MUNDARIJA
O‘QUV MATERIALLARI
a) fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari............................................... 4-117
b) fan dasturiga muvofiq seminar mashg‘ulotlari materiallari………..……….. 117-124
MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI
a) fan dasturiga muvofiq mustaqil ish mavzulari...................................... …… ..124
b) “O‘zbekiston tarixi” fanidan mustaqil ish topshiriqlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma ……………………………………………………………………………………… 125-134
GLOSSARIY............................................................................................134-140
ILOVALAR:
- o’quv dasturi……….......................................................................................... 141-148
- kalendar ish reja………………………….....……………………………………………149
- fan bo‘yicha talaba bilimini baholash tartibi……………………………….………. 151
O‘QUV MATERIALLARI
А) FAN DASTURIGA MUVOFIQ MA’RUZALAR MATERIALLARI
KIRISH
Mustaqillik sharoitida jamiyatdagi keng qamrovli demokratik islohotlarni amalga oshirish jarayonida, jamiyat a’zolarini xususan, yosh avlodni mustaqillikka ishonch va vatanparvarlik ruhida, erkin, demokratik tafakkur va milliy g‘oya ruhida tarbiyalash vazifalarini bajarishda tarix fanining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Istiqlol davrida O‘zbekiston tarixining ko‘pgina masalalari o‘zining yangi, ilmiy jihatdan xolis va haqqoniy echimini topa boshladi. Shu jihatdan O‘zbekiston tarixi fanini kadrlar tayyorlashning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitilishi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston mustaqilligi yaratib bergan imkoniyatlar tufayli tayyorlangan ushbu ma’ruzalar matnida Vatanimizning boy tarixi va madaniyati milliy g‘oya bilan sug‘orilgan holda, yangicha, haqqoniy va xolislik bilan yoritildi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tarix fani, uning bugungi ahvoli va istiqbolini chuqur tahlil etib, bu yo‘nalishda tarixchi olimlar oldiga qo‘yilgan vazifalardan eng muhimi – yangi jamiyatimizni isloh qilish va yangilash jarayonini boshqaradigan va ta’minlaydigan, hozirgi davr talabi asosida yangicha fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, muhimi, ular ongiga milliy istiqlol, Vatanga sadoqat va yurtparvarlik g‘oyalarini yanada chuqurroq singdirish va tyeran anglatishdan iboratdir.
Mazkur ma’ruzalar matni zamon talablari asosida, yoshlarning va bugungi kunda ular oldiga qo‘yilayotgan talabning nechog‘li ulkan ekanligidan dalolat beradi. Ushbu ma’ruzalar matni 30 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, talaba-yoshlarda milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, ular qalbida ona-Vatanimizga bo‘lgan mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish, O‘zbekiston deb atalmish qadimiy yurt nomini e’zozlash, shunday yurtning farzandi ekanligidan faxrlanish hissini uyg‘otishga xizmat qiladi.
Mualliflar guruhi tarixiy adabiyotlar, ilmiy tadqiqotlar, arxiv hujjatlarini tahlil qilgan holda tariximizni haqqoniy va xolisona yoritish yo‘lidan borib, uni talabalarga yetkazishga harakat qildilar. Zero, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: «Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Yangi tahdidlar, jumladan, „ommaviy madaniyat” xavfi va boqimandalik kayfiyati paydo bo‘layotgan, odob-axloq, qadriyatlarning yo‘qolish xavfi yuzaga kelayotgan hozirgi globallashuv sharoitida bu g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda».
“O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” FANI BO‘YICHA MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI
1-ma’ruza. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. (2 soat)
REJA:
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari.
Intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga etkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari.
XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida amalga oshirilgan ishlar
XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar.
Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi.
I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati.
1991 yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.
Dostları ilə paylaş: |