O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari.
Respublikani juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarib, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi SHarof Rashidovdek insonga nisbatan adolatsizlik qilindi. Inson tirik paytida uni ko‘klarga ko‘tarib, vafotidan keyin er bilan yakson etsa, qadrini beobro‘ qilsa, bu o‘zi qanday davlat, qanday jamiyat bo‘ldi, deya hayqirasan kishi. Biroq, afsuski yaqin o‘tmishimizda ana shunday achchiq va achinarli adolatsizlik sodir etildi. Bu borada Prezident Sh.Mirziyoyev shunday xulosa yasaydi: “Lekin, tarix guvoh, hayotda shunday adolatsizliklar ham bo‘lar ekan. Agar har bir xalq, har bir davlat mustaqil bo‘lmasa, boshqalar uning nafaqat dehqonini, nafaqat ishchisini, hattoki shoiru olimini ham, davlat arbobini ham istagancha tahqirlashi, insoniy sha’nini tuproqqa qorishi mumkin ekan”. Darhaqiqat, biz yaqin o‘tmishimizda kechgan ana shunday ayanchli voqealar misolida qo‘lga kiritgan mustaqilligimizning naqadar buyuk ne’mat ekanligini, uning ahamiyati va mohiyatini, qadr-qimmatini yanada teran anglab etishimiz, uni har qanday yovuz kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz shartligini, sobiq sovetlar hududining ba’zi o‘lkalarida eski tuzumni yana qaytarishga urinishlar bo‘layotgan hozirgi paytda bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmasligimiz, mustaqillikning qadriga etishimiz zarurligini unutmasligimiz lozim.
Mustaqillik yillarida barcha sohalarda qo‘lga kiritilgan yutuqlarni tarixiy jihatdan ilmiy tahlil qilgan holda xulosa berish tarixchilar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan YAngi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida “O‘zbekiston tarixini o‘rganish va targ‘ib qilishni yanada rivojlantirish”2 borasida 77-maqsad qo‘yilgan. Zero, “o‘tmishdagi yutuq va g‘alabalardan kuch-quvvat olib, xato va mag‘lubiyatlaridan xulosa va saboq chiqarib yashaydigan xalq o‘zining taraqqiyot yo‘li va kelajagini to‘g‘ri belgilay oladi”3, deb ta’kidladi Prezident Sh.Mirziyoyev. SHu boisdan ham, mustaqillikning o‘tgan yillarida mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalardagi o‘zgarishlarni haqqoniy o‘rganish dolzarb vazifalardandir.
Xalqimizning otashqalb farzandi, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi va yozuvchi SHarof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 27 mart kuni “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi SHarof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida” gi qarorga imzo chekdi4. Hamda mazkur yubiley tantanalari yuqori saviyada nishonlandi. Bu bilan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug‘lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning inson xotirasi va uning qadr-qimmatiga ehtirom ko‘rsatishdek o‘lmas qadriyatlari, bebaho ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda.
Shu munosabat bilan tarixni dohiylar emas, balki ongli va bunyodkor inson, xalq yaratishi haqidagi fikrlar yangicha mazmun va falsafiy ruh bilan bayon qilindi. Haqiqatdan ham, tarixni xalq yaratadi, uni yaratishda faol qatnashgan, xalq ruhida, ongida va qalbida o‘zlaridan chuqur va o‘chmas iz qoldirgan tarixiy shaxslar ham xalq farzandlaridir. SHu sababli tarixchi mutaxassislar ramziy ma’noda tarixni uni yaratgan va yaratayotgan xalqning tarjimai holiga qiyoslashadi. SHuning uchun ham qadimgi tarix, o‘rta asrlar tarixi, zamona tarixi kabi iboralar ishlatiladi. Bular yaxlit holatda Vatanimiz tarixini anglatadi.
Buyuk ajdodlarimizni teran anglash, chuqur o‘rganish asnosida milliy qadriyatlarimizni, qadimiy an’analarimizni, jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarimizni yangi sharoitda yangidan yana bir bor kashf etamiz, qaytadan dunyoga tanitish imkoniyatiga ega bo‘lamiz hamda kelajagi porloq bo‘lgan yoshlarga ibrat va namuna sifatida ko‘rsatamiz, buyuk zotlarga munosib bo‘lishga astoydil undaymiz. Asrlar osha, dovonlar osha kelayotgan bu ma’naviy boylikning umri boqiydir. Bag‘rikeng xalqimizning qadriyatlari – tinchlik, ma’rifat, yuksak ahloq-odob ifodachisi sifatida vaqtlar o‘tgan sayin, zamonlar kechgan sayin yulduzdek yarqirab, chiroy ochaveradi, kelajagi buyuk bo‘lgan yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda muhim omil sifatida xizmat qilaveradi. Bu haqiqatni chuqur anglagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “...har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa, haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi. O‘zbek xalqining necha ming yillik tarixida qanday murakkab davrlar, og‘ir sinovlar bo‘lganini barchamiz yaxshi bilamiz. O‘zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to‘siq va sinovlarni o‘z kuchi va irodasi bilan engib o‘tishga qodir”5. Zero, ajdodlarimizning bebaho tarixiy merosi – abadiyatga daxldor ma’naviy xazina ekanligini chuqur anglansa, tarixiy xotiramiz qanchalik boy, mazmunli bo‘lsa, xalq shunchalik uyushgan, hamjihatlikda yurt taraqqiyoti yo‘lida beqiyos o‘rni va ulug‘vor ishlarni bajarishga qodir bo‘ladi. SHu bois, ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining mazmun-mohiyatini talabalarga etkazishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.