7-mavzu: Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar (6 soat).
Uslubiy ko‘rsatma
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va boshqa davlat manfaatlarining tashqi hamda ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati. O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish masalalari. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy Xavfsizlik Xizmati organlariga mamlakat milliy xavfsizligi va davlat mudofaasini tashkil etishni ta’minlash vazifalarining belgilanishi.
Milliy xavfsizlik konsepsiyasining ishlab chiqilishi va huquqiy asoslarining yaratilishi. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashda O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari. Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yo‘lida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar.
TOPSHIRIQ:
*Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashda O‘zbekiston tashqi
siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlar asosida BBB-texnologiyasidan foydalanib, tahlil qiling va mavzu bo’yicha Blits-savollar tuzing.
ADABIYOTLAR:
1. Oʼzbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. – Toshkent: «Sharq», 2000.
2. Mustaqil O‘zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. – Toshkent, 2000.
3. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug‘at // M.Abdullayev va boshqalar: to‘ldirilgan uchinchi nashr. – Toshkent: Sharq, 2006.
4. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. Mas’ul muharrir A.Sabirov. – Toshkent: Akademiya, 2013.
8-mavzu: O‘zbekistonni xalqaro reytinglardagi ko’rsatkichlarini ko’tarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati (6 soat).
Uslubiy ko‘rsatma
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati, huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar: jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xalqaro savdoda xususiy tadbirkorlikning raqobatbardoshligini oshirish, innovatsiyani rivojlantirish va boshqalar.
TOPSHIRIQ:
Xalqaro reyting tushunchasi va uning turlari haqida slayd tayyorlang (O’zbekiston va boshqa mamlakatlar misolida).
ADABIYOTLAR:
1. Oʼzbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. – Toshkent: «Sharq», 2000.
2. Mustaqil O‘zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. – Toshkent, 2000.
3. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug‘at // M.Abdullayev va boshqalar: to‘ldirilgan uchinchi nashr. - Toshkent: Sharq, 2006.
4. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. Mas’ul muharrir A.Sabirov. – Toshkent: Akademiya, 2013.
5. www.google.uz.
6. www.gov.uz.
Dostları ilə paylaş: |