. Havo yostiqchaning balandligi suv yuzasidagi to‘lqinlar bilan aniqlanadi: bu balandlik to‘lqin balandligidan yuqori bo‘lishi kerak. Havo yostiqchaning kattalashishi uning bo‘shlig‘idan havoning sirqib chiqishiga, uni hosil qilish quvvatining ortishiga olib keladi. Havo sirqib chiqishi perimetr bo‘ylab sodir bo‘ladi. Ko‘tarish kuchi havo yostiqcha ichidagi bosimning tub maydoniga nisbati bilan aniqlansa, unda havo yostiqchali kema uchun optimal shakl bu aylana. Аylananing maydoni qancha katta bo‘lsa, perimetr shuncha kichik bo‘ladi: maydon radius kvadratiga proportsional ortadi, perimetr esa – radiusning birinchi darajasiga proportsional oshadi. Shunday ekan, kemaning o‘lchamlari qancha katta bo‘lsa, o‘rnatilgan parvoz balandligida kemaning yuk ko‘tarish
qobiliyati shuncha katta bo‘ladi va havo yostiqchani hosil qilish uchun energiya sarfi shuncha kamayadi. Havo yostiqchadagi havoning sirqib chiqishini kamaytirish uchun suv yuzasiga tegib turuvchi havo yoki suv pardalari, labirintli zichliklar, perimetr bo‘ylab elastik matodan “yubkalar”, bortlardagi dag‘al to‘siqlar

  • skeglar. Suv yuzasidan pastga ko‘milgan skeglar havo yostiqchasini yaxshi ushlaydi, ammo bunda kemaning amfibiyalik qobiliyati yo‘qoladi, endi u, masalan, yuklarni tushirish uchun qiyalama qirg‘oqqa chiqa olmaydi.

Dunyodagi eng yirik havo yostiqchali kema hozircha fransuz kemasi “Naviplan-500” (10.20-rasm) hisoblanib, u 400 yo‘lovchi va 45 ta yengil avtomobilni sig‘dira oladi va u 1977 yilning o‘rtalarida amalga tadbiq etilgan. Hozirda La-Mansh bo‘g‘ozidan yo‘lovchi tashishlarning 50% gacha qismi havo yostiqchali kemalar yordamida amalga oshiriladi. “Naviplan-500” ning energiya bilan qurollanishi juda yuqori va u 1 tonna og‘irlikka 50,8 kVt ni tashkil etadi.


Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin