O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi


Amir Temur davri davlatchiligi. O’rta Osiyoning xonliklarga bo’linib ketishi, uning sabab va oqibatlari



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə14/99
tarix15.01.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#79271
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99
UMK (2022-23)

4. Amir Temur davri davlatchiligi. O’rta Osiyoning xonliklarga bo’linib ketishi, uning sabab va oqibatlari
Amir Temur Movoraunnahrda kuchli markazlashgan davlat tuzdi (1370-1405yy). Temurning ichki siyosati moddiy – madaniy jihatdan Movoraunnaxrni rivojlanirishga qaratilgan edi. Amir Temur o‘z oldiga ulug‘ davlatning ichki siyosati va ishchan davlat tizimini qadimiy tajribalardan ijodiy foydalangan holda tuzish, harbiy siyosatini zamon talabi asosida tobora takomillashtirib, mo’g‘ul istilosi asoratlarini tezroq bartaraf etib, xo‘jalikni oyoqqa turgazish, savdo – sotiq hunarmandchilikni bir me’yorga tushirish va rivojlantirish aholi manfaatlarini himoya qilish, islom diniga rivoj berish, ilm – fan, madaniyat, me’morchilikni tubdan rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini keng ko‘lamda jadallashtirish kabi dolzarb vazifalarni qo‘ygan edi. Uning bunday say’i – harakatlari katta kuch – g‘ayrat, mablag‘, bilim va oqilona tadbirlarni talab etar edi. Temur yetuk siyosatdon va mohir davlat arbobi bo‘lib, u o‘zidan avval o‘tgan hukmdorlardan farqli ravishda, davlat va mamlakatni boshqarishda bir yoki ikki tabaqaga emas, balki aholining barcha tabaqalariga suyanadi. Uning 35 yillik harbiy yurishlari natijasida buyuk davlat tashkil qilishga erishdi. Uning tarkibiga Movarounnahr, Xorazm, Kaspiy atrofidagi viloyatlar, hozirgi Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, Iroq, Janubiy Rossiya, Kavkaz va G‘arbiy Osiyoning bir qator mamlakatlari kirgan. Mustaqillik sharofati bilan sovetlar davrida unut bo‘lgan buyuk Sohibqironning pok nomi qayta tiklandi. Tarixiy adolat qaror topib, 1996 yili Sohibqironning 660 yillik tavallud yoshi butun jahonda keng miqyosda nishonlandi. Temuriy hukmdorlardan Shohruh (1405-1447), Mirzo Ulug’bek (1409-1449), Sulton Husayn (Boyqaro) (1469-1506), qisman Sulton Abu Said (1451-1469) davrlarida ichki osoyishtalik, ma’rifat va madaniyatga ye’tibor tufayli ilmu-fan va madaniyat yuksalib, Movarounnahr va Xuroson yana Sharqning ma’rifat va madaniyat markazi nomini qaytarib oladi. Deyarli bir yarim asr davom etgan shon-shavkatli Temuriylarning oxirgi zabardast vakili Zahiriddin Muhammad Bobur 1525 yilgi Panipat jangidan so‘ng shimoliy Hindistonni egallashga muvaffaq bo‘ladi. Boburiylar sulolasi Hindistonda deyarli uch asr mobaynida hukmronlik qilib, ko‘p holda temuriylarning shon-shuhratini bu erda tiklashga muvaffaq bo‘ladilar.
XV asr oxiri – XVI asr boshlarida Movarounnahr ijtimoiy-siyosiy hayotida Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolasi hukmronlik qilgan. XV asrning 90-yillarida Movaraunnahrdagi temuriylar saltanati amalda mustaqil boshqariladigan viloyatlarga aylanib qolgan edi. Kichik bir viloyatda hokimlik qilayotgan temuriy shahzodalarning har biri poytaxt Samarqandni egallash, bobokalonlari o‘tirgan taxtga chiqib, butun mamlakatga yagona hukmdor bo‘lish orzusida edilar. Bu niyatga etish uchun ular o‘rtasida o‘zaro ichki nizo avj olib ketgan bo‘lib, mamlakat aholisining ham temuriylardan noroziligi kuchayib borayotgan bir davr edi. Bu paytda asosiy maqsadi Temuriylar saltanatiga butunlay barham berish bo‘lgan Shayboniyxon Buxoro, Samarqand, Qarshi, G‘uzor, Shohruxiya shaharlarini egallaydi. Shundan so’ng, 1501 yildan 1601 yilgacha shayboniylar, 1747 yilgacha Ashtarxoniylar hukmronligi davom etgan. XVIII asrga kelib, bu vaqtacha 2400 yillik ulkan tarixiy taraqqiyot yo‘liga ega o‘zbek davlatchiligida bo‘linish, tarqoqlik holati yuzaga kelgan. Bir so‘z bilan aytganda, millat va jamiyat boshqaruviga da’vogar hokimiyat uch yerda – Buxoro, Xiva, Qo‘qonda alohida-alohida mujassamlashgandi. Buxoroda 1920 yilgacha mang’itlar hukmronligi, 1710 – 1876 yilgacha Qo’qon xonligi, 1512-1920 yilgacha Xiva xonligi davom etgan.

5. Turkiston o’lkasida Rossiya imperiyasi mustamlaka tuzumi. Milliy ozodlik harakatlari.


XIX asrning birinchi yarmiga kelib, O‘rta Osiyoda uch xonlik o‘rtasidagi to‘xtovsiz urushlar, kelishmovchiliklar xonliklardagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni tang ahvolga olib keldi, bu hududlardagi madaniy hayotni izdan chiqardi. O‘lkadagi bunday vaziyat Rossiyadek bosqinchi davlat uchun o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishga qulay sharoit yaratdi.
O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi to‘rt bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich – 1847–1865-yillarda Rossiya imperiyasi tomonidan Qo‘qon xonligining shimoliy-g‘arbiy viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi. Istilo etilgan hududlarda Orenburg general-gubernatorligi tarkibiga kiruvchi Turkiston viloyati tashkil etildi. Ikkinchi bosqich – 1865–1868-yillarni qamrab olgan bo‘lib, bunda Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi. Uchinchi bosqich – 1873–1879-yillar davomida Xiva va Qo‘qon xonligi yerlarini bosib olishdan iborat bo‘ldi. To‘rtinchi bosqich – 1880–1885-yillarda turkmanlarning bo‘ysundirilishi edi. Shunday qilib, 1864–1885-yillarda – 20 yildan ortiq vaqt davomida Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida bosqinchilik urushlari olib borildi. O‘rta Osiyo xonliklari hududining katta qismi bosib olinib, mustamlakaga aylantirildi. Chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi mahalliy aholining milliy-ozodlik harakatlari Andijon qo’zg’oloni, Jizzax qo’zg’oloni kabi xalqning yirik norozilik harakatlarida namoyon bo’ldi.
Turkistonda millat taqdiriga tahdid soluvchi o‘ta qaltis va og‘ir ichki tarixiy muhit sharoitida XX asr boshiga kelib, jadidlar maydonga chiqishdi. Millatni milliy o‘limdan saqlab qolish va istiqlolga olib chiqish uchun ma’rifat, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy tarbiya asosiy omil, eng muhim ma’naviy qurol darajasiga ko‘tarildi. Buni esa jadidlar Vatan ozodligi yo‘lidagi kurash harakatining asosi deb bildilar. Jadidlar o’z faoliyati davomida jamiyatda tub madaniy – taraqqiy burilish yasashga muvaffaq bo‘ldilar. Turkistonda milliy tafakkur o‘zgardi, millat ijtimoiy g‘aflat uyqusidan uyg‘onib siyosiy va ma’rifiylashdi. Millat adabiyoti yangilandi, milliy teatr maorif va maktab, matbuot, madaniy-ma’rifiy uyushma (jamiyat) va siyosiy partiyalar paydo bo‘ldi. Bularning samarasi ila butunlay yangi, ya’ni jadid madaniyati rivoj topdi. Bu madaniyat hozirgi zamonaviy madaniyatimizning poydevor toshi bo‘ldi. Biroq, jadidlarning millat ravnaqi yo’lidagi g’oyalari va faoliyati sovetlarning mafkuraviy maqsadlariga mos emasligi tufayli ular sovet mustabid tuzumi qatag’onlik siyosatining qurboni bo’lishdi.
Harbiy qudratni zamonaviy asosda tutish, iqtisodni mustahkamlash, ilm-fanni rivojlantirish, jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan milliy manfaat yo‘lida foydalanishni tashkil qilolmagan siyosatchilar sababli qachonlardir buyuk bo‘lgan davlat zaiflashib, xatto mustamlakaga aylanib qolgan.

6. Sovet hukmronligi davrida O’zbekistonning markazga ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qaramligi va uning oqibatlari.


Yaqin o’tmishimizning sobiq sovet hokimiyati hukmronlik qilgan davri (1917—1991 yillar) mamlakatimiz tarixida o’ziga xos o’rin egallaydi. Bu davr, garchi tarixan qisqa bo’lsa-da, lekin o’zining murakkabligi va ziddiyatliligi bilan ajralib turadi. 1917 yil oktyabrida bolsheviklar zo’rlik bilan amalga oshirgan to’ntarish sobiq Ittifoq xalqlari, shu jumladan, O’zbekiston xalqlari tarixida salkam 75 yil davom etgan yangi mustamlakachilik sahifasini boshlab berdi. Natijada chor mustamlakachilik imperiyasi o’rnini «qizil imperiya» egalladi. Yangi mustamlakachilik zulmi ostida yashagan o’lka xalqlari bolsheviklar «sotsialistik tajribasi»ning barcha mash’um mushkulotlarini boshdan kechirdilar. Eng achinarlisi shundaki, respublikadagi ijtimoiy-siyosiy tarixiy jarayonning o’ta murakkab va ziddiyatli kechishi ko’plab qurbonlar berilishiga, madaniy va ma’naviy yuqotishlarga olib keldi.
Oktyabr to’ntarishidan keyin O’zbekistonning Turkiston hududida bo’lgan anchagina qismi Turkiston Avtonom Respublikasi sifatida RSFSR tarkibiga ko’shib olindi. 1924 yilda zo’raki o’tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish natijasida O’zbekiston SSR tashkil topib, SSR Ittifoqi tarkibiga kiritildi. SSR Ittifoqi o’z mohiyatiga ko’ra unitar (qo’shma) davlat edi. Oqibatda O’zbekiston to’la-to’kis Moskvaga qaram bo’lib qoldi. O’zbekiston SSR faqat nomigagina mustaqil edi. Respublikaning rahbar organlari Kompartiya Markaziy Qo’mitasi (MQ) va Ittifoq hukumati tomonidan tayinlanar, binobarin, ularga bo’sunardi. Ular respublika va uning xalqlari manfaatlari emas, balki Markaz (Moskva) manfaatlari yo’lida siyosat yurgizishga majbur edilar. O’zbekiston xalqlarining suveren huquqlari asosida ularning tub manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan vatanparvarlik kayfiyatidagi milliy rahbarlarning chiqishlarinin mustabid tuzum g’oyat qat’iyatlik bilan barham toptirardi.
Mustabid tuzum O’zbekistonni Markaz tarkibidagi mustamlaka sifatida uz iskanjasida doimiy saqlab qolish va uni metropoliyaning xom ashyo bazasi va mahsulot bozori sifatidagi holatini yanada mustahkamlashga intildi. Bunday siyosat oqibatida respublikaning iqtisodiy rivojlanishi bir tomonlama kechdi, uning kopilok, xujaligi tobora kuprok paxtachilik yunalishiga ega bulib bordi, shu alfozda paxta yakka-hokimligi qaror topdi. O’zbekiston sanoati asosan qishloq xo’jaligi ehgiyojlariga xizmat qilishga yo’naltirilgan edi. Sanoatda qishloq, xo’jaligi mahsulotlariga dastlabki tarzda ishlov beradigan tarmoqlar asosiy o’rinni egallardi. Respublika xom ashyosining pirovard mahsuloti Ittifoq sanoat markazlarida ishlab chiarilar, binobarin, foydaning asosiy qismi ham o’sha yerda qolardi.
Markazning O’zbekistondagi mustamlakachilik siyosati respublikaning madaniy rivojida ham o’zining yaqqol ifodasini topdi. Garchi bu sohada birmuncha ijobiy siljishlarga erishilgan bo’lsa-da, o’lka xalqlarining ma’naviy hayoti to’la-to’kis o’z davrining hukmron mafkurasi va siyosati ta’siriga olindi, baynalmilallik nikobi ostida respublikani ruslashtirishga intilish ro’y berdi. O’zbek xalqining milliy – madaniy qadriyatlari, boy ma’naviy merosi, uning qadimiy ezgu an’ana va urf-odatlari unutildi. Islom dini, uning qadriyatlari oyoq osti qilindi, o’zbek tili ikkinchi darajali tilga, rus tili esa davlat va asosiy muomala tiliga aylantirildi.
Darvoqe, Markazning bunday mafkura siyosati tufayli xalqimiz hayotining barcha sohalariga putur yetkazilganligini ta’kidlash barobarida respublika tarixiy o’tmishining sovet davrida ham bir qator ijobiy ishlar qilinganligini aytib o’tmaslik noxolislik bo’lur edi. Zero, o’sha yillarda xalqimizning fidokorona mehnati bilan ko’plab zavod va fabrikalar ko’rildi, millionlab gektar yangi yerlar o’zlashtirildi, katta-katta kanallar qazildi, qishloq xo’jaligining moddiy-texnika negizi mustahkamlandi, uning mahsulotlari hajmi ortdi. O’nlarcha oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari ochildi, ularda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlandi, umumta’lim maktablari va hunar-texnika bilim yurtlarining keng tarmog’i tashkil etildi, ko’pgina madaniy-ma’rifiy muassasalar barpo qilindi. Natijada aholining ta’limiy va madaniy saviyasi oshdi. Tutri, bu yutuklarning barchasiga mustabid tuzum davrida aytish odat bo’lib qolgan «partiyaning dono siyosati» tufayli emas, balki xalqimizning sadoqatli, fidokorona mehnati tufayli erishildi. Biroq, shuni alohida ta’kidlash joizki, og’ip va mashaqqatli mehnatlar evaziga yaratilgan ana shu moddiy boyliklar o’zbek xalqi, uning farovonligi uchun xizmat qilmadi. Aksincha, bu moddiy-ma’naviy boyliklar o’zbek xalqini kamsitish, milliy g’ururini oyoq osti qilish, o’zligini unuttirish, kommunistik mafkurani yanada kuchaytirish uchun xizmat qildi. O’zbekiston hududida bunyod etilgan korxonalar (ayniqsa, kimyo kombinatlari), keragidan ortiqcha o’zlashtirilgan qo’riq va bo’z yerlar, qazilgan kanallar, ko’rilgan suv omborlari respublikaning ekologik ahvolini murakkablashtirdi, Orol dengizining qurib borishini tezlashtirdi, dehqonchilik yerlari tarkibini o’zgartirib yubordi, atrof muhitni, ichimlik suvini zaharladi. Modomiki shunday ekan, sovet davlati «eksperimentlari» natijasida barcha xalqlar boshiga tushgan fojialar va kulfatlarni, mustabid tuzum, hukmron partiya tomonidan sovet xalqlariga qarshi olib borilgan zo’ravoshjk va gayriinsoniy siyosatni hech qachon oqlash mumkin emas. Ha, O’zbekiston xalqlarining deyarli chorak kam bir asr mobaynida bosib o’tgan ancha murakkab va ziddiyatli tarixiy yo’lini bir xilda baholab bo’lmaydi. Shuning uchun ham sovetlar davrini haqiqatda qanday kechgan bo’lsa, uni shundayligicha: barcha ijobiy va salbiy jihatlari, parvozlariyu tanazzullari, tarixiy jarayonning barcha o’nqir-cho’nqirliklarini nazarda tutgan holda tadqiq etish lozim bo’ladi. Zero, bu davrni mustabid sovet tuzumi yoki «dono partiya» tarixi sifatida emas, balki bunyodkor, fidokor xalqimiz tarixi sifatida o’rganish zarur.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin