YoShLAR (YoSh FUQAROLAR)
|
o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar
|
YoShLAR VA BANDLIK
|
ijtimoiy yetuklikka erishish davrini boshdan kechirayotgan o‘n besh yoshdan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan ijtimoiy demografik guruhlarning ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etilganlik muammosi
|
YoShLAGA OID DAVLAT SIYoSATI
|
davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi.
|
YoShLAR TADBIRKORLIGI
|
yuridik shaxs tashkil etmagan holda yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek ta'sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati
|
YUNIDO
|
BMTning sanoat taraqqiyoti bo‘yicha tashkiloti. Rivojlanayotgan mamlakatlarning sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan BMT ning ixtisoslashgan muassasasi. 1946 yilda tashkil etilgan. 1995 yilda 166 ta davlat a’zo bo‘lgan. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1994 yil aprelda a’zo bo‘lib kirgan
|
SHAXS
|
kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi
|