O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


O‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv,induktiv va sig‘im qarshiliklar



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə25/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

3.O‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv,induktiv va sig‘im qarshiliklar.
a) . Aktiv qarshilik ulangan o‘zgaruvchan tok elektr zanjiri .
5-rasmda o‘zgaruvchan tok elektr zanjiriga iste‘molchi sifatida R qarshilik ulangan. Agarda o‘tkazgich metalni o‘tkazgich deb faraz qilsak va undan o‘zgarmas tok o‘tayapti desak, u holda bu qarshilikning miqdorini quyidagicha aniqlash mumkin:
Bu qarshilik o‘zgarmas tok zanjiriga ulanganda uni R qarshilik deyiladi. Agarda bu qarshilik o‘zgaruvchan tok zanjiriga ulansa, u holda aktiv qarshilik deyiladi. O‘zgaruvchan tokning chastotasi ortib borgan sari o‘tkazgichning aktiv (faol) qarshiligi ortib boradi. Misol uchun, po‘lat o‘tkazgichning diametri 5 mm, uzunligi esa 1 km bo‘lsa, uning qarshiligi o‘zgarmas tokga ulanganda 20 om ga teng bo‘lsa, 20000 gersli o‘zgaruvchan tok manbaiga ulanganda esa 75 omga teng bo‘ladi. Shu o‘tkazgichni 50 gersli o‘zgaruvchan tok manbaiga ulanganda, uning qarshiligi juda kam miqdorda o‘zgaradi. O‘zgaruvchan elektr zanjiriga aktiv qarshilik ulanganda har qanday vaqt holatida kuchlanishning oniy miqdorini aktiv qarshilikka bo‘linmasi tokning oniy miqdorini beradi.

5-rasm.Aktiv qarshilikli zanjir.
Shuning uchun o‘zgaruvchan tokning egri chizig‘i (sinusoidasi) kuchlanishning sinusoidasi bilan bir xil bo‘ladi. Tokning cho‘qqisi kuchlanishning cho‘qqisi bilan , tokning noldan o‘tish davri kuchlanishning noldan o‘tish davriga to‘g‘ri keladi. Aktiv qarshiligi ulangan o‘zgaruvchan elektr zanjirida kuchlanish bilan tok orasida siljish burchagi bo‘lmaydi. Bunday zanjirning hamma quvvati aktiv hisoblanadi, cos a = 1.
b) . Induktivqarshilik ulangan o‘zgaruvchan tok zanjiri.
O‘zgaruvchan tok elektr zanjiriga ko‘p o‘ramli sim g‘altagi ulangan deb faraz qilaylik, uning aktiv qarshiligi nolga teng bo‘lsin. Bunday g‘altakdan o‘zgaruvchan tok o‘tganda, unda o‘zinduksiya hosil bo‘ladi. G‘altakdan o‘zgaruvchan tok o‘tganda hosil boigan magnit maydoni ham o‘zgaruvchan bo‘ladi. Magnit maydoni g‘altakni kesib o‘tib, unda elektr yurituvchi kuchi
(E.Yu.K.) hosil qiladi, ya‘ni o‘zinduksiya o‘ish tezligi o‘zgaruvchan tokning o‘zgarish tezligiga proporsional Bundan o‘zinduksiya elektr yurituvchi kuchlari uchun quyidagi ifodani yozish mumkin:
EL=I ∗ ω ∗ L, volt,
L — g‘altakning hajmni tariflovchi, magnit oqimlari bilan tokning orasidagi munosabatlarini ifodalovchi koeffisiyent. Bu koefftitsiyent o‘zinduksiya koeffitsiyenti yoki induktivlik deyiladi. Induktivlikning o‘lchov birligi qilib bir genri qabul qilingan. Genri elektr zanjirining shunday induktivligiki, bir sekundda bir xil o‘zgaradigan o‘zgaruvchan tok bir amperga o‘zgaradi, o‘zinduksiya bir volt elektr yurituvchi kuch hosil qiladi. Agarda yuqoridagi formulada wL, ifodani x bilan almashtirilsa, u holda EL=I*x, volt
Bundan: .
x qarshilikning aktiv qarshilikdan farqi shundaki, u induktiv qarshilik deb aytiladi. Induktiv qarshilik aktiv qarshilikka o‘xshab, qarshilik miqdorini om da o‘lchanadi.6-rasmda elektr zanjiriga ulangan induktiv qarshilikdagi kuchlanish, undan o‘tayotgan tok kuchi egri chiziqlar bilan ko‘rsatilgan.

6-rasm.Induktiv qarshilikli zanjir
O‘zgaruvchan tok zanjiriga induktiv qarshilik ulanganda manbadan iste‘molchiga kelgan va undan qaytib ketgan quvvat reaktiv quvvat deb ataladi. Uning miqdori kilovoltamper reaktivda (kvar) o‘lchanadi. Zanjirdagi quvvatning koeffitsiyenti cos a = 0 ga teng bo‘ladi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin