O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə19/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

2 . Elektromagnit.
G‘altak simning (solenoid) ichida temir tayoqcha o‘rnatilgan bo‘lsa, bu elektromagnit deb ataladi.

G‘altakning ichida temir tayoqcha bolishi uning magnit maydonini kuchaytiradi.
Bu kuchaytirish temiring yuqori darajada magnit singishi bilan bog‘liq. G‘altak (solenoid) ichiga joylashtirilgan elektrotexnik po‘lat tayoqcha o‘zak deb, g‘altak ichidagi sim o‘ramlar uning cho‘lg‘ami (obmotkasi) deyiladi. Elektromagnit o‘zakga, asosan, mis simlar bir necha qavat o‘raladi. Bu g‘altak o‘ramida tokning yo‘nalishi o‘zgarishi bilan magnit oqimining yo‘nalishlari o‘zgarishi aniq, shunday ekan qutblari ham o‘zgaradi. Elektromagnitlar elektrotexnika uskunalari, sovutgich va isitish apparatlari hamda mexanizmlarida, xonadonlarda, telefon apparatlari, avtomobillar va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Elektromagnitlarni sohalarda qo‘llanishga qarab, ularning o‘zaklari va g‘altaklari har xil shaklda ishlab chiqariladi.
3. Tokli o‘tkazgichlarga magnit maydonining tasiri.
Magnit maydonida joylashgan toki bor o‘tkazgichuning tashqi maydonidagi kuch chiziqlarini kesib o‘tib, ma‘lum yo‘nalishda harakatlanadi. O‘tkazgichning harakati uning atrofida hosil bo‘lgan magnit maydonining tashqi magnit maydoni bilan o‘zaro ta‘sir etishi bilan izohlanadi. Uning o‘zaro ta‘siri natijasida o‘tkazgichning bir tomonida magnit kuch chiziqlari quyuqlashadi va umumiy magnit maydoni kuchayadi.

O‘tkazgichning boshqa tomonida umumiy magnit maydoni kuchsizlanadi, chunki kuch chiziqlari har xil yo‘nalishda bo‘ladi. Bu holda toki bor o‘tkazgichkuch chiziqlari siyraklashgan tomonga itariladi.O‘tkazgichning yo‘nalish harakatini chap qo‘l qoidasidan foydalanib aniqlash mumkin. 6–rasmda o‘tkazgichning harakatini aniqlash uchun joylashtirilgan chap qo‘l ko‘rsatilgan. Magnit maydonida joylashgan toki bor o‘tkazgichning yo‘nalish harakatini aniqlash uchun chap qo‘lni magnit maydonida shunday joylashtirish kerakki, magnit kuch chiziqlari qo‘lning kaftiga o‘tishi kerak, chizilgan to‘rt barmoq toki bor o‘tkazgichning yo‘nalishi bilan barmoqlar yonalishi to‘g‘ri kelsin. U holda burchagi to‘g‘rilangan katta barmoq o‘tkazgichning yo‘nalishi harakatini ko‘rsatadi. Toki bor o‘tkazgichga ta‘sir etayotgan kuch magnit induksiya, o‘tkazgichdagi tok kuchiga va uning uzunligiga proporsional. Shunday qilib, bir xil jinsli magnit maydoniga joylashgan va magnit kuch chiziqlariga perpendikular bo‘lgan o‘tkazgichni harakatlantiruvchi kuch quyidagicha aniqlanadi:
F=B*I*l
6 -rasm. Chap qo‘l qoidasi bo‘yicha toki bor o‘tkazgichning yo‘nalish harakatini aniqlash ko‘rsatilgan. bu yerda: F – o‘tkazgichga ta‘‘ir etuvchi tok kuchi; В - bir xil jinsli maydonning magnit induksiyasi; I – o‘tkazgichdagi tok kuchi;
l- o‘tkazgichning uzunligi

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin