O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi


Davlatchilik tushunchasi. Markaziy Osiyo hududidagi ilk va antik davr davlatlari



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə11/99
tarix15.01.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#79271
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99
UMK (2022-23)

2. Davlatchilik tushunchasi. Markaziy Osiyo hududidagi ilk va antik davr davlatlari.
O‘zbek xalqi davlatchiligi tarixi masalasi to asrimizning 90-yillari boshiga qadar nafaqat o‘zbek tarixshunosligida, balki umuman zamonaviy tarix fanida aloxida bir ilmiy yo‘nalish sifatida mavjud bo‘lmagan. Buning bosh sababi eng avvalo sho‘ro zamoni tarixshunoslik fanida kommunistik, saltanatparastlik mafkurasining xukmronligi bilan bog‘liq bo‘lib, evrotsentrizmning ham o‘ziga yarasha ta’siri katta edi. SHu sababdan ham yaqin-yaqingacha o‘zbek davlatchiligi mavzusi inkor qilib kelingan.
Vaholanki arxeologik izlanishlar natijasida topilgan moddiy ashyolar, ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tarixini aks ettirgan turli tillardagi (turkiy, eroniy, arab, xitoy, hind, armani, suryoniy, lotin, rim va xokazo) manbalar mintaqadagi davlatchilik haqida fikr yuritishga imkon beradi.
Davlat - insoniyat sivilizasiyasi rivojlanishining mahsuli, elatlar, xalqlar va millatlar hayotining ma’lum huquq va qonunga asoslanib tashkil etishning siyosiy shaklidir. U o’z mohiyatiga ko’ra kishilarning talablari va ehtiyojlarini amalga oshirish huquqlarini himoya qilish, amaliyotda barqarorlikni o’rnatish va saqlashga mo’ljallangan, muayyan aholi jamoalari tomonidan tashkil etilgan maxsus vakolatli va qonun-qoida asosida faoliyat ko’rsatadigan vakillar guruhlari majmuasidir.
Davlat siyosiy va ma’muriy tashkilot sifatida xalqni uyg’unlashtiradi. Davlat tufayli jamiyatning butun tuzilishi (iqtisodiy, huquqiy normalari, turmushi, urf-odati, texnikasi va bilim darajasi, etikasi, dini, falsafasi, ijtimoiy qarashlari va boshqalar) to’la kuch bilan namoyon bo’ladi. Boshqacharoq, aytilganda, davlat boshqaruvida quyidagi ikkita muhim jihatlar hal etilganligini sezish mumkin.
Birinchidan, davlat paydo bo’lishi bilan amaliyot hayotini tashkil etish va uni boshqarishning tarixan dolzarb bo’lgan yangi shakllari qaror topdi. Hokimiyatning vakolatli shakli yuzaga kelib, katta-katta ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun keng xalq ommasini safarbar etishning tashkiliy usullari va vositalari ishlab chiqilib, doimo takomillashtirilib borildi. Davlat doirasida aholining ijtimoiy jihatdan farqlanadigan tarkibiy tuzilishi yuz berdiki, natijada urug’, qabilachilik aloqalaridan etnik va sinfiy umumiylikka o’tish ta’minlandi. Shuningdek, davlat mavjudligi tufayli ijtimoiy manfaatni shaxsiy manfaatdan ajratib, uning ahamiyatliligi ta’minlandi. Ijtimoiy intizom qaror topib, insonning shaxs sifatida ijtimoiy qiyofasi birinchi o’ringa chiqdi. Demak, davlatning kelib chiqishi nafaqat tarixiy zaruriyat, balki ijtimoiy taraqqiyot omili ham bo’ldi;
Ikkinchidan, davlat ibtidoiy jamiyatda mavjud bo’lgan boshqaruvdagi tamoyillarga barham berdi. Oqibatda, butun jamoaning jamiyat hayotida bevosita ishtiroki, boshqaruvda jismoniy zo’ravonligi emas, balki jamoa fikri va obro’si kuchining tan olinishi, iqtisodiy majburlashning yo’qligi va boshqa ko’pgina tomoyillar yo’qolib ketdi.
Davlat tushunchasiga ta’rif berishda quyidagi umumlashgan yondashuv ayni haqiqatdir: davlat bu muayyan oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi, maxsus boshqaruv va majburlov appartiga ega bo‘lgan, jamiyatdagi barcha ijtimoiy – siyosiy guruhlarning manfaatini ifoda etuvchi, ularni birlashtirib va muvofiqlashtirib turadigan siyosiy tashkilotdir.
Davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
1. Aholining hududiy asosga ko‘ra birlashganligi
2. Milliy suverenitetga egaligi (ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishdagi mustaqillik)
3. Maxsus boshqaruv va majburlov apparatining mavjudligi
4. Huquq tizimining mavjudligi
5. Soliq tizimiga egaligi.
Akademik A.Sagdullayev qadimgi boshqaruv tizimi quyidagi funksiyalar bilan bog‘liq holda amalga oshirganligini ta’kidlaydi: iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy va hududiy.
Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, davlatning paydo bo’lishi turli xalqlarda turli yo’llar bilan bo’lib o’tgan, uzoq davom etgan jarayondir.
Tadqiqotchilarning fikricha, birinchidan, davlatlar paydo bo’lishining osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan «Sharq yo’li» bo’lib, unda iqtisodiyotning asosini irrigatsiya dehqonchiligi tashkil etgan; er va irrigatsiya inshootlari davlatning mulki bo’lgan; dehqonchilik jamoasi jamiyatning birlamchi yacheykasi edi; aholining katta qismini safarbar etish zaruriyati prinsipal boshqaruvchilar tabaqasini taqozo etgan.
Ishlab chiqarishning osiyocha usuli mil.avv. V ming yillikdan milodiy I asrgacha daryolar vodiylarida joylashgan Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston, O’rta Osiyo kabi hududlarda yoyilgan.
Davlat tuzilmasining ikkinchi, «Yevropacha yo’li» Yevropa hududida mil.avv. V asrdan boshlab milodiy III asrgacha qadimgi yunon polislarida mavjud bo’lgan. Ularda xususiy mulkchilik shakllanishi tufayli kelib chiqqan jamiyatning ijtimoiy mulkiy tabaqalanishuvi jarayoni (tabaqalar shakllanish jarayoni) asosiy omil bo’ldi.
Qadimgi xo’jaliklarning ixtisoslashuvi, sug’orma dehqonchilikning rivojlanishi, metallning hayotga jadallik bilan kirib kelishi va yoyilishi, hunarmandchilikda turli tarmoqlarning rivojlanishi, o’zaro ayirboshlash va savdo-sotiqning taraqqiy etishi natijasida jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish kuzatiladiki, bu yuksalish ilk davlatchilikning asosiy poydevori hisoblanadi. Ahmoniylargacha bo’lgan davrda ba’zi bir vohalar, asosiy o’troq aholi joylashuvi o’lkalari edi. Ularning hududlarida manzilgohlar, sug’orish inshootlari, o’zlashtirilgan er maydonlari bor edi. Bir qancha shunga o’xshash, daryolar vohalarida joylashgan va umumiy aholi joylashuv hududlari bilan bog’liq bo’lgan erlar Baqtriya, So’g’diyona, Xorazm kabi tarixiy viloyatlarni tashkil etgan.
E.V.Rtveladzening so’nggi yillardagi (2001) xulosalariga ko’ra, O’rta Osiyodagi ikki daryo oralig’ida qadimgi davr davlatchilik evolyusiyasining mil.avv. II ming yillik va milodiy IV asri oralig’idagi vaqtni qamrab olgan bir necha davrlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Bular quyidagi davrlardir:

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin