O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə12/99
tarix15.01.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#79271
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99
UMK (2022-23)

Birinchi davr – mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi – O’zbekiston janubida embrional shakldagi davlatga o’xshash tuzilmaning qaror topishi. Davlatning bunday namunasi Jarqo’tonda o’z aksini topgan deyish mumkin.
Ikkinchi davr – mil.avv. I ming yillikning boshi – mil.avv. 539 yil – Baqtriya, So’g’d, Xorazm kabi tarixiy-madaniy viloyatlarning shakllanishi. Ularda siyosiy hokimiyat to’lishining shaxobchali tizimiga ega bo’lgan davlatning ilk shakllarini ko’rish mumkin. Avesto ma’lumotlari bunga misol bo’la oladi.
Uchinchi davr – mil.avv. 539 yil – mil.avv. 330 yil – Ahmoniylar bosqini va O’rta Osiyoning ahmoniylar davlati tarkibiga kirishi tufayli kelib chiqqan mahalliy davlatchilik rivojlanishidagi tanaffus.
To’rtinchi davr – mil.avv. IV asr oxiri – mil.avv. II asr ikkinchi yarmining boshi – Aleksandr Makedonskiy bosib olishdan boshlab ellinlar siyosiy hukmronligi oxirigacha. Bu davrda mahalliy davlatchilikning tiklanish jarayoni yuz beradi. Mil.avv. IV asr so’nggi choragida Xorazmda podsholik paydo bo’lgan bo’lsa, III asr oxiri – II asrda Buxoroda, Dovonda (Farg’ona), So’g’dda alohida mulklar shakllanadi. Keyinchalik butun mulklarni birlashtirgan Qang’ davlati shakllana boshlaydi.
Beshinchi davr – mil.avv. II asrning ikkinchi yarmi – yangi eraning I asri boshi – mahalliy davlatlar: Qang’, Xorazm podsholigi, Buxoro, So’g’d, Dovonning mustahkamlanishi va yanada rivojlanishi, YUechji davlatining qaror topishi va uning hokimiyatining Gandxargacha yoyilishi. Ushbu mulklarda kumush va mis tangalar zarb qilinishi, mahalliy so’g’d, xorazm yozuvlarining paydo bo’lishi rivojlangan davlatchilikning asosiy belgilari hisoblanar edi.
Oltinchi davr – yangi eraning I asri boshi – III asri birinchi yarmi – antik davrda mahalliy davlatchilikning ravnaq topishi. O’zbekiston janubining konfederativ YUechji davlati asosida paydo bo’lgan Kushon imperiyasi tarkibiga kirishi. Chochda yangi mulkchilikning paydo bo’lishi. Xorazmda Afrig’iylar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi va bu erda sulolaviy boshqaruvning an’anaviylashuvi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O’rta Osiyodagi ilk davlat uyushmalaridan biri Qadimgi Baqtriya va Katta Xorazm davlatlaridir.
Xullas, miloddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi yarmida, aniqrog‘i VII asrlardayoq mamlakatimizda davlatchilik asoslari uzil-kesil tartib topgan, deyishga xaqlimiz. Mazkur davlatchilik asoslari ko‘xna Xorazmda qaror topgan edi.
Ushbu haqiqatni, faqat o‘zbek xalqi bilan bog‘lamagan holda, chet ellik olimlar ham tan olganlar. Ular katoriga biz V.Markvart, S.Tolstov, Kisseling, I.Dyakonov, M.Vorobeva, B.Vaynberg va boshqa olimlarni kiritishimiz mumkin.
«Avesto»da mintaqaning Xorazm (Kairizem, Ayranam-vejo), So‘g‘diyona (sug‘dlar makoni Gaza), Marv (Mouru), Niso (Nisaya), Ariya (Xarayva), Baqtriya (Baxdi) kabi bir qator tarixiy viloyatlari nomi tilga olinguncha hech bo‘lmaganda iqtisodiy-geografik makon sifatida uzoq muddat davomida shakllanib borgan. Mazkur jarayon mintaqadagi Amudaryo, Zarafshon, Atrek, Mypg‘o6, Tajan (Xarirud), Qunduz kabi daryolar vohalarida kechgan.
Bu davrda amalda bo‘lgan diniy e’tiqodlarga kelsak, aholi orasida zardushtiylik, obodonlik va farovonlik xudosi Anaxita, quyosh va yorug‘lik xudosi Mitra, baxt, tole va davlat xudosi Xumo kabilarga sig‘inish keng tarqalgan.
Baqtriyaliklarning yurti Surxon vodiysi, Afg’onistonning shimoli-sharqi, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashib, turli yozma manbalarda Baxdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika deb tilga olingan.
Baqtriya geografik chegarasini janubda Hinduqush (Parnase, Papopamis), shimolda So‘g‘diyona, g‘arbda esa Marg‘iyonagacha (Murg‘ob vohasi) belgilash mumkin. Baqtriyada eng qadimgi davrlarda hukmronlik qigan sulolalar xususida aniq ma’lumotlardan ko‘ra rivoyatlar ko‘p.
Mil.avv. 312 yilda Iskandarning eng ishonchli sarkardalaridan biri Salavka diadoxlar bilan bo’lgan kurashda ustun kelib Bobil, Suziana, Midiya va boshqa qo’shni viloyatlarni bosib oldi va ko’p o’tmay Old Osiyo, Eron va O’rta Osiyo hududlariga ham o’z hukmronligini o’rnatdi. Mil. avv. 250 yilga kelib dastlab Parfiya, keyin esa YUnon-Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib chiqib o’zlarini mustaqil deb e’lon qildilar.
Parfiya haqidagi dastlabki ma’lumotlar mil. avv. VII asrga oid Ossuriya hujjatlarida uchraydi.
Mintaqamizning Atrek xamda Go‘rgon daryolari yuqori xavzasida joylashgan (Janubiy Turkmaniston, shimoli - sharqiy Eronning bir qismi) tarixiy makonlaridan biri qadimda Parfiya nomi bilan yuritilgan.
Mil. avv. VI asrning boshlarida Parfiya kuchli Midiya hukmronligi ostiga tushib qoladi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda Yunon-Baqtriya davlatining salavkiylardan ajralib chiqishi yunon zodagonlarining qo’zg’oloni xususiyatiga ega bo’lib, unga Baqtriya aholisi tomonidan qo’llab-quvvatlangan Diodot boshchilik qiladi. Tadqiqotchilar YUnon-Baqtriya davlati paydo bo’lgan turli sanalarni belgilaydilar (mil. avv. 256, 250, 248 va 246-245-yy.). Bu davlatning asosi Baqtriya bo’lib, ba’zi hokimlar davrida (Evtidem, Demetriy, Evkratid) Hindistonning shimoli-g’arbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o’rtasidagi katta erlar qo’shib olinadi.
Yaqin va O’rta Sharqning turli davlatlari, jumladan O’rta Osiyo hududlarida katta xronologik davr yunon-makedon sulolalari siyosiy hukmronligi davri sifatida izohlanib fanda bu davr-ellinizm davri deb ataladi. Ellinizm-(Bolqon yarim orolidagi Ellada shahri nomi bilan bog’liq) bu aniq tarixiy mavjudlik bo’lib, iqtisodiy hayotda, ijtimoiy va siyosiy tuzumda, mafkura va madaniyatda ellin (yunon) va Sharq unsurlarining o’zaro uyg’unlashuvi ifodasidir. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida O’rta Osiyoning janubiy hududlaridan ellinizm madaniyati bilan bog’liq bo’lgan turar-joylar, moddiy-ma’naviy madaniyat buyumlari, tanga pullarning topilishi bu hududlardagi mahalliy madaniyatga ellin an’analari (shaharsozlik, haykaltoroshlik, badiiy-amaliy san’at, alifbo va boshqalar.) kuchli ta’sir etganidan dalolat beradi. SHu bilan birgalikda bu topilmalar mahalliy madaniyatdagi rivojlanish qadimgi davr (antik) Sharq va G’arb madaniyatining o’zaro uyg’unlashuvi natijasida o’ziga xos madaniyat darajasiga ko’tarilishining ham guvohidir.
Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Salavkiylar sulolasi bilan doimiy ravishda olib borilgan kurashlar natijasida mil.avv. III asrning boshlarida Qang’ davlati paydo bo’ldi. Milodiy V asr o’rtalariga kelib qang’arlar eridagi o’troq va qisman o’troq aholi O’rta Osiyoda yangidan tashkil topgan Eftalitlar davlatiga tobe bo’ldilar.
Mil. avv. I ming yillikning so’nggi choragida O’rta Osiyoning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida ham qadimgi (antik) davlatlar rivojlanadi. Xususan, mil. avv. II-I asrlarga oid Xitoy manbalari dehqonchilik va chorvachilik, ayniqsa yilqichilik keng rivojlangan Dovon (Da-yun, Farg’ona) davlati haqida ma’lumotlar beradi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Dovon davlati ma’lum siyosiy uyushmani tashkil etgan bo’lib, davlatni boshqaruvchi hukmdor manbalarda «van» (podsho) unvoni bilan ish yuritgani ta’kidlanadi. Davlat hukmdori mamlakatning siyosiy va diniy hayotida katta ahamiyatga ega bo’lgan oqsoqollar kengashiga tayanib ish ko’rgan. Oqsoqollar urush va sulh tuzish masalalarini hal etishda ishtirok etganlar, ba’zan ular hukmdorning taqdirini hal etganlar. Qang’ davlati mil.av. 3 asrning boshlarida vujudga keldi. Dastlab uning hududini Toshkent vohasi tashkil etgan. Bu davlatning tashkil topish sabablaridan biri, tashqi harbiy hujumlardan himoyalanish zarurati bo’lgan. Mil av. 2 va milodiy 1 asrda Qang’ davlatining hududi kengayib, Toshkent vohasi, CHimkent viloyati, O’rta Sirdaryo erlarini ichiga olgan. Qang’ hukmdorlarining markaziy shaharlari 2 ta edi. Ular yozni O’trorda, qishni Qang’a (hoz. Oqqo’rg’on tumanida) shaharlarida o’tkazar edilar. Mil. av. 2 asr oxirida Qang’ qudratli davlatlatining qudrati ancha kuchayadi. Uning hukmdorlari o’z nomidan tangalar zarb qildirgan. Bu hududdan Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmog’ining o’tishi, bu davlatning har tomonlama gullab-yashnashiga olib kelgan. SHu bilan birga Xitoy bilan nizolar chiqib turishiga ham olib kelgan. Bu urushlarda ko’pincha qang’liklar g’olib chiqqan. Milodning 3 asriga kelib Qang’ davlati parchalanib ketdi.
Dovon – Farg’ona (Parkana) mil. avv. 3 asrdan milodning 2 asrigacha mavjud bo’lgan. Bu davlat to’g’risida dastlabki ma’lumotlar Xitoy manbaalarida uchraydi. Bu davlatning poytaxti Ershi (Marhamat) shahri bo’lgan. Dovonliklar dehqonchilik uzumchilik va yilqichilik bilan shug’ullanganlar. Dovonning “Samoviy otlari” juda mashhur bo’lgan. Mil. av. 2 asrning oxirlarida Xitoy hukmdorlari Dovon erlarini bosib olishga harakat qiladilar. Qang’liklarning yordami bilan Dovon o’z mustaqilligini saqlab qoladi. Mil. av. 2-1 asrlarda Dovon yuksak taraqqiy etgan. Olimlarning fikricha Farg’ona millodning 2 asrida Kushonlar davlatiga qo’shib olindi.
Mil.av. 1 asrda yuechji qabilalari uyushmasida Guyshuan (Kushon) xokimligi ancha kuchayadi. Podsho Kujula Kadfiz davrida poytaxt Dalvarzin shahrida bo’lgan. Podsho Kanishka davrida (1-2 asrlar) poytaxt Peshovarga ko’chiriladi va uning erlari ancha kengayadi, lekin o’lkamizning Xorazm, Zarafshon, Qashqadaryo, Toshkent va Farg’ona vohalari Kushon davlati tarkibiga kirmagan. Ushbu hududlarda boshqa mahalliy davlatlar rivojlanib, kushon madaniyatiga xos an’analar deyarli tarqamagan. Savdoning rivojlanishida Buyuk ipak yo’lining ahamiyati katta bo’lgan. Kanishka davridan boshlab davlat dini Budda dini bo’lgan. Oromiy va yunonlar yozuvi asosida kushon yozuvi mavjud bo’lgan. Kushon davlatining o’z tilla tanga pullari bo’lgan, tangalarga “shoxlar-shoxi” so’zlari yozilgan. Bu so’zlar Kushon saltanatining o’sha davrdagi qudratidan dalolat beradi. Bu davlatning parchalanishiga xarbiy yurishlar, ichki nizolar sabab bo’ldi.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin