O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə81/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

10.20-rasm. ”Naviplan-500” havo yostig‘idagi kema
Kemalar bo‘yining ortishi bilan energiya bilan qurollanish kamayadi, masalan, 10 000 tonnalik kemada bu ko‘rsatkich 25 kVt/t ga yetkaziladi. Lekin bu holatda dvigatellar juda katta quvvatga ega bo‘lmog‘i darkor, yonilg‘i zahirasi yigirma soatli reys uchun butun og‘irlikning 30% ini tashkil etishi kerak. Shuning uchun bunday kemalarni kelajakda faqatgina energiyaning atom manbasidan foydalanilgandagina qurish mumkin bo‘ladi.
Havo yostiqchali skegli turdagi kemalarning ekonomik samaradorligi ancha yuqori. Masalan, skegli 5000 tonnalik kema 200 km/soat yetuvchi harakat tezligi evaziga suv sig‘imili kemalar bilan raqobatlasha oladi. Suyuq yonilg‘i tashish uchun suv osti vositalar, shuningdek kema-katamaranlar yoki ko‘p korpusli kemalar qurishga katta qiziqish bildirilmoqda.
O‘zining kichik tezligiga qaramasdan, hozirgi kunda insonning tasavvurini hayratda qoldiruvchi ajoyib imkoniyatlariga ega transport vositalari paydo bo‘lishi shubhasiz. Kelajakda insonlar uchun eng yaxshi yordamchi bo‘ladigan robotlar ana shunday transport vositalari bilan jihozlanadi. Masalan, hozirgi kunning o‘zida vertikal devor va xatto shiftda ham harakatlana oladigan robotlar konstruksiyasi muhokama qilinmoqda. Ertaga bunday robotlar odatiy va juda foydali mexanizmlarga aylanadi.
Noodatiy transport vositalari kosmik fazoni egallash uchun ham yaratiladi. Yer atmosferasi zichligidan 60 marta katta zichlikka ega Venera atmosferasida aerostatik uskunalar samarali bo‘ladi. Venera atmosferasi haroratining uning balandligiga bog‘liqligini aerostatik uskunaning vertikal yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishida foydalanish mumkin. Mazkur kostruktsiyada aerostatik uskuna hajmi va atrofdagi harorat, shunga ko‘ra ko‘tarish kuchining qiymati (Аrximed qonuni Venerada ham taʼsirga ega) bir-biriga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Yana bir ellik yillardan so‘ng orbitaga yuk tashish uchun kosmik lift qurilishi ishlari boshlanishini tasavvur qilish qiyin. Lekin shubha yo‘qki, bu vaqtda inson ana shunday ulkan loyihalar yechimiga yaqin bo‘ladi.
Yaponiyaning yirik qurilish kompaniyasi 2050 yilga qadar kosmik lift qurish bo‘yicha ulkan loyihani taqdim etdi. Tokio Obayashi Corp Yep sathidan 36 000 km balandlikda kosmik stansiya qurishni, so‘ngra uglevodorodli shkiv nanoquvuri yordamida lift kamerasiga turistlarni olib chiqishni xohlamoqda (10.21-rasm).

10.21-rasm. Kosmik lift
Bu juda baland. Bilish kerakki, o‘rtacha reaktiv yo‘lovchi samolyoti 10 km
balandlikda parvoz qiladi, Richard Brensonning Virgin Galactic samolyoti turistlarni 110 km balandlikka olib chiqadi va hattoki Xalqaro kosmik stansiya ham Yerdan 330 km uzoqlikda joylashgan. Oy esa 350 000 km masofada. Ilmiy- fantastik usuldagi loyihada kosmik stansiyaga ulangan quyosh batareyalarini ko‘rish mumkin. Ular yerga liftni harakatga keltirish uchun elektr energiyasini yuborishi ham mumkin. Bundan tashqari, kabeldagi qarama-qarshi yuk Yer sathidan 96 000 km balandlikda suzib yurishi mumkin.
Kosmik stansiya – bu laboratoriyalar va yashash uchun mo‘ljallangan xonalari mavjud uy. Lift avtomobil stansiyaga 30 kishini olib chiqishda 200 km/soat tezlikda harakat qiladi. Space Shuttle tezligi 28 000 km/soat ni tashkil etishini inobatga olsak, istiqbol uchun bu uncha katta tezlik emas. Bu tezlikda stansiyaga yetib olish uchun esa yetti yarim kun talab qilinadi. Obayashining aytishicha, avtomobil harakatlanishi uchun magnitli chiziqli dvigateldan foydalanish mumkin. Bunda g‘altak harakatlanish uchun o‘zgaruvchan magnit maydonini keltirib chiqaradi. Obayashi Yaponiyada yirik qurilish kompaniyalaridan hisoblanadi. Ular dunyodagi eng baland minoralardan biri: Tokyo Sky Tree ning asosiy pudratchisi hisoblanadi. Biroq bu 634 metrli balandlik xolos: kosmik liftning eng yuqori nuqtasiga qaraganda 150 barobar qisqaroq. “Аyni paytda biz loyihaning qiymatini baholay olmaymiz”,-dedi Obayashi amaldorlaridan biri. “Shunga qaramasdan, biz u ushalmas orzu bo‘lib qolmasligi uchun barqaror taraqqiyotni amalga oshirishga harakat qilishimiz lozim” (10.22-rasm).


Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin