O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi


Mustaqillikning e’lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə17/99
tarix15.01.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#79271
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99
UMK (2022-23)

3. Mustaqillikning e’lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi.
1991-yil 28-avgust kuni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo‘shma plenumi bo‘lib o‘tdi.
Plenum Respublika Kompartiyasini KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to‘xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov nutq so‘zlab, sobiq Ittifoqda so‘nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to‘ntarishiga antikonstitutsiyaviy urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O‘zbekiston taqdiriga, xalqimiz taqdiriga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Sessiyada “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida” Qaror qabul qilib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonotini tasdiqladi va respublikani bundan keyin O‘zbekiston Respublikasi, deb atashni belgilab qo‘ydi.
Oliy Kengash “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” Qonun qabul qildi. Bu qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunning birinchi moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir”, - deb qonunlashtirib qo‘-yildi.
Mustaqillik asoslari to‘g‘risidagi qonunda O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegarasi, hududi daxlsiz va bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas, deb qat’iy qonunlashtirib qo‘-yildi. Mazkur qonunda respublika hududidagi er, erosti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasi 1991-yil 30-sentabr kuni „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qildi.
Qarorda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo‘-yildi.
Oliy Kengash sessiyasi 1991-yil 18-noyabr kuni „O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida“ Qaror qabul qildi.
Qarorda 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha referendum o‘tkazish belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?” Referendumda ovoz berish byulleteniga kiritilgan savol ana shunday ta’riflangan edi. 1991-yil 29-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan referendumda 9 898 707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi referendumda qo‘-yilgan savolga “Ha”, ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi ro‘yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy qaramlikdan, asoratdan qutildi. Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi o‘zbek xalqining hayotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi ham qonuniy - tarixiy jarayon bo‘lib, xalqimizning uzoq yillar davomidagi milliy istiqlol uchun olib borgan qahramonona kurashining natijasidir.
1991-yil 31-avgustdan e’tiboran Vatanimiz tarixida yangi davr – milliy istiqlol davri boshlandi.
O‘zbekiston xalqi o‘z taqdirini o‘z qo‘liga oldi, siyosiy, ma’naviy mutelikdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil, to‘la, teng huquqli, suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotliligi va qat’iyatliligi, uzoqni ko‘ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligi tinch, demokratik, parlament yo‘li bilan, ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi.
Mustaqil O‘zbekiston dunyoga, jahonga yuz tutdi, qariyb yuz-yildan ortiq vaqt davomida yopib qo‘-yilgan chegaralari ochildi. Jahon hamjamiyati O‘zbekistonni quchoq ochib qabul qildi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Respublikasini suveren davlat sifatida Turkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy singari yirik davlatlar tan oldilar.
Dunyo mamlakatlarida yangi jamiyat qurishning “O‘zbek modeli” ga (o‘zbek yo‘li) uning asoschisi va yo‘lboshchisi I.A.Karimovning siyosiy chizmasiga qiziqish ortib bordi.
1996-yili Venada (Avstriya) “XX asr xalqlar dohiylari” nomida bosib chiqariladigan kitoblarning bir jildi O‘zbekiston respublikasi Prezidentiga bag‘ishlangan. Kitob mualliflaridan biri, Garvard Universitetining professori Donald S.Karlayl “…Islom Karimov kommunizmdan keyingi O‘rta Osiyo mintaqasidagi eng buyuk davlat arbobidir”, deb tan beradi.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin